O’rta maxsus ta’limi vazirligi


Download 1.04 Mb.
bet6/14
Sana11.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1766556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O’simliklarning qishga chidamliligi va qishgi – bahorgi davrda

13-rasm.Sovuq harorat.
V.F.Altergot va boshqa olimlarning fikricha, Yuqori darajadagi xarorat ta‘sirida Oqsillar parchalanishi tezlashadi, xujayralarni zaxarlaydigan ammiak hosil bo’ladi va to’planadi. Sitoplazmaning mikrostrukturasiga salbiy ta‘sir qilib, undagi Oqsillipoid birikmalar va plastidalar parchalanadi. Nafas olishda oqsil bo’lgan kimyoviy energiya samaradorligi keskin pasayadi va uning asosiy qismi tashqi muxitga issiqlik shaklida tarqaladi.
Yorug'lik. O'simlikning o'sishi doimiy ravishda, ya'ni qorong'ulikda va yorug'likda boradi.Qorong'uda o'sgan o'simliklar rangsiz, organlari uzun va nimjon,barg plastinkasi rivojlanmagan bo'ladi. Shuningdek, bo'g'in oralig'i ham uzun bo'lib, mexanik to'qima sust rivojlangan bo'ladi. Yorug'dagi o'simliklar past bo'yli va organlari anchagina muqobil joylashgan bo'ladi. Ulardagi organik moddalar sintezi anchagina kuchli bo'lib, generativ organlarning shakllanishi jadal bo'ladi. Yorug'likning qizil nurlarida (730-800) hujayralarning bo'linishi sekinlashadi, biroq cho'zilish tezlashadi, ko'k binafsha nurlar esa aksincha ta'sir etadi va o'simliklar pakana bo'lib qoladi. Shuning uchun ham tog'li rayonlarda o'simliklarning bo'yi aynan past bo'ladi.

Namlik.O'simliklardagi suvning miqdori fotosintez intensiv­ligiga juda katta ta'sir ko'rsatadi, chunki suv va C02 dan organik moddalar sintezlanadi. Suv yetishmasa labchalar yopilib, C02 kirishi susayib, natijada fotosintez pasayishi kuzatiladi. Suv bilan yetarli ta'minlanmagan holda mezofill hujayralar qobig'i qurib, xloroplastlarga tomon C02 harakatini to'xtatadi. Suv fotosintez fermentlarining faoliyatida ishtirok etib, ularning qayta ishlashida qatnashadi. Suv tanqisligi vaqtida hosil bo'lgan moddalarning barglardan poyaga va ildizga borishi tormozlanadi. Suvning ko'pligi, ya'ni ortiqcha namlik ham fotosintez intensivli­giga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni labchalar yopilib, C02 barglar ichiga o'ta olmaydi.
Mineral oziqlanish. O'simlik o'sayotgan muhitda biron-bir ozuqa elementlarini chiqarib tashlash uning o'sishini sekinlashtiradi. Ammo muhitda mineral elementlar miqdorining normadan ko’p bo’lishi o'sishga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, o'simliklarga azot ko'p berilsa, ulardagi vegetativ organlarining o'sishi kuchayadi, biroq o'simlikni vegetatsiya davri cho'ziladi, ya'ni hosil juda ham kech pishadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling