O’rta Osiyoda mehnat ta`limining tarkib topishi Reja: Turli yosh guruh bolalarining yer maydonchasidagi mehnatini tashkil etish va tarbiyachining unga rahbarlik qilishi


Download 22.79 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi22.79 Kb.
#1599253
  1   2
Bog'liq
O’rta Osiyoda mehnat ta`limining tarkib topishi


O’rta Osiyoda mehnat ta`limining tarkib topishi


Reja:
1.Turli yosh guruh bolalarining yer maydonchasidagi mehnatini tashkil etish va tarbiyachining unga rahbarlik qilishi
2. Maktabgacha bolalarni mehnatga o`rgatishda ularda mas’ullik hislarini tarbiyalash

Kichik gurux bolalarining guruh xonasidagi tabiat burchagida chiroyli, yorqin gullaydigan o`simliklar, chiroyli rangdagi to`rsiz leyka bo`lishi kerak. Bu guruxda o`simliklarni tarbiyachi parvarish qiladi: barglarni artadi, suv quyadi, tuvaklarining tagliklarini yuvadi, shu bilan birga o`simliklarni parvarish qilishga xoxish bildirgan bolalarni talablarini ham bajaradi; ularga leykani berib, gulga qanday suv quyish kerakligini, leykani baland ko`tarmasdan, suvni ohistagina quyish lozimligini aytadi. Dastlab tarbiyachi bolalarning leyka ushlagan qo`lini o`zi ushlab turib, suv quyishni ko`rsatadi. Sekin – asta bu ishga hamma bolalarni jalb qilib boradi. Bu ishni hamma bolalar ham darrov uddalay olmaydi. Tarbiyachining vazifasi, bolalardagi o`simlikni parvarish qilish bo`yicha kichkinagina muvaffaqiyatni ham ko`ra bilish va uni qo`llab – quvvatlashdir. Bolalarni o`simliklar bilan tanishtirishda ularni tabiatdagi o`simliklarni parvarish qilishga oid mehnatgagina jalb qilmay, shu bilan birga ularni kuzatishga ham o`rgatib boradi. Bolalarga begoniya va yorongul o`simligi gullarining chiroyliligini ko`rsatib, gapirib beradi.


Bu yoshdagi bolalar xona o`simligining 2-3 tasini nomini bilishlari, uning qismlari: guli, bargi, poyasini so`z bilan ayta olishlari kerak. Ular daraxt va o`t o`simliklarini farqlashlari lozim.
Tarbiyachi bolalarda o`simliklarni asrab – avaylash, ularni parvarish qilish xohishini tarbiyalab boradi. Bu yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan yakka ishlardan tashqari, kichkina guruh bolalari bilan “Xuddi shundayini top”, “ Kattalar va kichiklar”, “ Bittami yoki ko`p” o`yinlari o`tkaziladi. Bular orqali tarbiyachi o`simliklarning nomini, o`ziga hos ayrim belgilarini aytishni mashq qildirib boradi. Bular hammasi yilning o`rtalariga kelib butun guruh bolalari bilan mashg`ulot o`tkazish imkoniyatini yaratadi.

Download 22.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling