Ortogonal proeksiyalarda soyalar. Yоrug‘lik nurining yo‘nalishi. Nuqta, to‘g‘ri chiziq va tekis shaklning o‘z va tushuvchi soyalari
Ortogonal va aksonometrik proyeksiyalarda soyalar bajarish
Download 0.8 Mb.
|
1 Ortogonal proeksiyalarda soyalar Yоrug‘lik nurining yo‘nalishi (1)
2. Ortogonal va aksonometrik proyeksiyalarda soyalar bajarish.
Buyum soyasini yasash uning nuqtalaridan tushayotgan soyani aniqlashdan boshlanadi. Nuqta orqali o‘tayotgan yorug‘lik nuri proyeksiyalar tekisliklaridan biri bilan kesishib soya hosil qiladi (2-rasm, a, b). 2-rasm Fazodagi A nuqta orqali o‘tayotgan yorug‘lik nuri oldin H tekislik bilan AH nuqtada kesishmoqda, agar H tekislik yo‘q deb faraz qilinsa, bu nur W tekislik bilan AW nuqtada kesishmoqda. W tekislik ham yo‘q deb qaralsa, ushbu nur davom etib V tekislikning davomi bilan AV nuqtada kesishadi (2-rasm, a, b). A nuqtadan aksonometrik proyeksiyada aniqlash uchun yorug‘lik nurining V dagi proyeksiyasining X o‘qidagi kesishayotgan AX nuqtasidan Y o‘qqa parallel, yorug‘lik nurining H dagi proyeksiyasining Y o‘qida kesishayotgan AY nuqtasidan Z o‘qqa parallel hamda AX dan Z ga parallel nurlar chizilib, ular fazodagi A nuqta orqali yo‘nalgan yoritish nuri bilan kesishtiriladi (2-rasm, a). Epyurda nuqtaning proyeksiyalar tekisliklaridagi soyalari yorug‘lik nurlarining H va V dagi proyeksiyalari orqali aniqlanadi. Tanlab olingan yorug‘lik nurining proyeksiyalaridan qaysi biri oldin X o‘qda kesishsa, soyaning H dagi proyeksiyasi aniqlanadi. Bu yerda AX dan Y o‘qqa parallel chizilib, AH aniqlanadi. AY nuqta ikkinchi Y o‘qqa olib o‘tilib, birinchi y o‘qqa parallel chiziladi va AW topiladi. A1 dan yo‘nalgan yorug‘lik nurining X o‘q bilan kesishgan AX nuqtasidan Y o‘qqa parallel chizilib, AV nuqta aniqlanadi (2-rasm, b). Arxitektura qurilish chizmalarida binolar va turli obyektlarning aksonometrik va ortogonal proyeksiyalarida shaxsiy va tushuvchi soyalarini yasashda, asosan, parallel yoritishdan foydalaniladi. Yorug‘lik nurining yo‘nalishini aksonometrik va ortogonal proyeksiyalarda kubning diodonallaridan biriga parallel qilib olish qabul qilingan (3-rasm, a). 3-rasm Kubning diagonali H, V va W proyeksiyalar tekisliklari bilan 35°1554 ga teng burchakni hosil qiladi. To‘g‘ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalarda bu burchak proyeksiyalar o‘qiga nisbatan 45° qilib olinadi (3-rasm, b). A nuqtadan H va V tekisliklariga tushayotgan soyalar aksonometrik va ortogonal proyeksiyalarda aniqlash 4-rasmda ko‘rsatilgan. 1. OX, OY, OZ o‘qlarga bir xil ixtiyoriy kattalikdagi ST kesma o‘lchab qo‘yiladi. S nuqtaning OY va OZ o‘qlardagi hamda W tekislikdagi o‘rni aniqlanadi. S1, S2, S nuqtalar T bilan tutashtiriladi. Shunda yorug‘lik nurining S1T gorizontal, S2T frontal proyeksiyalari hamda ST fazodagi vaziyati aniqlangan bo‘ladi. 2. A dan ST ga, A1 dan S1T ga, A2 dan S2T ga parallel to‘gʻri chiziqlar o‘tkaziladi. Oldin V dagi AV, keyin H dagi AH soyalar topiladi (4-rasm, a). 3. A1 va A2 nuqtalardan X o‘qiga 45° burchak ostida chiziqlar o‘tkaziladi va AX yordamida AV aniqlansa, A'X orqali AH topiladi (4-rasm, b). Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling