O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Xizmat-kasb jihatidan ko‘tarilish tizimi


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Xizmat-kasb jihatidan ko‘tarilish tizimi
«Xizmat-kasb jihatidan ko‘tarilish» va «martaba» 
tushunchalari bir-biriga yaqin bo‘lsa ham, lekin ayni bir xil 
tushuncha emas. «Xizmat-kasb jihatidan ko‘tarilish» atamasi 
biz uchun o‘rganish bo‘lib qolgan tushunchadir, lekin, 
«martaba» tushunchasi maxsus adabiyotlarda va amalda deyarli 
ishlatilmasdi.
Xizmat-kasb jihatidan ko‘tarilish deyilganda, tashkilot 
tomonidan turli darajalar (lavozimlar, ish o‘rinlari, jamoadagi 
mavqe-martabalarni taklif qilish) izchilligi tushuniladi, xodim 
bu bosqichlarni layoqatiga qarab o‘tashi mumkin.
Martaba deyilganda, haqiqatda egallanadigan bosqichlar 
(lavozimlar, ish o‘rinlari va jamoadagi mavqelar) izchilligi 
tushuniladi.
Bizda qaror topgan tashkilotlar rahbarlari misolida xizmat-
kasb jihatidan ko‘tarilish tizimini qarab chiqamiz. Bu tizim 
muntazam rahbarlar tayyorlashning beshta asosiy bosqichini 
nazarda tutadi.
Birinchi bosqich — bazaviy institutlar yuqori kurslari 
talabalari yoki boshqa oliy o‘quv yurtlaridan amaliyotga 
yuborilgan talabalar bilan ishlash bosqichidir. Xodimlarni 
boshqarish bo‘linmalarining mutaxassislari talabalar amaliyot 
o‘taydigan tegishli bo‘linmalarning rahbarlari bilan birgalikda 
rahbarlik ishiga moyil eng qobiliyatli talabalarni tanlaydilar 
va ularni tashkilotning bo‘linmalarida muayyan faoliyatga 
tayyorlaydilar. Tayyorgarlikni va amaliyotni muvaffaqiyatli 


162
o‘tagan talabalarga mazkur tashkilotning tegishli bo‘linmasida 
ishlash uchun yuborilishga tavsiya beriladi. Mazkur tashkilotda 
amaliyotda bo‘lmagan yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish 
vaqtida ular bilan test sinovlari o‘tkaziladi va maslahat yordami 
ko‘rsatiladi.
Ikkinchi bosqich — tashkilotga ishga qabul qilingan yosh 
mutaxassislar bilan ishlash bosqichidir. Yosh mutaxassislarga 
sinov muddati (bir yildan ikki yilgacha) belgilanadi, ular shu 
muddat ichida boshlang‘ich ta’lim kursini (tashkilot bilan 
batafsil tanishishni) o‘tishlari zarur. Ta’limdan tashqari yosh 
mutaxassislar uchun bir yil davomida tashkilot bo‘linmalarida 
stajirovka o‘tash ham nazarda tutiladi.
Yosh mutaxassislarning bir yil ichidagi ishlari, ularning 
o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirokini tahlil qilish, stajirovka rahbari 
tomonidan berilgan tavsifnoma asosida stajirovkaga yakun 
yasaladi va rahbar lavozimlarga ko‘tarish zaxirasiga kiritish 
uchun mutaxassislarning birinchi tanlovi o‘tkaziladi. Xizmat-
kasb jihatidan ko‘tarilish tizimida mutaxassisning ishtirok etishi 
to‘g‘risidagi butun axborot uning shaxsiy hujjatlari to‘plamida 
qayd qilinadi hamda tashkilotning kadrlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar axborot bazasiga kiritiladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling