17-rasm.Tugunak. 18-rasm Piyozbosh.
Yozning jazirama issiqlarini ham shu holatda o’tkazishlari mumkin. Urug’lar ham suvning miqdori kam bo’lganda o’zgarishning tinchlik holatini saqlaydi. Agar ular yetarli suv bilan ta‘minlansa, faol o’sish boshlanadi.
F iziologik tinim o’simlikning ichki sabablari asosida sodir bo’ladi. Masalan, ichki murtak va tashqi qobiqning xususiyatlari tufayli unmasligi mumkin. Bunga murtakning fiziologik va morfologik to’la yetilmagani yoki boshqalar sabab bo’lishi mumkin. Ma‘lum darajada fitogormonlarning balansi (IAK, tsitokininlar, gibberellinlar va ABK) orqali tinimlik boshqariladi.
19-rasm. Fiziologik tinim
Tinimlik holatida ABKning miqdori ko’p, aksincha tinimdan chiqqanda esa gibberellin va sitokininlarning miqdori ko’payadi. Yozgi kurtaklar ham ichki omillar ta‘siri natijasida tinim holatida bo’ladi. Yangi qazib olingan kartoshka issiq joyda va nam tuproqda xam unib chiqmaydi.
Bir necha oydan keyin esa uning unib chiqishini quruq havo va sovuq joyda ham to’xtatib bo’lmaydi. Ko’p o’simliklarning yangi yig’ishtirib olingan urug’lari ma‘lum vaqt o’tmaguncha unmaydi.
B uni ularning yig’ishtirib olingandan keyingi tinim davri yoki pishib yetilish muddati bilan izoxlash mumkin. Bu davr o’simliklar turlariga bog’liq. Masalan, bug’doy donlarida 2 xaftadan 2 oygacha, chigitda bir oy, giloslarda 150-160 kun va xokazo bo’ladi.
20-rasm. Urug’larni unishi.
Tinim xolatining xususiyatlarini o’rganish natijasida ularni boshqarish usullarini ishlab chiqish va bundan samarali foydalanish mumkin.
Qishlashga tashqi sharoitlar ta’siri.
Qishda o'simliklarga nafaqat manfiy harorat, balki qalin qor qoplami va muz qobiqlari hamda boshqa omillar ta'sir qiladi. Shuning bilan birgalikda qish fasli davomida qisqa muddatli yoki keng nisbatan uzoq davrli havoning isishi ham kuzatilishi, qor bo'ronlarining bo'lishi, qorsiz qishda esa achchiq izg'irin bo'lishi mumkin. Bularning barchasi o'simlikning kuchsizlanishiga, oxir oqibatda esa uning o'limiga olib kelishi mumkin. Bunda faqatgina kuzgi ekinlar halok bo’lib qolmasdan, balki ko'p yillik o'tlar va daraxtlar ham nobud bo'lishi mumkin. Noqulay omillarning barchasi qishki va bahorgi vaqtlarda turli hodisalarni, ya'ni dimiqish ho'llanish, ivish o'simliklarni qishki-bahorgi «kuyish»ga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham qishga chidamlilik tushunchasi yuzaga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |