O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

His-hayajon — bu shaxsning atrof-muhitga odamlarga va 
o‘z o‘ziga bezosita tashvish shaklida munosabatda bo‘lish usuli. 
Hayotdagi, ko‘pgina, vaziyatlar turli his-hayajonlar yuzaga 
kelishi bilan bog‘liqdir: ijobiy va salbiy, chuqur va yuzaki va h.k.
Sezgi — shaxsning biror narsa yoki hodisaga munosabatini 
ifoda etuvchi barqaror munosabatiga oid his-hayajon. Sezgi 
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— ma’naviy — shaxsning o‘z va boshqa kishilarning xatti-
harakatlari xususidagi ma’naviy kechinmalari jarayonlarida 
yuzaga chiqadi, (ijtimoiy burch, vijdon, g‘urur, sevgi va b.);
— 
intellektual — shaxsning ijodiy idroklash ehtiyoji va 
manfaatlarini qondirish bilan bog‘liq (eksperiment natijalaridan 
olimijtimoiy sug‘urtaning pensiya fondiga va budjetdan tashqari 
boshqa fondlarga ajratmalari;
— 
estetik — shaxsning o‘zini qurshab turgan olamdagi va 
san’atdagi go‘zalliklardan ta’sirlanishini belgilaydi.
Uquv, bu — shaxsning tabiiy qobiliyatining rivojlangan 
holati. Uquv quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— 
umumiy — diqqat, kuzatuvchanlik, eslab qolish, ijodiy 
tasavvur, mulohazalilik va b.;
— 
maxsus — tasavvuriy (chiziqlar, mutanosibliklar va 
boshqalarni sezish), matematik (abstrakt fikrlash, tahlil va 
sintezga moyillik), tashkilotchilik va boshqa xislatlar.
Bunday uquvlar insonni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida 
belgilanadi, shuningdek uning faol mehnat va ijtimoiy faoliyati 
mobaynida shakllanadi.
Aqliy faoliyat: pragmatik ma’noda — bu hayotning 
mazmunini anglash, maqsad va vazifalarni belgilash, ularni 


197
hal etishning samarador usullarini izlash. Bu noaniqlikni 
kamaytirishga yo‘naltiriladi. Amerikalik shaxsshunos D. Kelli 
ta’kidlashicha, insonlar asosan kelajakni ko‘zlaydilar: «o‘tmish 
emas ayni shu kelajak insonlarni xavotirga soladi. U hamisha 
«hozir» deb atalmish darcha orqali kelajakka intiladi».

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling