O‘rta Osiyo tekisliklari suv havzalari va tog‘ xududlarida tarqalgan umurtqali hayvonlar reja kirish


Tog‘ xududlarida tarqalgan umurtqali hayvonlar


Download 92.34 Kb.
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi92.34 Kb.
#1620448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘rta Osiyo tekisliklari suv havzalari va tog‘ xududlarida tarqa

2.3 Tog‘ xududlarida tarqalgan umurtqali hayvonlar


Jayron
Gazella subgutturosa( Gueldenstaedt 1780)
ssp. subgutturosa ( Gueldenstaedt 1780)
Maqomi. 2( 711:0): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil ro’yxatga kiritilgan.
Tarqalishi. Ustyurt yassi tekisligi, Janubiy Orol bo’yi, Qizilqum saxrosi, Kimirekqum, Sundukri, Yakkachakka qumliklari va Qarshi cho’li, Surxondaryo viloyatining ayrim joylari. Hozirgj kunda arealbir qancha mayda populyatsiyalarga fragmentlashtirilgan, ko’pchiligining bir-biri bilan aloqasi yo’q.
O’zbekistondan tashqarida: O’rta Osiyo mamlakatlari, Qozog’iston, Kavkazorti, Eron, Afg’oniston, Pokiston, Xitoy( Sinjon), Mo’g’iliston.
Yashash joylari. Tekis yoki past baland cho’llar, yarimcho’llar va qir-adirlar, cho’lga aylangan tog’ etaklari. Shag’alli va sertuproq yerlarni afzal ko’radi. Qishda o’nqir-cho’qir relyefli jolarda, yassi tekisligining daralarida va chuqurliklarida yashaydi; to’qayli o’rmon chekkalariga, jarliklarga va tekisliklarga qirib keladi. Yashash joylariga bo’lgan muhim talablar- suvloqlarning mavjudligi.
Soni: XXI asrning boshida soni 5-6mingta deb baholangan, ulardan Buxoro viloyatida1400-1600: massivlar Ko’ljo’qtov-150-180, Qoratov 50-70, Kimirekqum 50-80, Sunduuqli- 80-100, Amudaryo Qismi-100-200 dona, "Jayron" ekomarkazi- 902, ekomarkazning ilmiy-amaliy qismi-39-45. Hozirda taxminan 4 mingta deb baholanishi mumkin.
Yashash tarzi. Poda hosil qiladi, ko’proq, o’troq, yoki yarimo’troq bo’lib yashaydi. Faqat arealning shimoliy qismlarida nomuntazam mavsumiy oo’chib yuradi. O’tsimon o’simliklar bilan oziqlanadi. Noyabr-dekabrda juftlashadi, aprel-may oylarida bolalaydi(1-2,ba'zida-3); bolalari avgust-sentabrgacha onasidan ajramaydi, urg’ochilari 7-8 oyda, erkaklari-18-19 oyda jinsiy voyaga yetadi, ammo jinsiy ko’payishda ilk bor, asosan, 2-3 yoshida ishtirok etadi.
Cheklovchi omillar. Yerlarning xo’jalik maqsadda o’zlashtirilishi, brakonyerlik, ko’p qor yog’ishlari.
Ko’paytirish. Erksizlikda "Jayron" ekomarkazi, Qorako’l ovlash xo’jaligi,Toahkent sh. hayvonot bog’i volyerlarida muvaffaqqiyatli ko’paytirilmoqda. 9
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Tutqunlikda va yarimtutqunlik sharoitlarida ko’paytirish maqsadida " Jayron" Ekomarkazi tashkil qilingan. Qizilqum qo’riqxonasida, Qarnabcho’l, Muborak, Sechanko’l, Dengizko’l, Qoraqir buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan. Hozirgi turar joylarda xo’jalik faoliyatlarni olib boriahga taqiq, chek qo’yish zarur: daydi itlarga qarshi kurashni kuchaytirish, qo’y podalari yonida itlar sonini cheklashtirish. Jayronlar suv manbalariga yetib borish imkonini yaratish. Qizilqumda( Bo’kantov, Qo’ljo’qtov), Ustyurt yassi tekisligida qo’shimcha qo’riqxonalar tashkil qilish.

Download 92.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling