O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Boshqaruv mehnatining mazmuni — muayyan obyektga 
tatbiq etilganda boshqaruv vazifalarining tarkibi bilan 
belgilanadi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
maqsadlar va rejalashtirishni aniqlash, ijroni tashkil etish, 
ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish, ijroni 
hisobga olish va nazorat qilish. Har bir vazifa boshqariladigan 
obyektga boshqaruv ta’siri o‘tkazishning muayyan shakli va 
usulini aks ettiradi, bu esa, tegishli boshqaruv uslubi va usullarini 
nazarda tutadi.
Boshqaruv kadrlari
Boshqaruv jarayonida bajariladigan vazifaga qarab 
boshqaruv personalining uch toifasi: rahbarlar, mutaxassislar 
va boshqa xizmatchilar toifalari ajratib ko‘rsatiladi.
Boshqaruv personalining ajratib ko‘rsatilgan guruhlaridan 
har biriga ular mehnatining mazmuni, aqliy faoliyat xarakteri va 
jamoa faoliyati natijalariga ta’sir qilishi nuqtai nazaridan o‘ziga 
xos xususiyatlar taalluqlidir.
Tashkilotlar va tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari — 
boshqaruv apparati faoliyatining barcha eng muhim masalalari 
yuzasidan qarorlar qabul qiladilar. Ularning lavozim vazifalari 
doirasiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ijrochilar 
ishini, ishlab chiqarish bo‘g‘inlari va boshqaruv bo‘linmalari 
faoliyatini muvofiqlashtirish kiradi. Ularning asosiy vazifasi 
— ishlab chiqarish jamoasining samarali mehnat qilishini 
ta’minlashdir.
Rahbar mehnatining mohiyati, boshqaruv tizimining faoliyat 
ko‘rsatishi va rivojlanish jarayoniga umumiy rahbarlik qilishni 
ta’minlashdan iboratdir. Shartli ravishda rahbar mehnatining 
uchta tarkibiy qismini ajratib ko‘rsatish mumkin: ishlab 
chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv mehnati. 
Rahbar mehnatining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ishlab 


176
chiqarish, iqtisodiy, texnikaviy va ijtimoiy vazifalarni u asosan 
tashkiliy jihatdan hal qiladi, mazkur vazifalarni hal qilishi lozim 
bo‘lgan xodimlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Rahbar mehnatining xususiyati shu bilan belgilanadiki, u 
boshqaruvning muhim funksiyasini — rahbarlik funksiyasini 
amalga oshiradi. Bunda boshqaruv tizimi uning ayrim 
bo‘g‘inlarini muvofiqlashtirish yo‘li bilan yagona bir butun qilib 
birlashtirish vazifasini hal etadi.
Jamoaning yetakchisi bo‘lgan rahbarga zamonaviy 
qarashning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u tashkilotdagi 
izchil o‘zgarishlarning asosiy tashabbuskori sifatida innovatsion 
tashkiliy madaniyatning tashuvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Hozirgi zamon rahbarining eng muhim xususiyatlari: kasbiy 
omilkorlik, o‘z ortidan jamoani ergashtira olish qobiliyati, yaxshi 
psixologik iqlimni vujudga keltirish va qo‘llab-quvvatlashdan 
iboratdir.
Boshqaruv personalida ajratib ko‘rsatiladigan ikkinchi 
guruh – mutaxassislar bo‘lib, ular boshqaruvga doir qarorlar 
tayyorlash va ishlab chiqish funksiyasini bajaradilar. Bular 
ixtisoslashgan xodimlar bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini 
berilgan vaqt yoki oraliq mobaynida tavsiflovchi axborotni qayta 
ishlash va tahlil qilishni ta’minlaydilar.
Ular analitik ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish yoki 
boshqarish xarakteridagi ayrim funksional masalalarni hal 
qilish variantlarini ishlab chiqishni ta’minlaydilar. Boshqaruv 
mutaxassislari boshqaruv funksiyalari va ularning kasbiy 
tayyorgarligi nuqtai nazaridan tasniflanadi. Mutaxassislar 
guruhiga muhandislar, iqtisodchilar, hisobchilar (buxgalterlar), 
yuristlar va shu kabilar kiradi.
Rahbarlar va mutaxassislar faoliyatini ta’minlash bilan 
bog‘liq bo‘lgan xilma-xil ishlarni bajaruvchi xodimlar «boshqa 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling