Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Rahbar:
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi; Korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rishi; 95 Xodimlarni samarali boshqarishi, o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishi shart. Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi, xizmatdagi xulq-atvori prinsiplari va qoidalarini buzayotgan xodimlarning hatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo‘l qo‘yilmasligi choralarini ko‘rmaganligi uchun javob beradi. Davlat xizmatchilari xulq-atvori bilan jamoada boshqa davlat xizmatchilari bilan o‘zaro ishchanlik va amaliy hamkorlik qaror topishiga da’vat etilgan. Davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar va hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi shart. Davlat xizmatchilari o‘ziga bo‘ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo‘pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ish sharoitlari va xizmat tadbirlarining shakliga bog‘liq holda davlat xizmatchilarining tashqi ko‘rinishi fuqarolarning davlat organiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga yordam berishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi, ular rasmiyligi, vazminligi va tartibliligi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak. Davlat xizmatchilari xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob- axloq normalariga rioya yetishlari, g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.” 23 Agar siz rahbarlik lavozimida bo‘lsangiz, ishga kelgan zaxoti xodimlardan hol- ahvol so‘rab qo‘yish kerakligini yoddan chiqarmaslik yaxshi amaldir. Ular bilan yangi ish kunini birga boshlagandan mamnun ekanligingizni, sizdan qancha yordam kerak bo‘lsa shuncha yordamga tayyor ekanligingizni his qilishlariga imkon yaratish kerak. Xodimlarga «Siz» lab murojaat qilish – kasbiy odob hamda normal xizmat munosabatlarini ushlab turishga zarur bo‘lgan quroldir. Yig‘ilish qatnashchilariga nisbatan kuchli tavoze’da bo‘lish lozim. Odamlar rahbarning avvalambor o‘ziga foydali bo‘ladigan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish maqsadida keladilar. Boshqalarni ko‘proq eshitishga o‘rganish muhimdir, uning fikriga qarshi bo‘lganingiz uchungina uning har bir gapiga so‘z tiqishtirib turish sizni yaxshi ko‘rsatmaydi. Boshqalarning ham fikr bildirishiga imkon berish, qatnashchilarni faol bo‘lishlariga chaqirish lozim. Har qanday vaziyatda ham o‘zini ushlab turishga harakat qilish; xodimga vazifa berishda xushmuomalalik bo‘lish joiz. Xodimlar buyruqqa nisbatan iltimoslarni yaxshi qabul qilishlarini yodda tutish kerak. 23 Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son Qarori. www.lex.uz. 96 Xodimlarga nisbatan diqqatlik bo‘lish, ular har muvaffaqiyati uchun qo‘llabquvvatlab turish ham maqsadga muvofiq. Vaqtida aytilgan «Rahmat» ning o‘zi, berilajak mukofot pulidan ta’sirliroq kuchga egadir. Xodim yoki oldingizga kelgan kishining oldida kerak bo‘lmagan qog‘ozlar varaqlash, tinimsiz telefonda gaplashish yoki stolni barmoq bilan tiqillatib o‘tirish yaramaydi. Xizmat munosabatlarining odobi shahsiy masalalar bo‘yicha fuqarolarni qabul qilishda boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmaslikni, kelganlarga nisbatan odob va adolat bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Agar suhbat cho‘zilib ketsa, rahbar o‘rindan turish orqali buni bildirishi mumkin. Agar kimnidir jazolash zarurati paydo bo‘lsa, adolatli va odobli bo‘lish lozim. Ifodalash shakli va jazolash yo‘lini tanlashda xodimning fe’li, jinsi va yoshini hisobga olish zarur. Tanqid – mohirlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkin bo‘lgan odamlarga nisbatan qudratli ta’sir kuchiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: “Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi, 24 ”- bejizga ta’kidlamagan. Odamlarning izzat-nafsini turlicha tanqidlar bilan erga urish; tanqid orqali janjalga olib keluvchi vaziyatlarga yo‘l qo‘yish; quyidan bo‘lgan tanqiddan «qasos» olish rahbarlikning faqat rasmiyligini ko‘rsatadi – bunda rahbar xodimdan ham quyiroq darajaga tushib qolishi hech gap emas. O‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish – faqat nufuzni ko‘taradi xolos.Chunki u ishda qo‘yilgan xatolardan sizni xoli qiladi va jamoa bilan aloqani bog‘laydi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling