O’rta maxsus ta’limi vazirligi


-rasm. Paxtaning nish urish


Download 1.04 Mb.
bet4/14
Sana11.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1766556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O’simliklarning qishga chidamliligi va qishgi – bahorgi davrda

7-rasm. Paxtaning nish urish.
O'simtalarning qorong'ulikda geterotrof o'sishi. Urug'larning bo'kishi va nish urishida asosiy o'rinni mRNK egallaydi. Bular murtakning shakllanishi va yetilishi paytida zaxira sifatida yig'ilgan RNK molekulalaridir.
U rug’ o'sishining uchinchi bosqichida o'simtaning va ildizning o'sishi DNK sintezi bilan bog'liqdir. Bu odatda unug’ bo'kkanidan so'ng 1,0-1,5 sutkadan keyin bo'ladigan jarayondir. Ildiz cho'zilish zonasidagi rizoderma qismida ildiz tukchalari paydo bo'ladi. Ildiz tukchalarining uzayishi ustki qismining hisobiga bo'ladi.
8-rasm. Ildiz zonasi
Ildiz tukchasining ildiz qinchasi bilan uzunligi 1-2 mm atrofida, ammo ildizning cho'zilish zonasining uzunligi 5—7 mm.
Harorat. O'sishni belgilovchi asosiy omildir. Harorat 0-35 °C oralig'ida bo'lganda o'sish tezligi Vant-Goff qonuniga bo'ysunadi.
O 'sishni haroral bo'yicha 3 nuqtasi mavjud: 1. Minimal; 2. Optimal; 3. Maksimal. Ammo bu ko'rsatkichlar turli o'simliklar uchun har xil bo'lishi mumkin. Masalan, g'o'za uchun minimal harorat 10-12°C, optimal 25-35°C, maksimal harorat esa 40-45°C. Optimal haroratda o'simlikning o'sishi eng yaxshi bo'ladi. Haroratning o'simliklarning o'sishiga ta'siriga qarab, barcha o'simliklar jamoasini ikkita katta guruhga bo'lish mumkin.
9-rasm. Urug’larga haroratning ta’siri.
1. Issiqsevar o'simliklar. Ularning o'sishi uchun minimal harorat 10°C bo'lsa, optimal harorat 30-40°C.
2. Sovuqqa chidamli o'simliklar. Ushbu o'simliklar guruhi uchun minimal harorat 0-5°, optimal harorat esa 25-30°C.


Issiqqa chidamlilik.
B u xususiyat o'simliklarning havo harorati haddan tashqari yuqori bo'lganda ularning ortiqcha qizishga chidamliligidir. Odatda ko'pchilik o'simliklarning tana haroratlari 40°C va undan yuqori bo'lganda ulardagi fiziologik funksiyalar buziladi hamda u nobud bo'ladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling