O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»
Rahbarlar ish vaqtini rejalashtirish
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
personalni boshqarish
Rahbarlar ish vaqtini rejalashtirish
Rahbarlar ish vaqti rejalashtirilishida iloji boricha yaxshiroq natijalarga erishilmog‘i uchun u «rejalashtirish davrlari»: «kun», «hafta», «oy», «yil» degan tushunchalardan foydalanish zarur. Rejalashtirishning har bir davri alohida qarab chiqilishi kerak. Shuning uchun ham, har bir davr uchun alohida rejaga ega bo‘lish ma’qul hisoblanadi. Rahbar har bir davrning rejasini ishlab chiqishda quyidagi savollarga javob berishi zarur: mazkur davrning asosiy maqsadi nimadan iborat? U o‘z ixtiyorida qancha vaqtga ega? Davrning asosiy vazifalari qanday navbat bilan bajarilishi lozim? Qanday tayyorgarlik tadbirlari bajarilishi zarur? 186 Rejalashtirish davrlari ichida rahbar uchun eng muhimi ish kuni hisoblanadi. Ish kunini rejalashtirish o‘ziga berilgan vaqt mobaynidagi muayyan harakatlarni belgilab olishni o‘z ichiga oladi va faqat maqsadni, istakni yoki muddaolarni aniqlash bilan chegaralanmaydi. Rejalashtirishning boshqa davrlariga tatbiqan esa bunday bo‘lmaydi. Kunlik rejalashtirish bugungi kun bilan yashash uchun shart-sharoit yaratadi. Kunlik reja shu bugun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha ishlarning jamidan iborat bo‘ladi va rahbarga ish vaqtidan samarali foydalanish uchun imkon yaratadi. Kunlik reja ishning pirovard maqsadlarini ularning ahamiyatiga qarab belgilab beradi. Bunda reja asosan avvalgi ish kuni oxirida yoki rejalashtirilayotgan ish kuni boshida shakllanadi. Haftalik rejani ishlab chiqishda mazkur haftaning pirovard maqsadlarini aniqlash va ularning ahamiyatiga qarab zarur ishlarni belgilab chiqish tavsiya etiladi. Rejalashtirilayotgan haftaning butun xilma-xil ishlarini shartli ravishda quyidagi uchta guruh bilan taqdim etish mumkin: — pirovard maqsadga erishish nuqtai nazaridan zarur (muhim va shoshilinch) ishlar; — muhim ishlar, lekin ular shoshilinch emas, ularni baja- rishga shu haftada vaqt qolsa, shunda kirishiladi; — unchalik murakkab va shoshilinch bo‘lmagan ishlar, agar shu haftada vaqt qolsa, bu ishlar bajariladi. Haftalik rejalashtirish jarayonida ilgari belgilangan aloqa- larni aniqlash va ularni amalga oshirish usullarini tartiblab chiqish tavsiya etiladi. Ish haftasi tamom bo‘lgandan keyin haftalik vaqtdan foyda- lanish rejasiga va erishilgan pirovard natijalarga baho berish zarur bo‘ladi. Yillik rejalashtirishning muhim bo‘g‘ini faoliyatning zarur yo‘nalishlarini belgilab chiqishdir. Ana shu muhim natijalar asosida rahbar shaxsiy faoliyat rejasini va shu yil uchun mo‘ljal- 187 langan budjetni ishlab chiqishi lozim. So‘ngra, rahbarning ixtiyorida bo‘lgan vaqt kalendar ish rejasida alohidalashtiriladi va u iloji boricha aniq bo‘lishi zarur. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling