O'rta tolali paxlalar uchun tts dagi buo uskunalari majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash


Download 274.5 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi274.5 Kb.
#1477851
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ўрта толали пахлалар учун ТЦ даги КОГТ ускуналари мажмуаси тозалаш

II. ASOSIY QISM




2.1. Tozalash sexlarida o'rnatilgan uskunalarni ishlatish texnologiyasi variantlari
Tozalash sexining asosiy vazifasi ishlab chiqarishga qo'yilgan chigitli paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda, chigitli paxtadan mayda va yirik iflosliklarni begona aralashmalarni maksimal (to'lig'i bilan) ajratish, ya'ni tozalashdan iborat.
Tozalangan chigitli paxtaning sifat ko'rsatkichlari davlat standartiga muvofiq ko'rsatilgan me'yoriy talablarga javob berishi asosiy maqsad bo'lib qoladi.
Paxta tozalash zavodlarida namligi 14 % gacha boigan chigitli paxtalarni, quritish-tozalash sexlaridan o'tkazmasdan to'g'ri tozalash sexlariga ishlab chiqarishga beriladi. Shu sababli, «Paxtani qayta ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologiyasiga muvofiq tozalash sexlarida ham paxtani quritish uskunalarini o'rnatishga ruxsat etilgan.
Paxtani quritish yoki quritish uskunalarining ishlash jarayoni, chigitli paxtaning sanoat va seleksion naviga, dastlabki namligiga, namlik olish miqdori hamda uskunalarning ish unumdorligiga bog'liq.
Chigitli paxta iflosliklardan tozalanishiga qarab oddiy (normal) va qiyin tozalanadigan turlariga bo'linadi. Qiyin tozalanuvchi turi — tola tarkibida nuqsonlarining ko'payishi hamda tolaga chiqindi va iflosliklarning yopishishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, qiyin tozalanadigan paxtaning ayrim seleksiya navlari tolasini ajratayotgan (jinlanayotgan) paytda yuqori namlikka ega bo'lib, keyinchalik bu hoi tolada maydalangan chigit va chigit qobig'i aralashgan tola miqdorining ko'payishiga olib keladi.
Paxta tozalash zavodlarining tozalash sexlarida chigitli paxlannif. oddiy va qiyin tozalanadigan seleksiya navlarini tozalash uchun ZUXK va UXK parallel o'rnatilgan tozalash agregatlariga ega bo'lgan majmualaridan foydalaniladi. Bulardan boshqa yirik iflosliklardan tozalash uskunalarini parallel ishlatadigan jamlangan majmualardan ham foydalaniladi.
Chigitli paxtani qoziqchali va arrali barabanlarda tozalash soni, chigitli paxtaning sinfi, sanoat hamda seleksion naviga bog'liq hamda tozalashda barabanlar soni 2.1-jadvalda berilgan qiymatlarga mos bo'lishi lozim.
2.1-jadval
O'rta tolali chigitli paxtani qoziqchali (K) va arrali (P) barabanlarda tavsiya etiladigan tozalash soni

Chigitli paxta sinfi

Chigitli paxta navi

Ifloslik
darajasi, %

Seleksiya navi

Oddiy tozalanadigan

Qiyin tozalanadigan

1

I

3,0

8 K

16 K




11

5,0

8 K

16K+2P




III

8,0

16K+2P

32 K + 4P




IV

12,0

24 K + 2 P

40 K + 2 P

2

I-II-III

12,0

24 K + 4 P

40 K + 6 P




IV

16,0

24 K + 2 P

40 K + 4 P

3

I-II-III

18,0

24 K + 4 P

40 K + 6 P




IV

20,0

24 K + 2 P

40 K + 4 P




V

22,0

24 K + 2 P

32 K + 2 P



llova. K-qoziqchali baraban. P-arrali baraban. Harflardan oldin turgan raqamlar texnologik jarayonda ishtirok etadigan barabanlar sonini ko'rsatadi.
Hisoblashda barabanlar sonini qabul qilishni quyidagicha tavsiya etiladi:
a) lXK=C4-02=6A-12M-uskunalari uchun 8-qoziqchali baraban (8K);
b) 1XP = PX-1 - uskunalari uchun 1 arrali baraban (P);
d) 4X-5=4X-4=4X-3M2-uskunalari uchun 2 arrali baraban (2P);
e) UXK.01=UXK.02=UXK.OZ - seksiyalari uchun 2 qoziqchali, 1 arrali barabanlar (2K+P).
Masalan: ishlab chiqarishga beriladigan chigitli paxtaning iflosligi 11,5%, sanoat navi II; seleksiya navi Toshkent-1 (oddiy tozalanadigan). Sinfi-2 (mashina terimi), shu ko'rsatkichlarga muvofiq tozalash rejasini tanlash kerak.
Raxta tozalash zavodi KTC da BUO uskunalar majmuasi o'rnatilgan, ularning texnologik jarayon sxemasi quyidagicha:
BUO bo'yicha: CC-15A => 2:(SCH-02) => SHRX => 2:(5:CHX-03M2) => CC-15A => 2:(SCH-02)
12-jadvaldan ishlab chiqarishga berilgan chigitli paxtaning ko'rsatilgan sifatiga qarab tozalashga kerakli qoziqchali (K) va arrali (P) barabanlar soni aniqlanadi (bizning holda u 24K+4P bo'ladi).
BUO 16K+5P tozalash barabanlari mavjud. Bundan ko'rinib turibdiki, BUO majmuasini to'lig'i bilan foydalanish asosida tozalash rejasi tanlanadi.
Ba'zi bir paxta tozalash zavodlarida bunday aniq chigitli paxtani tozalash rejasini tanlash imkoniyati bo'lmasligi mumkin. Bunday paytlarda, shu tozalash rejasiga eng yaqinini tanlab olish kerak.



Download 274.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling