O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Salohiyatli karyera — lavozimda rejalashtirilgan 
yoki ehtimol tutilgan o‘sishdir. Xodim mehnat faoliyati va 
hayotiy yo‘li davomida o‘z rejalari, ehtiyojlari, qobiliyatlari
maqsadlarini ko‘zlab lavozimda o‘sishni orzu qilishi, xohlashi 
salohiyatli karyera hisoblanadi. Ana shunday istak xodim 
faoliyatini tashkil etishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bu 
umidlar to‘la yoki qisman ro‘yobga chiqishi, umuman, amalga 
oshmay qolishi mumkin.
Desant karyera deyilganda, rahbarlik lavozimini kutilmagan 
holda egallash tushuniladi. Ushbu lavozimni egallash zarurati 
va bu karyeraning davomiyligi turli sabablarga: korxona 
rahbariyatini mustahkamlash, rahbariyatga amaliy yordam 
ko‘rsatish zaruriyati va hokazolarga bog‘liqdir.
Ushbu vazifani bajarishga layoqatli xodimlar taklif etilgan 
har qanday lavozimni egallagan holda barcha ko‘rsatmalarni ado 
etishga tayyordirlar. Mazkur karyera ishtiyoqmandlari uchun 
biror rahbarlikni amalga oshirish jarayoni emas (chunki, ularning 
ko‘pchiligi umuman biror samarali faoliyat ko‘rsatish layoqatiga 
ega bo‘lmaydilar), balki lavozim kursisini egallash muhimdir.
Jadal karyera. Tashkiliy tizim pillapoyalari bo‘yicha o‘ta 
tezkor, ayni vaqtda, izchil ko‘tarilish lavozimda o‘sishning 
ushbu turiga mansubdir. Bu, odatda, iqtidorli, iste’dodli, yuksak 
salohiyatlarga ega xodimlarga xos. Ular qoidaga ko‘ra, bir 
lavozimda uzog‘i bilan 1–3 yil davomida ishlaydilar.
Normal karyera. Bu xodimning uning kasb tajribasi 
va malakasi oshishiga qarab lavozimda bosqichma-bosqich 
ko‘tarilishidir. Bu karyeraning davomiyligi xodim faol mehnat 
faoliyati davomiyligiga tengdir. O‘rtacha bu xodim 40 yoshgacha 
bo‘lgan davr uchun xarakterlidir. Normal karyerada xodim bir 
lavozimda o‘rtacha 3–5 yil davomida faoliyat yuritadi.


148
Sust karyera bir lavozimda uzoqroq muddatda ushlanib 
qolish xususiyati bilan farqlanadi. Odatda, bu davr normal 
karyeraga qaraganda o‘rtacha 1,5–2 barobar ko‘p, ya’ni 5–10 
yilga teng, demakdir. Lavozimda bu darajada sust o‘sish 
sabablari ko‘p jihatdan uning kasbiy va shaxsiy sifatlari, 
hamkasblari, mehnat jamoasi, rahbariyat bilan munosabatlari 
bilan izohlanadi. Sust karyeraga kompaniya yoki firmada 
personalni rivojlantirish to‘g‘ri rejalashtirilmaganligi, ya’ni 
lavozimda o‘sish imkoniyatlari cheklanganligi ham sabab 
bo‘lishi mumkin. Bo‘sh lavozim mavjud emasligi sababli, xodim 
mehnat faoliyati turini o‘zgartirishni xohlamasa uzoq vaqt bir 
xizmat vazifasida ushlanib qolishi mumkin.
Tipik karyera deyilganda, xodimning kasbiy mahorat 
cho‘qqisiga erishishi, malakasi umume’tirof etilishi, korxona 
tashkiliy tuzilmasida eng yuqori lavozim darajasiga ko‘tarilishi 
bosqichma-bosqich, ushbu kasbiy va shaxsiy sifatlar muttasil 
takomillashib borishi uyg‘un holda ro‘y berishi tushuniladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling