sezgi
|
sezgi - Inson organizmiga ta’sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining miyada bevosita aks etish faoliyatiga sezgi deyiladi. Biz sezgilar yordamida predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz.
|
|
ijtimoillashuv
|
Ijtimoiylashuv - insonning butun hayoti mobaynida o`z-o`zini o`zgartirish va rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yunaltirilgan jarayoni. Ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini o`zaro bog`laydi. Inson (bola)ning anik bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chikishi (individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tashqil yetadi. Ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudotga aylanish jarayoni va natijasidir. Ijtimoiylashuv individning o`z hayoti mobaynida o`zi tegishli jamiyat, ijtimoiy guruh yoki jamoa ijtimoiy me`yorlari, madaniy qadriyatlari, ko`rsatmalari va hulq-atvor namunalarini o`rganish va o`zlashtirish jarayonini ifodalaydi.
|
|
xarakter
|
Xarakter — adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʼzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi.
|
|
istedod
|
ISTEʼDOD, talant — nihoyatda zoʼr qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya oʼsganligida, voqea-hodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf yetishda koʼrinadi. Kishining bilimlarni oʼzlashtirishi, nazariy va amaliy masalalarni hal yetishi, ijodi, oʼz bilimi va malakalarini turmushga tatbiq qila bilishidan uning Isteʼdodini bilish mumkin
|
|
motiv
|
Motiv — bu birinchidan, insonni faoliyatga undaydi, ikkinchidan, o‘ziga xos jihatlarni namoyon etadi va maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullarni tanlashga yordam beradi. Motivlarga ehtiyojlar, qiziqishlar, emotsiya va hislar, e’tiqod va ideallar, ustanovka va odatlar kirishi mumkin.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |