O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Personalni boshqaruvida mehnat munosabatlari etikasi


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Personalni boshqaruvida mehnat munosabatlari etikasi 
Mehnat munosabatlarini tashkil etishda shaxslararo 
munosabatlar
Korxona va tashkilotdagi har qanday xodimning kasbiy 
vazifasi uning axloqiy normalarni, xulq-atvor qoidalarini bajarishi 
va atrofidagi tashqi muhit (hamkasblari, xodimlar, mijozlar va 
sheriklari) bilan o‘zaro munosabatlariga chambarchas bog‘liq 
bo‘ladi. Mehnat munosabatlarida axloq me’yorlariga rioya qilish 
ham ayrim xodim, ham umuman, tashkilot omilkorligiga baho 
berishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
Mehnat faoliyati jarayonida inson o‘zaro shaxslararo munosa-
bat larning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beruvchi qonuni-
yatlarni hisobga olishi kerak. Ular orasida eng asosiylaridan 
biri javobning noaniqligi qonuniyati yoki, boshqacha aytganda, 
kishilar tashqi ta’sirlarni idrok qilishining ulardagi shaxsiy 
xususiyatlar farqiga, muayyan vaziyatga bog‘liqlik qonuniyati 
hisoblanadi.
Mazkur qonuniyat mexanizmini o‘rganish shaxslararo 
munosabatlar jarayonida, ko‘pincha, vujudga keladigan bir 


194
qator savollarga: Nega boshqa kishi siz undan iltimos qilgan va 
yoki siz ko‘rsatib o‘tgan narsalarni bajarmagan? Nega sizning 
so‘zlaringiz, xatti-harakatingiz, ko‘rsatmalaringiz boshqa 
kishini hafa qilib qo‘ydi, nega kutilmaganda shunday bo‘ldi? 
Nega boshqa kishi biror ishni siz aytgan yoki ko‘rsatgan tarzda 
qilmadi? Va hokazo savollarga javob berish imkonini tug‘diradi.
Shaxslararo munosabatlarning umumiy qonuniyatlari
Shaxslararo munosabatlarda axborot ma’nosini buzib 
ko‘rsatish qonuniyati muhim ahamiyatga egadir. U obyektiv 
ravishda harakat qiladi va har qanday jarayonning boshlanishi 
va oxirida qanchalik ko‘p odam qandaydir axborotlar majmuidan 
foydalansa, u shunchalik kuchliroq bo‘ladi.
Shaxslararo munosabatlarda, ko‘pincha, esdan chiqarib 
qo‘yiladigan yana bir qonuniyat — psixologik o‘z-o‘zini 
himoya qilish qonuniyatidir. Biz boshqa shaxslarga munosabat 
sohasida, birinchi o‘ringa, odatda, ularning tashqi jismoniy 
xavfsizligini qo‘yamiz, ularning psixologik xavfsizligini esa 
nazar-pisand qilmaymiz. Ikkinchi tomondan, odamning o‘zi 
o‘zining psixologik xavfsizligiga va unga hujum qilishdan 
saqlanishiga katta ahamiyat beradi. Ijtimoiy xulq-atvorning 
yetakchi sabablaridan biri insonning shaxsiy maqomini, o‘z 
qadr-qimmatini saqlashdir.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling