O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug’ullaning o’ziga xos mavqega EGA
Download 24.37 Kb.
|
3-та мавзу
O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug’ullaning o’ziga xos mavqega ega. Taniqli siyosatshunos olim Nazrullo Jo’rayev o’zining «Agar ogohsen...» nomli kitobida haqli ravishda yozganidek, «TSivilizatsiya dunyoning turli mintaqalarida turlicha yuz berib, muayyan hududlar aholisi dunyoqarashi va turmush tarziga chuqur o’rnashgan. TSivilizatsiya, jumladan Yunonistonda nafosat, Hindistonda din, Ovrupada moddiy texnika taraqqiyoti, Turonda esa axloq tarzida vujudga kelgan. Yurtimizda axloq benihoya serqamroq, qiyosi yo’q tushuncha sifatida ardoqlanib kelingan. Ma’nili va bejirim gapira bilish, nutqdagi ma’qul va noma’qul so’zlarni ilg’ay olish, so’zning orqa o’ngini, munosib o’rnini farqlay bilish, nutq odobi kabi fazilatlar Turonda inson umumiy axloqining ma’naviy rasoligining tayanch ustunlaridan sanalgan». Va’zxonlikning, balog’at (chechanlik, notiqlik) san’atining usuli bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg’ariy, Zamahshariy kabilar tilga, lug’atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag’ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar. Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o’zining «Geodeziya» asarining kirish qismida fanlarning paydo bo’lishi va tarmoqlanib ko’payishi haqida so’z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. Inson nutqi o’z tuzilishi materialiga ko’ra rostni ham, yolg’onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko’plab munozaralarga sabab bo’ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg’ondan ajratadigan «mezon» ni yaratadi. Bu mantiq fani edi. Inson nutqida shubhali o’rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o’rganmaganlarga: «Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog’lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o’lchovi) va mantiq (logika) ni mutolaa qilganda edi, so’z zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bulardi», - deydi. Demak, Beruniy nutqning ikki xil - nasr, nazm ko’rinishi borligini ko’rsatadi. Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. SHakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Mazmunsiz har qanday chiroyli shakl ham el orasida e’tibor qozonmaydi. Nutqning nasriy shaklida ham nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir. Nutq o’zining har ikki shaklida ham so’zlovchi o’z oldiga qo’ygan ma’noni ifodalashi shart. Olim yozadi: «So’ngra so’z mana shu ikki qismda (nasr va nazmda) ham so’zlovchi maqsad qilgan ma’nodan iborat bo’lib qoladi». Nasriy va nazmiy nutqda mazmun (ma’no) bor yoki yo’qligini bilish tuzilgan gaplarni bir-biri bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Bu vazifani mantiq fani o’z bo’yniga oladi. «Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalaning zarur bo’ladi. Ularning birortasiga ham ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasining buzilishi, qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay iloji yo’q». Har qanday tilning o’z grammatik qurilishi, grammatikasi, uning o’z tartib - qoidalari bo’lishi, bu qoidalarning shu tilda tuzilgan nutq uchun ahamiyati beqiyos bo’lgani holda boshqa til uchun nozarur bo’lishi mumkin. Beruniy arab tilshunosi bilan fors tilshunosi orasidagi munozarani keltiradi. Fors tilini arab tilidan afzal ko’ruvchi tilshunos shunday deydi: «Eganing raf’da ( bosh kelishikda ), to’ldiruvchining nasbda (tushum kelishigida) bo’lganidan va sendagi tilning boshqa sabab va ajoyibliklaridan nima foyda bor. Men arab tiliga muhtoj emasman!». Olim bunda munozarachi bir tomondan haq bo’lsa, boshqa tomondan nohaqligini aytadi. «Uning bu xitobi o’ziga nisbatan to’g’ri, lekin mutlaqo to’g’ri emas», - deydi. Bu bilan olim har bir tilning afzalligi o’sha tidda so’zlovchilar uchui zarur, degan fikrni tasdiqlaydi. Beruniy arab tiliga xos balog’at san’ati xususida so’zlaganda yuqoridagi fikrni yana bir bor tasdiqlaydi. U balog’a (t) (notiqlik) arablar nutqiga xosligi, bunday nutq texnikasi arablar uchun fazilat ekanligini bayon etadi. Arab nutqida balog’aning mavjudligi «Qur’on» targ’ibotida muhim ahamiyat kasb etadi. Balog’a arab nutqining ziynatidir. Ammo undan foydalangan bir kishining yuqori mansabga erishuvi va boshqa shunday kishining kambag’allikda yashashiga balog’a aybdor emas, deydi, bunday xol boshqa sabablarga asoslangan bo’lib, «balog’aning fazilatini tushurmaydi». Boshqa tillarda balog’ani egallaganlarning obro’ topmaganligiga sabab, «balki balog’aning arablar tilidan boshqa tillarga ko’chirishda bozori yurishmaganidir», - deydi. Ulug’ Vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy (870-950) to’g’ri so’zlash, to’g’ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va tugal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo’rligi haqida shunday deydi: «qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so’rash va qanday javob berish (masalasi) ga kelganimizda, bu haqida bilimlarning eng birinchisi jismlarga (substantsiya -narsalar) va aktsidentsiya (hodisalar) ga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman». Ikkinchi ilm grammatikadir; U jismlarga berilgan ismlarni qanday tartibga solishni hamda substantsiya (narsa) na aktsidentsiya (hodisa) ning joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so’zlarni va nutqni qanday tuzishni o’rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir; Ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o’rgatadi, bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to’g’ri nima yolg’on ekanligi haqida hukm chiqaramiz. Yuqoridagilardan ko’rinadiki, grammatika va mantiq fanlarining nutq tuzishdagi ahamiyatini ikki buyuk olim ham yuksak darajada anglaganlar va ularga katta ahamiyat berganlar. Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997) ham o’zining «Mafotixul - ulum» («Ilmlar kalitlari») asarida o’sha davr nutq madaniyatining ba’zi bir masalalari - devonxona ish qog’ozlari, ularning shakllari, ishlatiladigan istilohlar (terminlar); shuningdek adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning ta’rifi haqida ma’lumot beradi. Asarning beshinchi bobida aruz va qofiya ilmi hamda she’riyatda ishlatiladigan badiiy tasvir vositalari, ularning fazilatlari va nuqsonlari ustida so’zlaydi. Bu shuni ko’rsatadiki, X asrdayoq ulkamizda badiiy nutq yuksak darajada rivojlangan. Uning nazariyasi, mukammal ishlangan edi. Qadimgi SHarq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma» da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomo’z gaplar aytilgan bo’lib, ular hozir ham ma’lum darajada ahamiyatini yo’qotmagandir. «Qobusnoma» Kaykovus tomonidan 1082-1083 -yillarda yaratilgan bo’lib, 44 bobdan iborat. Uning 6-7 boblari so’z odobi haqidadur. Asar muallifning farzandiga qilgan nasihatlari sifatida yozilgandir. U farzandini yoqimli, muloyim, o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi: «... yaxshi so’zlashga o’rgan va muloyim so’zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so’zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So’zni o’z joyida so’zla, joyida aytilmagan so’z, agar u yaxshi so’z bo’lsa ham yomon ko’rinadi». «Kishi suxandon va notiq bo’lishi lozim». Har bir notiq o’z nutqi ustida ko’p Nutq mаdаniyati vа uslubshunоslik Uslubshunоslikning tildа tutgаn o‘rni bеqiyosdir. Uslubshunоslik mе’yorlаrni shаkllаntirish, mаshhur tilshunоs оlim G.О.Vinоkur tа’kidlаgаnidеk, nutq mаdаniyatining o‘z оldigа qo‘ygаn аsоsiy mаqsаdi, uning eng muhim vаzifаsidir. Chunki uslubiy mе’yorni yaхshi bilmаsdаn, ulаrni mukаmmаl egаllаmаsdаn turib, nutq mаdаniyatigа, mаdаniy nutqqа erishib bo‘lmаydi.1 Mа’lumki, hаr bir so‘zni o‘ylаb, tаnlаb, ulаrning hаr bir mа’nоsigа, mа’nо qirrаlаrigа yaхshi e’tibоr qilib, o‘rinli ishlаtish hаqidа judа ko‘plаb хаlq mаqоllаri, hikmаtlаri mаvjud. Bu hаqdа buyuk fаylаsuf Аristоtеlning «Pоetikа» vа so‘z mulkining sultоni Аlishеr Nаvоiyning «Mаhbub ul-qulub» аsаrlаridа hаm qimmаtli fikrlаr аytilgаn. Tildа hаr bir so‘zni, grаmmаtik fоrmаni, hаr bir sintаktik qurilmаni o‘z o‘rnidа, ya’ni shu so‘z, shu grаmmаtik shаkl yoki sintаktik qurilmа (gаp) ishlаtilаyotgаn vаziyatni (tinglоvchi sаviyasi, ulаrning hоlаti kаbilаr) hisоbgа оlgаn hоldа to‘g‘ri qo‘llаsh, ulаrning shu vаziyatgа eng mоs tushаdigаnini tаnlаb, nutq jаrаyonidа ulаrdаn unumli fоydаlаnish, eng iхchаm vа fikrni lo‘ndа ifоdаlаydigаnini, eng sоddа vа hаmmаgа tushunаrlisini ishlаtish nutqning rаvоnligini, tushunаrliligini, аniqligini tа’minlаydi, uni g‘аlizliklаrdаn хаlоs etаdi. Grаmmаtik uslubshunоslikning bir qismi bo‘lgаn mоrfоlоgik uslubshunоslik hаr bir grаmmаtik shаklning, so‘z yasоvchi vоsitаlаr vа hаr хil bоshqа shаkllаrning uslubiy хususiyatlаrini o‘rgаnаdi. O‘zbеk tilidа qo‘shimchаlаr dоirаsidаgi mа’nоdоshlik (sinоnimiya) hоdisаsi hаm kеng tаrqаlgаn: shu sаbаbli // shu sаbаbdаn; tаlаbаlаrdаn biri // tаlаbаlаrning biri; оtgа mindi // оtni mindi; sаvlаtli // sаvlаtdоr // bаsаvlаt... kаbi. O‘zbеk tilidа so‘z yasоvchi vа grаmmаtik mа’nо ifоdаlоvchi judа ko‘p аffikslаr o‘z vаriаntlаrigа egа yoki bir-biri bilаn o‘zаrо sinоnimik munоsаbаtdа bo‘lаdi. Mаsаlаn, jo‘nаlish kеlishigi ko‘rsаtkichi –gа hоzirgi tilimizdа –kа, -qа vаriаntlаridа uchrаsа, eski o‘zbеk tilidа -g‘а (bоrаrg‘а - qilurg‘а, so‘rаrg‘а) ko‘rinishdа uchrаydi. Fе’llаrdаgi –giz ko‘rsаtkichi –kiz, -g‘iz, -qiz; -kаz; -gаz vа hаttо, bа’zаn –kаr (o‘tkаr, еtkаr) vаriаntlаridа uchrаydi.1 Tilimizdа bа’zаn аyrim grаmmаtik shаkl plеоnаstik (qo‘sh) qo‘llаnаdi. Bundаy qo‘llаsh nutqdа оrtiqchаlikni vujudgа kеltirishi, nutq rаvshаnligigа putur еtkаzishi, fikrni хirаlаshtirishi, bаchkаnаlаshtirishi mumkin: tоychоqchаginаm, kichkinаginа, ichilib qo‘yildi, tо mаktаbgаchа, YAngiqishlоq qishlоg‘i, bir kаlimа so‘z, o‘n yillаr o‘tdi, 6 tа o‘g‘il - qizlаrim bоr, qo‘llаnishlаrdа grаmmаtik shаkllаr yoki so‘zlаrning o‘rinsiz, mаqsаdsiz qo‘llаnishi nаtijаsidа аnа shundаy hоl yuz bеrgаnini kuzаtаmiz: kichkinаginа tipidаgi qo‘llаshlаridа –ginа, sоlinib bo‘lindi qo‘llаnishidаgi –in, ichilib qo‘yildi tipidаgi qo‘llаnishlаrdа оldingi so‘zdаgi –il, tо mаktаbgаchа qo‘llаnishidа tо elеmеnti (bundа bа’zаn kuchаytirish ifоdаlаnishi mumkin, аnа shundаy vаqtdа tо elеmеntining ishlаtilishi o‘zini оqlаydi), kеyingi birikmаlаrdа qishlоg‘i, kаlimа so‘zlаri, o‘n yillаr o‘tdi, оltitа o‘g‘il - qizlаrim bоr, hаr bir dаlillаrni birikmаlаridа –lаr аffiksi оrtiqchа ishlаtilgаn vа nutqdа g‘аlizlik tug‘dirgаn. Birоq, shuni hаm аytish kеrаkki, grаmmаtik shаkl yoki bоshqа vоsitаlаrni plеоnаstik qo‘llаsh hаmmа vаqt hаm nutqdа оrtiqchаlik tug‘dirаvеrmаydi. Bа’zаn judа o‘rinli, tushungаn hоldа, mа’lum bir mаqsаdni ko‘zdа tutib, shundаy qilinsа, nutqni rаvоn qilаdi, fikrni аniq, lo‘ndа, bоr nоzikliklаri bilаn ifоdаlаshgа yordаm bеrаdi, nutq tа’sirchаnligini оshirаdi, mа’nоni kuchаytirаdi, bo‘rttirаdi: Ulug‘ аyyom kunlаri; shunchа yil tuz - nаmаk bo‘ldik; bеsh pаnjаsini оg‘zigа tiqаdi; аytgаnini qilmаy qo‘ymаydi; biz o‘zimiz аytib qo‘yamiz tipidаgi qo‘llаnishlаrdа аnа shu hоlni kuzаtаmiz. To‘g‘ri, nаmаk, kаlimа, аyyom, pаnj so‘zlаri fоrs-tоjik tillаridа tuz, so‘z, kun, bеsh so‘zlаrigа to‘g‘ri kеlаdi. Birоq, o‘zbеk tilidа ulаr, birinchidаn, bоshqа mа’nоdа qo‘llаnilishi mumkin bo‘lsа, ikkinchidаn, kuchаytiruvchi vоsitа vаzifаsini bаjаruvchi sifаtidа ishlаtilishi mumkin. Jumlаdаn, ulug‘ аyyom kunlаri birikmаsidа аyyom so‘zi kun mа’nоsidа qo‘llаngаn emаs, u mа’lum bir sаnаni ifоdаlаgаn, bеsh pаnjаsini birikmаsidа pаnjа so‘zi bаrmоq mа’nоsidа, bir kаlimа so‘z birikmаsidа kаlimа so‘zi so‘z lеksеmаsining аniqlоvchisi bo‘lib kеlgаn vа аqlli, fikrli, lo‘ndа so‘zlаri mа’nоsidа qo‘llаngаn; tuz-nаmаk qo‘llаnishidа esа o‘zbеk tilidа, оg‘zаki nutqdа ko‘p uchrаydigаn nоn - pоn, chоy - pоy tipidаgi hоlаtni kuzаtаmiz. Abdulla Qahhor so’z sanati Abdulla Qahhor hikoyalarining tili alohida e’tiborga molikligi. Badiiy detalning asarda tutgan o’rni. Abdulla Qahhorning badiiy detaldan foydalanish mahorati. Abdulla Qahhorning til mahorati haqida atoqli adabiyotshunos olim O.Sharafiddinov quyidagilarni yozgan edi: “Abdulla Qahhorning tili o’zi bir katta olam. Bir marta bu olamga kirgan odam undagi mislsiz go’zallikning asiri bo’lib qoladi, u olam tufayli o’zbek tili deb atalmish ona tilimizning nafisligiga, aniqligiga, rangdorligiga, ma’nodorligiga, har qanday nozik tuyg’uni, har qanday murakkab kechinmani ifodalay oladigan qudratiga qoyil bo’ladi. Abdulla Qahhor ishlatgan so’zlar, yaratgan jumlalar tilimizning boyligini o’zida aks ettirib, kamalakday tovlanadi. Yozuvchi bunga... tinimsiz mehnat bilan erishgan”.1 Abdulla Qahhor asarlarini, shu jumladan, uning hikoyalarini o’qib, ularning tiliga xos bir qator xususiyatlarni kuzatish mumkin. Ozod Sharafiddinov bu borada yana quyidagi mulohazalarni bildiradi: 1. Abdulla Qahhor hikoyalarining tilida o’quvchini maftun qiladigan birinchi xislat-tabiiylikdir. Uning asarlarida kuchanib yozilgan biror jumlani topolmaysiz. 2. Abdulla Qahhor hikoyalarida so’zlarni g’oyatda tejamkorlik va yuqori darajadagi san’atkorlik bilan qo’llaydi. U har bir so’zning ma’nosidan, zaminidagi emotsional kuchdan, rangidan, stilistik imkoniyatlaridan iloji boricha to’la foydalanadi. Uning jumlalaridagi so’zlar ichiga qo’rg’oshin quyilgan shaxmat donalaridek o’z joyida qat’iy tartib bilan turadi. Ularni olib tashlash yoki joyini o’zgartirish amrimahol. 3. Abdulla Qahhor hikoyalarining tili chuqur obrazlilik bilan yo’g’rilgandir. Uning hamma asarlarida ham o’tkir obrazlarni, kutilmagan istioralarni, original fraziologik iboralarni ko’p uchratamiz. Bu xislat, umuman, Abdulla Qahhorning adabiyotdagina emas, hayotda ham obrazli fikrlashi, olamdagi hamma narsani, har qanday hodisani obrazlar orqali qabul qilishi bilan bog’liq. 4. Abdulla Qahhor hikoyalari tilining yana bir fazilati uning g’oyat milliyligidir. Uning tilida o’zbek tilining ichki boyligi yorqin ifodalanadi. Bu milliylik birinchi navbatda xalq tilining ruhiga juda mos kirib borilganida, shu ruhni o’z asarlari tiliga ko’chira olganida ko’rinadi. Abdulla Qahhorning badiiy til borasidagi yuksak mahoratini boshqa adiblaru olimlar ham e’tirof etishgan. Chunonchi, taniqli rus adibasi o’zbek yozuvchilarining yaqin do’sti Lidiya Bat o’zining u haqidagi xotiralarida quyidagilarni yozadi: “Qahhor so’zlarining mag’zi butun. Undagi qisqalikning boisi ham shunda. Ortiqchalik, bejamalikdan asar yo’q, shuning uchun uning asarlarini tarjima qilish qiyin. U voqealarni, qahramonlar kechinmalarini shunday quyuqlashtirib tasvirlaydiki, ba’zan tarjimon o’zidan so’z qo’shib, uni “suyultirgisi”, to’qimaga o’zining bezaklarini qo’shib yuborgisi keladi. Qahhor bunga o’ta sergak munosabatda bo’lar edi. Bir gal hikoyasi tarjimada qariyb ikki hissa ko’payib ketganini sezib, tarjimonni koyib bergan. Shunda tarjimon adibga g’alati e’tiroz bildirgan: - To’g’ri, siz ajoyib hikoya yozgansiz, lekin tarjima qilgan odam uni jindek bo’lsa ham kengaytirgisi, jindek unga qo’shib ko’ygisi kelaveradi. Bunday holida esa u o’ta siqiq, havo etishmayotgandek ... Qahhor bari bir ko’nmasdan: - Mayli, “yomon” ligicha, ammo – lekin meniki bo’lib qolsin. Men yozgan narsani “yaxshilashingiz” shart emas, - degan”.2 “Abdulla Qahhorni nega buncha e’zozlaymiz? Mahoratiga nechun bunchalik tahsin o’qiymiz? – deya savol qo’yadi iste’dodli adabiyotshunos olim, mumtoz va hozirgi adabiyotimizning katta bilimdoni Ibrohim Haqqul o’zining “Abdulla Qahhor jasorati” nomli maqolasida va bularga o’zi quyidagicha javob beradi: - U so’z bilan mo’’jiza yarata bilgan, til mehnatini zargarlik san’ati darajasida yuksaltira olgan yozuvchi edi. Abdulla Qahhor hikoya va qissalaridagi har bir so’z, har bir iboraning o’rni shu qadar muhim va mustahkamki, ularni boshqa so’z, boshqa ibora yohud jumla bilan o’zgartirish deyarli imkonsiz”. U o’z fikrini yozuvchi Said Ahmadning “Men tajriba uchun ustozning “O’g’ri”, “Bemor”, “Anor” hikoyalaridan ba’zi so’zlarni olib tashlab ko’rdim. Bo’lmadi. Hikoya bir ustuni olib tashlangan ayvonga o’xshab lapanglab qoldi”, degan so’zlari bilan yanada mustahkamlaydi va davom etib, “Axir har bir sahifa o’rta hisobda 15-16 marta ko’chirilsa, - deb yozadi Ibrohim Haqqul, - har safar jumlalarga sayqal berilsa, boz ustiga bir sahifadagi gapni bir jumlaga, o’n sahifa mazmunini birgina sahifaga sig’dirish uchun qunt va ilhom ila mehnat qilinsa – so’z nari tursin, tinish belgisini ham qimirlatib bo’lmaydi”.3 Shu o’rinda, garchi yozuvchining boshqa janrda yozgan asari munosabati bilan aytilgan bo’lsa-da, O.Sharafiddinov domlaning yana bir fikriga e’tibor qilishga to’g’ri keladi. “60-yillarning boshida Abdulla Qahhor sakkiz yillik tanaffusdan so’ng, yana dramaturgiyaga qaytadi. Bu galgi izlanishlarning samarasi o’laroq, 1962 yilning boshida “Tobutdan tovush” deb atalgan o’tkir satirik komediya maydonga keldi. Abdulla Qahhor boshqa hamma yirik asarlari kabi bu asari ustida ham juda jiddiy ma’sulyat bilan astoydil ishladi. “Tobutdan tovush” ni yozishga qancha vaqt sarflaganligini aniq ayta olmaymiz. Lekin asarning saqlanib qolgan qoralama variantlariadibning juda katta mehnat qilganidan dalolat berib turibdi. Har qandey pesa hozirgi paytda 50-60 betdan nariga o’tmaydi. “Tobutdan tovush” ning qoralama sahifalari esa ming betdan ortiqroq. Demak, pesaning har sahifasi kamida 15-20 martadan ko’chirilgan. Tabiiyki, mexanistik tarzda ko’chirilmay, pesaning turli komponentlari qaytadan ishlangan va mukamallasha borgan”. (O.Sharafiddinov, Abdulla Qahhor. Hayoti va ijodiy faoliyati haqida lavhalar. “Yosh gvardiya” nashriyoti T., 1988, 224-bet) Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, Abdulla Qahhor badiiy asar tiliga, shu jumladan hikoyalari tiliga ham, juda katta mas’uliyat bilan qaragan, bu borada tinimsiz izlangan, mashaqqatli mehnatning barchasiga chidagan. Shu yo’nalishda qilinadigan ishlarda o’zini ham ayamagan, boshqa ijodkorlarga ham katta talablar qo’ygan, hamisha badiiy tildagi soddalik va tabiiylikni birinchi o’ringa qo’ygan va shuning uchun kurashgan. Buning isboti biz tahlilga tortgan qator hikoyalari va o’zi tomonidan aytilgan quyidagi so’zlar bo’lishi mumkin: “Kitobxonga bir fikrni anglatish yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishining boshini qotirmaydigan, ochiq, ravon va sodda til kerak. Surat oldirayotgan kishi suratga chiroyli va kelishib tushmoqqa behuda zo’r berib, o’zining tabiiy holatini buzganday, yozuvchi chiroyli va “qoyil qilib yozishga” behuda zo’r bersa, adabiy asar uchun zarur bo’lgan tildagi soddalik, tabiiylik buziladi”. Abdulla Qahhor hikoyalari haqida so’z yuritar ekanmiz, ularda ko’p uchraydigan, yozuvchi qalamining o’ziga xosligini yaqqol ko’rsatib turadigan badiiy detallar haqida gapirmasdan o’tib ketish mumkin emas. Chunki adib ijodining dastlabki bosqichlaridayoq bu tasvir vositasiga alohida ahamiyat bergan, uning xarakter yaratishda yozuvchi uchun, agar o’rinli qo’llay olinsa, qanchalik imkoniyatlar berishini yaxshi tushungan. U o’sha paytlardayoq yozgan bir maqolasida “...adabiy asarning maydonga kelishi uchun avtorning niyatigina kifoya qilmaydi. Avtorning niyati ma’lum bir ideyani tashviq qilmoq ekan, uni tashviq qila bilish kerak. Tashviq qila bilishning asosiy shartlaridan biri esa, o’quvchini ishontira bilishdir. Avtor yoki personajlar tomonidan aytilgan gaplarga, asardagi detallarga, voqealarga kitobxon ishonmasa, hatto shubha qilsa ham, asarning qiymati qolmaydi. Download 24.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling