O’zbekiston Respublikasi Oliy va
O’rta maxsus ta’limi vazirligi.
Al – Xorazmiy nomli Urganch
Davlat Universiteti Tabiatshunoslik
va Geografiya fakulteti Biologiya
yo’nalishi 302-guruh talabasi
Saparboyeva Mohiraning O’simliklar fiziologiyasi fanidan yozgan
Kurs ishi
Topshirdi: Saparboyeva Mohira
Qabul qildi: Djumaniyozova Yulduz
Urganch 2014
Mavzu: O’simliklarning qishga chidamliligi va qishgi – bahorgi davrda tashqi sharoitlarning ta’siri.
Reja:
KIRISH:
O’simliklarga tashqi sharoitning ta’siri.
ADABIYOTLAR SHARHI:
ASOSIY QISM:
O’simliklarning unib chiqishiga ta’sir
qiluvchi omillar.
O’simliklarning tinim davrini o’tashi.
Qishlashga tashqi sharoitlar ta’siri.
Kuzgi bug’doy.
XULOSA:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH:
O’simliklarga tashqi sharoitning ta’siri.
Dastlabki hayotning paydo bo’lishidan boshlab organizmlarning tashqi muxit omillari ta’siriga moslashuvi sodir bo’la boshladi. Chunki nokulay omillar organizmlarning, jumladan, o’simliklar tanasida kechayotgan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning jadalligiga ta’sir etadi.
Ayniqsa, suv yetishmasligi, haroratning minimumdan past yoki maksimumdan yuqori bo’lishi, har xil tuzlarning to’planishi natijasida tuproq eritmasi kontsentratsiyasining kuchli bo’lishi, patogen mikroorganizmlarning ko’payishi, zararli gazlar va radiatsiyaning me’yordan ortib ketishi kabilar o’simliklarning hayotiy jarayonlariga salbiy ta’sir etmay qolmaydi. Bunday omillarning yuzaga kelishi o’simliklar uchun noqulay sharoit hisoblanadi. O’simliklarning shunday noqulay omillar ta’siriga nisbatan javob reaktsiyasi ularning chidamliligini belgilaydi.
C hidamlilik darajasi individuol xususiyatga ega bo’lib, u o’simlik turiga, yashash sharoitidagi boshqa omillar ta’siriga bog’liq, holda ham o’zgaradi. Hatto bir o’simlikning har xil hujayralari, to’qimalari va organlari chidamlilik darajasi bilan bir-biridan farq qilishi mumkin.
Tashqi mudit noqulay omillarining ta’siri qisqa va uzoq, muddatli bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |