O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

1. «Mansabparast shaxs». Bu toifa xodimlar ijtimoiy va 
xizmat darajalarida yuqoriroq mavqyega ega bo‘lishga intiladilar. 
Ular fikricha, o‘zlariga yetarlicha huquq, imkoniyat, vakolat, 
mansab berilmaganligi ularning o‘z salohiyatlarini to‘liqroq 
namoyon etishlariga to‘sqinlik qiladi. Bu ularda o‘z mehnat 
faoliyatidan qoniqmaslik hissini uyg‘otadi. Bunday xodimlar 


145
yuqoriroq lavozimda imkoniyatlar katta, deb o‘ylaydilar. Biroq, 
bu toifa xodim xizmat vazifasi va lavozimda o‘sgani sari aniq 
faoliyatdan tobora uzoqlasha boshlaydi va rasmiyatchilik bilan 
bog‘liq holatga tushib qoladi.
Buning natijasida, ko‘p hollarda karyera boshida rejalangan 
g‘oyalarni amalga oshirishning umuman imkoniyati bo‘lmaydi. 
Ijodkorlik sifatlariga ega xodimlarni bu o‘ta og‘ir ahvolga 
solib qo‘yadi. Quyidagi jadvalda rahbar xodimlar lavozimda 
ko‘tarilgan sari ularga talablar darajasi va mazmunining 
o‘zgarishi yaqqol aks etgan. Bevosita xuddi shunday 
mansabparast shaxslar vertikal karyerada ko‘proq muvaffaqiyat 
qozonadilar.
2.3-jadval
Rahbar xodimlarning bilim darajasi va talablar
Belgilar: X – o‘rta daraja; XX – o‘rtadan yuqori daraja; XXX – 
yuqori daraja; XXXX – juda yuqori daraja.
2. «Kasbparast shaxs». Mazkur toifa xodimlari, odatda, 
shaxsiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlariga ko‘proq ahamiyat 
qaratadilar. «Kasbparast shaxs»larda ehtiyojlar, xabardorlik, 
onglilik darajasi ancha yuqori. Ular butun hayoti davomida bilim 
olish qobiliyatini rivojlantiradi, muttasil ravishda o‘z bilimlari 
darajasini oshirishga, ijodiy jihatdan o‘sishga intiladi.
«Kasbparast shaxs» korxona faoliyatiga daxldorlikka ehtiyoj 
sezadi, qaror qabul qilinayotganda uning fikri hisobga olinishini 
xohlaydi, uning uchun qiziqarli ish, yutuqlarining e’tirof etilishi 
juda muhimdir.
Bunday toifadagi xodimlarga boshqaruvning demokratik 
usullari ma’qul. Chunki, u belgilab qo‘yilgan tartib-qoidalarga 


146
qaraganda ijodiy g‘oyalarga rioya etishni afzal ko‘radi. Shu 
jihatdan u ishga o‘ta sidqidillik bilan munosabatda bo‘ladigan, 
o‘ziga va o‘zgalarga g‘oyat talabchan xodimlar toifasiga kiradi. 
Ana shu xususiyatlari sababli, «Kasbparast shaxs» yuqori 
lavozimni egallasa, bundan o‘zi ham, atrofdagilar ham qoniqish 
hosil qilmaydi. Chunki, u rahbarlikni samarali amalga oshirishga 
qodir emas. Uning ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun esa 
egallagan lavozimi imkoniyat bermaydi.
Xodimlar o‘zlarining shaxsiy sifatlari kuchli va zaif 
tomonlarini karyeralarining boshlang‘ich bosqichida to‘g‘ri 
aniqlay olsalar, bu ularning kasblarida va lavozimlarida o‘sishlari 
uchun eng maqbul yo‘lni tanlay olish imkonini beradi.
Karyerani boshqa xususiyatlar bo‘yicha ham tasniflash 
mumkin (2.3-chizma).
2.3-chizma. Karyera tasnifi
Real karyera — lavozimda amalga oshirilgan, erishilgan 
o‘sishdir. Bunda xodimning muayyan davr ichida faoliyatning 


147
tegishli turida aniq bir korxona yoki tashkilotdagi lavozimda 
o‘sishi tushuniladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling