O`rta ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti
S I Y O S I Y H O K I M I Y A T
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosatshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- H O K I M I Y A T S I Y O S I Y H O D I S A S I F A T I D A Asosiy turlari Asosiy amalga oshirish
- S I Y O S I Y H O K I M I Y A T N I N G L E G I T I M L I G I Asosiy tiplari Baholovchi ko`rsatkichlar An`naviy
- S I Y O S I Y H O K I M I Y A T N I N G T I P L A R I V A U L A R N I N G T A V S I F I T o t a l i t a r A v t o r i t a r
- HOKIMIYATNI AMALGA OSHIRISH XARAKTERI VA CHORALARI KISHILARNING HOKIMIYATGA MUNOSABATI HOKIMIYAT TA`QIQLARINING XARAKTERI
- Siyosiy hayotning qatnashchilari bo`lib, ular tomonidan anglab etilgan ehtiyojlar va manfaatlar
- Shunday vositalar yig`indisikim, ulardan foydalanish sub`ekt maqsadlari bilan mos ravishda hokimiyat ob`ektiga ta`sir ko`rsatishni ta`minlaydi.
- ( Z O ` R L I K ) K U C H L A R
- I N F O R M A T S I O N
- Siyosiy hokimiyat Davlat hokimiyati Jihatlari
- Hokimiyatning manbai sifatida xalqning tan olinishiga asoslangan jamiyat siyosiy tizimining amal qilish
- D E M O K R A T I K S I Y O S I Y T A S H K I L O T T a v s i f i y j i h a t l a r A m a l q i l i s h k a f o l a t i
- O ` Z B E K I S T O N R E S P U B L I K A S I D A H O K I M I Y A T N I N G B O ` L I N I S H I
- DAVLAT, DAVLAT TUZILISHI, DAVLAT SHAKLLARI Davlat tushunchasi va belgilari
- Davlat boshqaruvi shakli
- Muayyan hududga joylashgan, milliy va ko`pmillatli birlikdan tashkil topgan siyosiy yaxlitlik
S I Y O S I Y H O K I M I Y A T Tavsifiy belgilar Manbalar Hokimiyat irodasining ustuvorligi Boshqaruvning o`ziga xos apparati mavjudligi Boshqa davlatlarga munosabat bo`yicha hokimiyat organlarining suvereniteti Jamiyat hayotini cheklash (reglamentatsiya) monopoliya Jamiyat va shaxs munosabatida majburlov imkoniyati Kuch Boylik Jamiyatda egallangan mavqe Tashkilot Bilim va informatsiya 98 H O K I M I Y A T S I Y O S I Y H O D I S A S I F A T I D A Asosiy turlari Asosiy amalga oshirish vositalari Boshqaruv va uni ro`yobga chiqarish shakllari Iqtisodiy Huquq Hukmronlik Siyosiy Avtoritet Rahbarlik Huquqiy Ishontirish Boshqaruv Harbiy An`analar Muvofiqlashtirish Ma`naviy Manipulyatsiya Tashkil etish Oilaviy Majburlov Nazorat Zo`rlik 99 S I Y O S I Y H O K I M I Y A T Asosiy prinsiplar Funksiyalar Legitimlilik Harakatlilik Reallik Hushyorlik Kollegiyalilik Bardoshlilik O`z-o`zini tanqid Qat`iylik Yopiqlilik Jamiyatni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish Jamiyatni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari bo`yicha konkret qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish Ijtimoiy jarayonlarni operativ boshqarish va tartibga solish Jamiyat taraqqiyotining barqarorligi yo`naltirilganligini muhim ko`rsatkichlar bilan nazorat qilish. 100 A s o s l a n g a n : S I Y O S I Y H O K I M I Y A T N I N G L E G I T I M L I G I Asosiy tiplari Baholovchi ko`rsatkichlar An`naviy hokimiyat Xorizmatik hokimiyat Legal hokimiyat O`rnatilgan tartibning qat`iyligiga ishonch, urf-odatlar, hokimiyatga bo`ysunish unumdorligiga Dohiy shaxsining buyukligi va betakror sifatiga Hokimiyat vakillari demokratik saylanadigan va harakat qilishi belgilangan qonunlarga itoat etishiga Siyosat yurgizish uchun zaruriy majburlov darajasi Hukumatni yoki uning boshlig`ini ag`darishga urinishning mavjudligi Fuqaroviy bo`ysunmaslik (itoatsizlik)ni vujudga keltirovchi kuchlar 101 S I Y O S I Y H O K I M I Y A T N I N G T I P L A R I V A U L A R N I N G T A V S I F I T o t a l i t a r A v t o r i t a r D e m o k r a t i k Yalpi chegara, bilmas nazorat va zo`rlik Nazoratga yo`l bermaydigan aniqlovlar Hokimiyat qonunga muvofiq saylangan fuqarolarning vakillari orqali amalga oshiriladi Hokimiyat bilan qo`shilish Oddiy fuqarolarning hokimiyatdan begonalashuvi Hokimiyatni aniq amalga oshiruvchilarni saylash Hokimiyat buyruq bergan narsaga ruxsat, qolganlari ta`qiqlanadi Siyosatga tegishli bo`lganlarga ruxsat etiladi Qonun bilan ta`qiqlanmagan narsalarga ruxsat beriladi, jamiyat manfaatlari va axloqiy normalariga mos keladi HOKIMIYATNI AMALGA OSHIRISH XARAKTERI VA CHORALARI KISHILARNING HOKIMIYATGA MUNOSABATI HOKIMIYAT TA`QIQLARINING XARAKTERI 102 Siyosiy hayotning qatnashchilari bo`lib, ular tomonidan anglab etilgan ehtiyojlar va manfaatlar siyosiy hokimiyatning amalga oshirishga real ta`sir etadi va uni amalga oshirishni hamda mablag` bilan ta`minlashni belgilaydi H O K I M I Y A T ( S I Y O S A T ) N I N G S U B ` E K T L A R I T U R L A R I Bevosita ishtirokchilar: davlat, partiyalar, siyosiy yetakchilar va elitalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar Bevosita qatnashuvda ishtirokchilar: yirik ijtimoiy guruhlar va birliklar, manfaatlarning turli guruhlari Bu siyosat sub`ektining siyosat vositalari va imkoniyatlaridan foydalangan holda, o`zining turmush sharoitlarini, o`zining ijtimoiy ahvolini saqlab turish yoki yahshilashga ehtiyoji va intilishi Faoliyatning harakatlantiruvchi kuchi – ijtimoiy manfaat 103 Shunday vositalar yig`indisikim, ulardan foydalanish sub`ekt maqsadlari bilan mos ravishda hokimiyat ob`ektiga ta`sir ko`rsatishni ta`minlaydi. H O K I M I Y A T R E S U R S L A R I I Q T I S O D I Y Ijtimoiy ishlab chiqarish va ehtiyoj uchun zarur bo`lgan moddiy qadriyatlar, pullar, hosildor erlar, foydali qazilmalar ( Z O ` R L I K ) K U C H L A R Jismoniy majburlov quroli va apparati, buning uchun maxsus tayyorlangan odamlar I J T I M O I Y Ijtimoiy maqom yoki mansabni ko`tarish (yoki tushirish) layoqati, ijtimoiy strukturadagi o`rni I N F O R M A T S I O N Bilish va informatsiya, shuningdek, ularni olish va tarqatish vositalari S I Y O S I Y – H U Q U Q I Y Konstitutsiya, qonunlar, siyosiy partiyalarning dasturiy hujjatlari D E M O G R A F I K Inson boshqa resurslarni tashkil etuvchi universal resurslar 104 Kishilar katta guruhlari o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning o`ziga xos shakli, muayyan ijtimoiy guruh, sinf, individning siyosatda, siyosiy va huquqiy normalarda ifodalangan o`z iroda erklarini hayotga joriy etish layoqati. Majburlovning maxsus apparatiga tayanadigan va barcha aholiga tarqaladigan ijtimoiy hokimiyat shakli; siyosiy hokimiyatning yadrosi, markazlashgan ifodasi. Siyosiy hokimiyat Davlat hokimiyati Jihatlari Qarorlarning har qanday boshqa hokimiyat uchun majburligi Barcha fuqarolarga murojaat Qarorlar qabul qilishning yagona markazining mavjudligi Resurslarning turli xilligi Bu tashkilot maqsadlarini amalga oshirish bo`yicha ham faoliyat, ham tashkil etish O`ziga xos boshqaruv va majburlov apparatining mavjudligi 105 Hokimiyatning manbai sifatida xalqning tan olinishiga asoslangan jamiyat siyosiy tizimining amal qilish usuli bo`lib, xalq davlat va jamiyatning ishlarini hal etishda qatnashish huquqiga ega, fuqarolarga etarli darajada keng qamrovli huquqiga ega erkinliklar beriladi. D E M O K R A T I K S I Y O S I Y T A S H K I L O T T a v s i f i y j i h a t l a r A m a l q i l i s h k a f o l a t i Yalpi, teng va to`g`ri saylovlar, yashirin ovoz berish yo`li bilan davlat hokimiyatining vakillik organlarini va mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlarining saylanishi Parlamentda istisnosiz huquqni-umumdavlat qonunlarini e`lon qilish huquqi mavjudligi Hokimiyatning qonunchilik, ijroiya va sud bo`linishi, ular o`rtasidagi munosabatlarda jilovlash va qarshi turish mexanizmining qarshiligi Konstitutciya doirasida harakat qiluvchi, ham mavjud tizimni qo`llab-quvvatlovchi, ham uni rad etuvchi partiyalar tizimida siyosiy partiyalarning mavjudligi, ko`p partiyaviylik Ozchilik manfaatlarini hurmat qilgan holda, ko`p¬chilik tomonidan siyosiy qarorlarning qabul qilinishi Siyosiy partiyalarda bevosita ommaviy hokimiyat munosabatlarining yo`qligi Davlat organlari va apparati faoliyatini fuqarolik jamiyati tomonidan nazorat qilish tizimining yaratilishi Hokimiyatga egalik qilish bilan bog`liq bo`lgan imtiyozlarning tugatilishi Fuqarolarni o`z vaqtida to`la siyosiy axborotlardan voqif etish imkoniyatining mavjudligi Deputatlarni chaqirib olish va mansabdorlarni almashtirish muolajasini ixchamlashtirish Fuqarolar teng huquqliligini kafolatlash, har bir kishining hokimiyatni va uning xohlagan vakilini tanqid etish huquqini tan olish 106 Qonunchilik hokimiyati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi. Doimiy Konstitutsiyaviy nazorat olib boruvchi Oliy sud organi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (Ikki palatali parlament – 220 ta a`zo Iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma`naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta`minlaydi Davlat hokimiyati Umumiy yurisdiksiya sudlari Harbiy sudlar Mamlakat hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi Prokuratura Q o` m i t a l a r Senat raisi, o`rinbo- sarlari Spiker, o`rinbo- sarlari Yuqori palatali Senat 100 nafar a`zo – senator Quyi palata qonunchilik 120 nafar a`zo deputat Hududiy vakil¬ lik asosida saylanadi. (84) Siyosiy partiyalar fraksiyalari Ijro etuvchi hokimiyat O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat hokimiyati boshlig`i Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan Respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo`lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi Advokatura Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga malakali yuridik yordam beradi Qonunlarni qabul qiladi O ` Z B E K I S T O N R E S P U B L I K A S I D A H O K I M I Y A T N I N G B O ` L I N I S H I Sud hokimiyati 107 DAVLAT, DAVLAT TUZILISHI, DAVLAT SHAKLLARI Davlat tushunchasi va belgilari Davlat jamiyat siyosiy tizimida markaziy institut hisoblanadi. Politologiyada “davlat” termini odatda ikki ma`noda qo`llaniladi: keng ma`noda (mamlakat, jamiyat, xalq sifatida, ya`ni ma`lum bir hududda joylashgan va oliy hokimiyat organi tomonidan namoyon etiladigan, masalan, rus, frantsuz, bolgar davlati) va tor ma`noda, ya`ni davlat sifatida. Keyingisi qat`iy, ilmiy termin. SHu termin doirasida davlat muayyan hudud chegaralarida konkret manfaatlar (sinfiy, umuminsoniy, diniy, milliy va h.k.) ni ustuvor tarzda amalga oshirishga ko`maklashuvchi siyosiy hokimiyatning tashkiloti sifatida ta`riflanadi. Davlatning belgilari: 1. Mamlakatning butun hududiga va unda mavjud bo`lgan barcha shakllarga nisbatan qo`llaniladigan va maxsus majburlov muassasalarida moddiy ta`minlangan, jamiyatdan ajralib chiqqan va mamlakat aholisiga mos kelmaydigan ommaviy hokimiyatning mavjudligi (davlat albatta boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo`ladi, zero ommaviy hokimiyat – bu amaldorlar, politsiya, turma va boshqa muassasalar demakdir); 2. Soliqlar, o`lponlar, zaymlar tizimi (iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, davlat apparatini saqlash, moddiy boyliklar ishlab chiqaradigan kishilarni, faqat boshqaruv faoliyati bilan band bo`lgan kishilarni ta`minlash uchun zarur bo`lgan mablag`lar); 3. Aholining hududiy bo`linishi (davlat qaysi urug`, qabila, diniy e`tiqodidan qat`iy nazar, uning hududida joylashgan kishilarni o`zining himoyasi va hokimiyati bilan birlashtiradi); 4. Suverenitet (o`z hududida davlat ustuvorligiga erishish va xalqaro munosabatlarda mustaqil bo`lish); 5. Huquq (davlat huquqsiz yashay olmaydi, shu boisdan ham davlat yuridik jihatdan davlat hokimiyatini rasmiylashtiradi va bu bilan uni oshkora (legitim) qiladi, davlat funktsiyalarini amalga oshirishning yuridik shakl va ramkalarini belgilaydi); 6. Jismoniy majburlash,ochiq kuch ishlatishga bo`lgan monopoliya, ya`ni tanholik (fuqarolarni oliy qadriyatlardan mahrum etish imkoniyati, davlat hokimiyatining alohida faoliyatini belgilaydi); 108 Jamiyat siyosiy tizimida davlatning o`rni va roli. Davlat – bu ma`lum hudud doirasida aniq manfaatlarni ustuvor tarzda amalga oshirishga ko`maklashuvchi siyosiy hokimiyatning tashkiloti. (Manfaatlar – sinfiy, umuminsoniy, diniy, milliy bo`lishi mumkin va h.). Davlat ijtimoiy jihatdan bir xil bo`lmagan jamiyatda siyosiy hokimiyatni tashkil etishning universal hududiy shaklini o`zida namoyon etadi. Davlat – siyosiy hokimiyatni institutsional rasmiylashtirishning o`ziga xos sterjenidir. Davlat va jamiyatning “siyosiy tizimi” tushunchalari qism va butun sifatida qaraladi. “Umummajburiylik” prizmasi orqali siyosiy hayot hodisalarini tartibga solar ekan, davlat siyosiy manfaatlarning turli ko`rinishlarini o`zida to`playdi. Har qanday boshqa ijtimoiy institutning ta`siri eng qulay holatda uning tarafdorlari va ko`ngilli a`zolariga tarqalishi mumkin. Davlat organlari hukmining yalpi ahamiyati jamiyatning mavjudligi fakti bilan izohlanadi, uning uchun umumiy bo`lgan muammolarini hal qilmasdan turib, normal faoliyat ko`rsatishi mumkin emas. Siyosiy sistema o`ziga xos yaxlitlik va barqarorlikni berar ekan, aynan shu sifatda davlat siyosiy sistemada alohida rol o`ynaydi. Jamiyat resurslaridan foydalanar va uning hayot faoliyatini tartibga solar ekan, u boshqaruv yuzasidan faoliyatning asosiy hajmini bajaradi. Jamiyatning siyosiy tizimida davlat markaz, etakchi mavqeni egallar ekan, u quyidagi belgilarga molik bo`ladi: butun xalqning yagona rasmiy vakili sifatida chiqib, fuqarolik belgisi bo`yicha hududiy chegaralar doirasida uni birlashtiradi; jamiyatni yaqinlashtiradi, mavjud siyosiy farqlar va qarama- qarshiliklardan qat`iy nazar unga yagona ijtimoiy organizm sifatini beradi; davlat mustaqillikning namoyandasi hisoblanadi; jamiyatni boshqarish uchun tayinlangan maxsus apparatga ega bo`ladi (ommaviy hokimiyat) ; “kuch ishlatish” tuzilmalariga ega bo`ladi (qurolli kuchlar, militsiya, xavfsizlik xizmati va hokazo); tanho qonun chiqaruvchilik huquqiga ega bo`ladi; maxsus moddiy qadriyatlar to`plamiga ega bo`ladi (davlat mulki, byudjeti, valyutasi). 109 Davlat boshqaruvi shakli Davlat boshqaruvi shakli – bu davlat shaklining elementi bo`lib, oliy davlat hokimiyati tashkilotini, uning organlari tuzilishi tartibini va ularning aholi bilan o`zaro munosabatlarini tavsiflaydi. Davlat boshlig`i (monarx yoki prezident), qonun chiqaruvchi organ, hukumat oliy davlat hokimiyati hisoblanadi. Davlat boshlig`ining mavqeiga qarab boshqaruv shakli monarxiya va respublikaga bo`linadi. Monarxiya (grekchadan olingan bo`lib, yakka hokimiyat” demakdir) boshqaruv shakli – bu hokimiyat qisman yoki to`laligicha yagona davlat boshlig`i – monarx (korol, podsho, shoh, imperator) qo`lida to`planadi. Monarxiyaning belgilari: hokimiyat meros sifatida o`tadi; muddatsiz amalga oshiriladi; aholining xoxish-irodasiga bog`liq bo`lmaydi. Monarxiiya cheklanmagan va cheklangan bo`ladi. CHeklanmagan monarxiyada xalqning vakillik muassasasi mavjud bo`lmaydi va unda davlat suvereniteti yakkayu-yagona namoyon etuvchisi monarx hisoblanadi (masalan, feodalizm bosqichining so`nggi davrlaridagi absolyut (mutlaq) monarxiyalar hozirgi zamonda – Saudiya Arabistoni, Bruni). CHeklangan (konstitutsiyaviy) monarxiyada davlat suverenitetini monarxdan tashqari, uning hokimiyatini cheklovchi boshqa oliy davlat organlari ham namoyon etadi (Angliya, YAponiya, Ispaniya, SHvetsiya, Norvegiya va b.). Monarxiya dunyoda uzoq yuz yilliklar davomida hukmron boshqaruv shakli bo`lib keldi. Maxsus shaklda u hozirda ham jahon mamlakatlarining uchdan bir qismida saqlanib qolgan. Respublika - lotinchadan olingan bo`lib, “davlat, jamoat ishi” degan ma`noni anglatadi. Respublika boshqaruv shaklida davlat boshlig`i saylanuvchi va almashtiriluvchi hisoblanadi, uning hokimiyati esa, vakillik organi va saylovchilar xoxish-irodasiga bog`liq hosila hisoblanadi. Respublikaning belgilari: hokimiyatningsaylanishi; muddatlilik; saylovchilar xoxish-irodasiga bog`liqlik. Hukumatni kim tashkil etishi, u kimga hisobot berishi, kimning nazoratida bo`lishiga qarab, respublika prezidentlik, parlament aralash shakllariga bo`linadi. 110 Prezidentlik respublikasida (AQSH, Braziliya, Argentina, Venesuela, Boliviya, Suriya va b.) bu rolni aynan prezident bajaradi, parlament respublikasida (Germaniya, Italiya, Hindiston, Turkiya, Isroil va b.) – parlament, aralash respublikada (Frantsiya, Finlyadiya, Polsha, Bolgariya, Avtriya va b.) – prezident va parlament ijro etadi. Prezidentlik respublikasida prezident Parlamentga bog`liq bo`lmagan holda yo saylovchi vakillar kollegiyasi yoinki bevosita xalq tomonidan saylanadi. Uning o`zi hukumatni tayinlaydi va uning faoliyatini boshqaradi. Mazkur respublikada parlamentga ishonchsizlik bildirishi, prezident esa – parlamentni tarqatib yuborishi mumkin emas. Ammo parlament qabul qilinadigan qonunlar yordamida va byudjet muassasasi orqali prezident va hukumat harakatini cheklash imkoniyatiga ega, ayrim hollarda prezidentni lavozimidan cheklatilishi ham mumkin (qachonki u konstitutsiya qonunlarini buzsa, jinoyat sodir qilsa). Prezident o`z navbatida, qonun chiqaruvchi organning qarorlariga veto (lotinchadan – “taqiqlash”) qo`yish huquqiga ega. Parlament respublikasida hukumat qonun chiqarish organi tomonidan shakllantiriladi va uning oldida javobgar bo`ladi. Parlament ovoz berish yo`li bilan hukumatning faoliyatiga, hukumat boshlig`ining (Vazirlar Mahkamasi raisi, Bosh vazir, kantsler), konkret vazir faoliyatiga ishonch bildirishi yoki ishonchsizlik bildirish mumkin. Davlatning boshlig`i prezident hisoblanib, u parlament tomonidan yoki saylovchi vakillar kollegiyasi tomonidan yoinki xalq tomonidan (to`g`ridan-to`g`ri ovoz berish orqali) saylanadi. Biroq davlat hokimiyati organlari tizimida u kamsuqum o`rinni egallaydi – uning ma`suliyati konstitutsion monarxiyada davlat boshlig`i funktsiyasidan unchalik farq qilmaydigan vakillik funktsiyasi bilan cheklanadi. Haqiqatda davlat boshlig`i sifatida g`ukumat rahbari faoliyat ko`rsatadi. Aralash respublika (yarim prezidentlik, yarim parlament) ning xarakterli tomoni shundaki, hukumat ikki karra ma`suliyatli bo`ladi – ham prezident oldida, ham parlament oldida. Bunday respublikalarda prezident va parlament bevosita xalq tomonidan saylanadi. Bu erda davlat boshlig`i – prezident. Parlamentda siyosiy kuchlarning joylashuviga qarab, u hukumat boshlig`ini va vazirlarni tayinlaydi. Davlat boshlig`i vazirlar mahkamasi yig`ilishlarida raislik qiladi va uning qarorlarini tasdiqlaydi. Parlament mamlakatning har yillik byudjetini tasdiqlash, shuningdek hukumatga ishonchsizlik bildirishi bilan hukumat faoliyatini nazorat qilish imkoniga ega. 111 Muayyan hududga joylashgan, milliy va ko`pmillatli birlikdan tashkil topgan siyosiy yaxlitlik bo`lib, mazkur hududda siyosiy yaxlitlik bo`lib, mazkur hududda siyosiy elita tomonidan o`rnatilgan huquqiy tartibot qonuniy majburlovni qo`llash huquqiga ega bo`lib, tanho hokimlik qiladi Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling