O‘rtacha statistik
Download 342.45 Kb.
|
2-laboratoriya ishi. “O‘rtacha statistik” yassi o‘tkazish manekenini tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Ikki o‘lchamli o‘tqazish manekeni.
- Ishni bajarish tartibi
2-laboratoriya ishi. “O‘rtacha statistik” yassi o‘tkazish manekenini tayyorlashIsh hajmi. Labaratoriya ishi 2 soat auditoriya mashg‘uloti o‘tkazishga va 1 soat mustaqil ish bajarishga mo‘ljallangan. Laboratoriya ishining maqsadi: Yassi o’tkazish manekenlarini tayyorlash ko'nikmasini egallash. Nazariy ma’lumotlar: Ikki o‘lchamli o‘tqazish manekenlarini qandaydir shaffof materialdan tayyorlaydilar. Odatda uchta - 10%li, 50%li va 95%li reprezentativlik darajasidagi ikki o‘lchamli manikendan foydalanadilar. Ikki o’lchamli o‘tkazish manikenlari konstruktor uchun ishlash qulay bo‘lgan, masalan, 1:5 masshtabda tayyorlanadi. Standart ikki o‘lchamli o‘tqazish manekendan: loyihalashda kuzov yoki kabinaning, shuningdek haydovchi va passajirlarni o‘tqazish o‘rinlarining geometrik parametrlarini topishda; transport vositalarining turli modellarini qiyosiy baholashda passajirni o‘tqazish o‘rnining parametrlari aniqlash uchun; uch o‘lchamli o‘tqazish manekeni yordamida o’lchangan parametrlarni chizmalarda qaytadan tiklash uchun foydalaniladi. Boldirning (A) va sonning (B) o‘lchamlari moslikda 2- jadvaldan aniqlanadi. Ko‘makchi 1 element (1-rasmga qarang) manekenni chizmada joylashtirishda masshtab to‘rining vertikal chiziqlari bo‘yicha yo‘natiriladi, unda E shkala bo‘yicha o‘rindiqning orqa suyanchig‘ining konstruktiv qiyalik burchagini aniqlash mumkin. Konstruktorlik amaliyotida standart elementlariga qo‘shimcha, bosh va qo‘llari ham bo‘lgan ikki o‘lchamli o‘tqazish manekenlari ko‘proq qo’llanadi. Bu qismlarning o‘lchamlari va shakli ma’lumotnomalardan tanlanadi. Shunday ancha to‘liq o‘tqazish manekenlari, misol uchun, rul chambaragining vaziyatini tanlashda yoki kabina shipining balandligini aniqlash paytida foydalidir. 1-rasm. Ikki o‘lchamli o‘tqazish manekeni.1-ko‘makchi element; 2-gavda; 3-tos suyagi bilan son suyagini tutashtirgan qism; 4-boldir; 5-oyoq yuzi; F, E,K,M –burchak shkalalari. Hozirgi vaqtda amaldagi standartlar bilan inson gavdasining o‘rindiqdagi va kabinadagi vaziyatini aniqlovchi o‘lchashlar nisbatan o‘tkaziladigan boshlang‘ich nuqta sifatida, o‘ng va chap tos-son suyagi markazlarini tutashtirgan geometrik o‘qni, gavda simmetriyasining bo‘ylama vertikal tekisligi bilan kesishgan nuqtasini qabul qilish o‘matilgan. U lotin harfi H bilan belgilanadi. 2-rasm. Haydovchining o’rindiqda to’g’ri joylashuvi. Kerakli asbob va uskunalar: Karton qog‘ozi, chizg‘ich, qalam, qaychi va parchin mix. Izoh: Karton qog‘oz o‘rniga plastiglas yoki polietilen ham ishlatilishi mumkin. Ishni bajarish tartibi:Avvalgi mashg‘ulotlarda olingan natijalar asosida o’rtacha statistik maniken o‘lchamlari karton qog‘ozga chiziladi. Qaychi bilan kartondan gavda bo‘laklari kesib olinadi. Parchin mix yordamida ular erkin harakatlanadigan qilib ulanadi. Manikenning orqa tarafiga talabaning familiyasi va guruh raqami yozib qo‘yiladi. Hisobot shakli: Tayyor bo‘lgan yassi o‘tqazish manikeni. Download 342.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling