Oʻrta Osiyodagi suptropik oʻsimliklar orasida anor eng koʻp tarqalgan
Download 16.59 Kb. Pdf ko'rish
|
Anor haqida
Anor Oʻrta Osiyodagi suptropik oʻsimliklar orasida anor eng koʻp tarqalgan oʻsimliklardan biridir. Bunda anor qadim zamondan beri oʻstirilmoqda. Oʻsha davrdan boshlab hozirgacha anorni parvarish qilishning oʻziga xos usullari ishlab chiqilgan va mahalliy sharoitlarga moslangan navlari vujudga keltirilgan. Hozir Oʻrta Osiyoda yetishtirilayotgan anorlar sifat jihatidan butun yer yuzidagi eng yaxshi standard sortlardan qolishmaydi. Oʻzbekistonda anor oʻsimliklari hammadan koʻproq Namangan, Andijon, Quva, Kitob va Saraosiyo rayonlarida uchraydi. Anor oʻsimliklari mevasidagi shiraning oz koʻpligiga qarab shartli ravishda shirin, qimizak va nordon anor deb atalgan uch gruppaga boʻlinadi. Shirin anorning shirasida 0,9 prosentgacha, qimizak anornikida – 0,9 dan 1,8 prosentgacha, nordon anornikida – 1,8 prosentdan yuqoriroq boʻladi. Anordan shira va sharbat tayyorlanadi. Anor shirasi uzum shirasiga qoʻshib qaynatilganda pastila hosil boʻladi. Anor shirasidan punsh va sirka tayyorlanadi, bu shira yaxshi vinolar, morojniy, alkogolsiz ichimliklar tayyorlashda ham ishlatiladi. Anor poʻchogʻida tannid va boʻyoq moddalar koʻp boʻlganidan, u kalava, gazlamalarni boʻyash hamda siyoh tayyorlash uchun ishlatiladi. Anor gulining bargchalaridan gazlamalar uchun aynimaydigan och v toʻq qizil rangli boʻyoqlar tayyorlanadi. Anorning gullash davri uzoqqa choʻzilib, gullari koʻp, yirik, och qizil rangli va chiroylik koʻrinishda boʻlgani tufayli, u ancha goʻzal manzarali oʻsimliklardan biri hisoblanadi. Anor oʻsimligi boʻyi 5 metrgacha keladigan sershox daraxtdan yoki 2 metrgacha balandlikdagi butadan iborat boʻladi. Uning ildizlari baquvvat boʻlib, 3-5 metrgacha doiraga taralib oʻsadi. Anor daraxtining yer usti qismlari (tana va shoxlari) 10-15 yildan keyin ham hosil bera boshlaydi, shu sababli ular har 10-15 yilda kesib turiladi. Anorning shoxlari inggichka, silindr shaklida, tikanli boʻladi. Nordon navlarining tikani, shirin navlarnikiga qaraganda, yaxshiroq oʻsadi. Barglari mayda, lanset yoki ellips shaklida. Kurtaklari mayda, toʻq jigar rangli, qobiqchali. Gullari yirik chiroylik, och qizil rangli boʻlib, novdalarining uchlariga 2-5 tadan joylashadi. Gul bandi kalta boʻladi. Gul kosasi qattiq va seret boʻlib, uning ichiga koʻp xonali va qoʻsh urugʻli tuguncha joylashadi. Gullari chetdan changlanadi. Mevalari yirik boʻlib, har birining ogʻirligi 250 dan 800 grammgacha keladi. Ayrim mevalarining ogʻirligi 1000 grammga, qozoqi naviniki – 2kg gacha yetadi. Mevasining ichi pardalar bilan ajratilgan va har biri koʻpdan koʻp urugʻlar bilan toʻlgan 6-12 xonadan iborat. Har bir urugʻi (doni) ichiga shira toʻlgan parda bilan oʻralgan. Donlari och pushti rangdan tortib toʻq qizil, deyarli qora ranggacha. 15-18 gradus sovuqda anor daraxtining koʻp yillik tanasi va shoxlari zararlanadi, 20 gradus sovuq esa daraxtni butunlay quritib qoʻyadi. Qishki sovuqlar 15 gradusgacha yetadigan shimoliy va togʻli rayonlarda anor daraxtlari chuqur qilib tuproqqa koʻmiladi, janubiy iliq rayonlarda esa daraxtlarni koʻmmasdan, ustini yengil narsa bilan qoplab qoʻysa ham boʻladi. Anor daraxti martning ikkinchi yarmida – aprelning birinchi kunlarida oʻsa boshlaydi. Oʻsish davri 170-200 kun, gullash davri 50-70 kun, mevalarining rivojlanish davri 130-150 kun davom qiladi. Maydan boshlab avgustgacha gullaydi. Gullari uzun va kalta urgʻochi gullardan iborat ikki xilga boʻlinadi. Uzun urgʻochi gullar yirik, kuvacha shaklida, bazan silindr yoki karnay koʻrinishida boʻladi. Anorning ana shu gullaridan meva boʻladi. Kalta urgʻochi gullardan meva boʻlmaydi, ularning onaligi changdonidan pastroqda boʻladi. Gullarning bu ikkala xili oʻrtasidagi nisbat anorning naviga va uni oʻstirishda qoʻllaniladigan agrotexnika darajasiga bogʻliq. Masalan, past agrotexnika qoʻllanilganida kalta urgʻochi gullar koʻproq boʻladi. Anorning baʼzi navlari urugʻsiz (qisr) chang xosil qiladi. Urgʻochi gullari chetdan changlanmay meva qiladi. Mevalari koʻpincha shoxlarining uchiga joylanib, anor tupining ichki qismidagi shoxlarda deyarli meva boʻlmaydi. Anorning koʻpchilik navlari oʻtqazilgandan keyin uchinchi yilda xosilga kiradi va oltinchi yettinchi yildan boshlab toʻla xosil beradi. 10-15 yilligida toʻla xosil qiladi. Anor qugʻoqchilikka chidamli oʻsimlik boʻlsa ham, Oʻzbekistonda uni suv bilan taʼminlangan yerlardagina oʻstirish mumkin; anor oʻsayotganida, ayniqsa iyuldan sentyabrgacha, suv yetishmaganida uning xosili kamayadi va mevalarining sifati pasayadi. Yer osti suvlari chuqur joylashib suvni yaxshi oʻtkazadigan qumoq, boʻz tuproqli unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. A.A.Ribakova Tarjimon: A.Xasanov Oʻzbekiston SSR davlat nashriyoti Toshkent – 1959. Download 16.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling