O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

1. Qisqa muddatli sarmoyalash. Ana shu siyosatni olib 
boradigan rahbarlar yuqori malakali ijrochilarni ishga yollab, 
o‘qitadilar hamda ular mehnatiga yuqori ish haqi to‘laydilar. 
Bu ijrochilar o‘z lavozimlarida kutilgandek samarali faoliyat 
ko‘rsatsalar, lavozimda yanada ko‘tariladilar. Bunda kompaniya 
yoki firma o‘zi xohlagan xodimlarga ega bo‘ladilar. Bu xodimlar 
topshirilgan ishni sidqidildan bajaradilar, o‘z faoliyatlarini 
mukammallik darajasiga yetkazishga harakat qiladilar, zarurat 
tug‘ilganda zimmalariga qo‘shimcha mas’uliyat ham oladilar. 
Korxonaning o‘zida ana shunday yuqori malakali ijrochilar 
topilmasa, ular chetdan yollanadi.


154
2. Uzoq muddatli sarmoyalash. Bunday yondashuvni 
tanlaydigan ish beruvchilar personal karyerasini rivojlantirish 
istiqbolni ko‘zlab rejalashtirishning samarali ekanligiga 
ishonadilar. Ular katta salohiyatga ega iste’dodli xodimlarni 
tanlab, strategik rejalashtirish dasturlari asosida ularni lavozimda 
o‘stiradilar.
3. Uzoq muddatli egiluvchanlik. Bu siyosatga amal 
qiluvchi rahbarlar uchun bevosita bugungi kunda ijroning 
ko‘zlangan darajada bo‘lishi eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ular 
buni e’tirof etgan holda, muayyan darajada xodimlarni yuqoriroq 
lavozimga ko‘taradilar. Aslida bu qisqa muddatli sarmoyalash 
ko‘rinishlaridan biridir. Ayni vaqtda, kompaniya yoki firma 
rahbariyati personal salohiyati munosib baholanishi hamda 
o‘qitish orqali rivojlantirilishi, xodimlarni xizmat vazifalari va 
lavozimlarda siljitish orqali tajribalari boyitilishi zarurligini 
tushunadilar. Bu esa, uzoq muddatga mo‘ljallangan siyosat 
ko‘rinishidir.
Qisqa muddatga mo‘ljallangan siyosat tez rivojlanib 
borayotgan xususiy tadbirkorlik uchun maqbul bo‘lsa (bunday 
korxonalarda mehnatni tashkil etish juda egiluvchan), uzoq 
muddatli siyosat yirik kompaniya va firmalar uchun qo‘l keladi.
Strategik rejalashtirishga amal qilinadigan korxonalarda 
xodimlar qaysi sifatlarga, qanday bilim, malaka, ko‘nikmalarga 
ega bo‘lishi lozimligi, qaysi xizmat vazifasi bosqichlarini bosib 
o‘tishi aks ettirilgan karyerogramma ham tuziladi.
Personal karyerasini rivojlantirish xodim kasb malakasi
bilimi, ko‘nikmalari, mahorati, tajribasini oshirishga qaratilgan 
vosita va usullar majmuasi hisoblanadi. Xodim o‘z kasb va 
shaxsiy sifatlarini takomillashtirib borgan sari muayyan xizmat 
vazifasi va lavozimni egallash imkoniga ega bo‘ladi. O‘z 
navbatida, xodimning egallab turgan xizmat vazifasi uning bilim 
va malakasiga ham tegishli tarzda talablar qo‘yadi.


155

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling