3- rasm.Urug’larning unishi
Bo'kish. Urug' nam sharoitga masalan. tuproqqa tushganda suvni shima boshlaydi va buning natijasida bo'rtadi. Urug'ga suvning kirishi birinchi navbatda biokalloidlarning gidratlanishiga sabab bo'ladi. Buning natijasida urug'dagi onkolik bosim ortadi. Bo'rtish jarayoni to urug’ qobig'i yorilgunicha davom etadi. Suvning urug'larga yutilishi haroratga, kislorodga va yorug'likga deyarli bog'liq emas.
B o'kish jarayonida gidrolitik jarayonlar faollashadi, oqsil sintezi boshlanadi va nafas olish jadalligi ortadi. Quruq urug'lar tomonidan kislorodning yutilishi katta emas 10-11% atrofida. Urug’ namligi 14-15% bo'lganda nafas olish jadalligi 4-5 marolaba oshsa, namlikning 40-50% bo'lishi nafas olish jadalligini nazoratga nisbatan 1000 marotaba ortishiga olib keladi, Ammo barcha hollarda ham nafas olish jadalligi haroratga bog'liqdir.
4-rasm.Bo’kish.
Nish urish. Urug'ning suvlilik darajasi 40-60°C bo'lganda qobiq, yoriladi. Qobiq yorilganidan so'ng murtak iidizchasi va uchlari paydo bo'ladi. lldizning paydo bo’lishi hujayralarning bo'linish faolligiga bog’liq emas.
5-rasm. Nish urish.
l ldizning keyingi qismi murtak o'qi (gipokotil va ildiz) hujayralarning cho'zilishi hisobiga bo'ladi. Hujayra devorining cho'zilishi esa nafas olish jarayonida ajralib chiqqan CO2 ta'sirida kislotalikning oshishi hisobiga va auksinning bog'langan formadan sekin holatga o'tishi va H+-pompasining faollanishi hisobiga bo’lishi mumkin.
Bug’doy urug’i b) Paxta urug’i
6-rasm. Nish urish.
Embrional to'qimalar, hujayralarning jadal bo'linishi hisobiga o'sa boshlaydi. Ushbu vaqtda zaxira moddalar, ya'ni biopolimerlar parchalanib ularning monomerlari-oddiy moddalar hosil bo'ladi. Buning hisobiga esa murtak o'sadi. Murtakdan chiqqan barg va ildizcha o'sib, mustaqil oziqlanishga o'tadi. Yuqoridagi jarayonlar asosida hujayralarning bo'linishi va meristematik to'qimalarning ko'payishi ro'y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |