O`rxun-enasoy obidalari


Download 42 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2023
Hajmi42 Kb.
#1464836
  1   2
Bog'liq
O`rxun-enasoy obidalari


www.arxiv.uz



O`RXUN-ENASOY OBIDALARI


REJA:



  1. Kul-Tag`in va Bilka-Qoon yodgorliklari

  2. O`rxo`n-Enisey yodgorliklarining ahamiyati

Enisey daryosi havzasidagi rus yozuvi yodgorliklari XVIII asrning boshlaridayoq rus xizmatchisi Remezov xabari va so`ngra shved ofiseri Iogani Stralenberg va olim Messershmidt asarlaridagi ma’lumotlar orqali ilm-fanga ma’lum bo`lgan edi. Biroq uzoq vaqt davomida olimlar bu yodgorliklarni o`qib aniqlashga muvaffaq bo`lolmadilar. XIX asrning birinchi choragida «Sibirskiy vestnik» («Sibirü axboroti») jurnalida Grigoriy Spasskiyning Enisey yodgorliklari haqida maqolasi bosildi. Bu maqola latin tiliga tarjima qilindi, yodgorliklar haqidagi ma’lumotlar ko`p mamlakatlarning olimlariga ma’lum bo`ldi. Lekin tekshirish va yozuvni o`rganish harakatlari yana natija bermadi, chunki yodgorliklarning «siri» ochilmadi.


1889 yilda fin olimlari Enisey yodgorliklari atlasini nashr etib, bu yodgorliklar fin madaniyatiga taalluqli deb taxmin qildilar. Biroq fin olimlarining taxmini uzoqqa bormadi. O`sha 1889 yiliyoq rus sayyohi va yozuvchisi N.M. Yadrinsev Mo`g`ulistondagi Kosho-Saydam vodiysida O`rxo`n daryosi bo`ylarida Enisey yodgorliklariga o`xshash juda ko`p yodgorliklar topdi. «Noma’lum yozuv» bilan birga ayrim tekstlar xitoycha belgilar bilan xitoy tilida ham yozilgan edi. Bu hol yodgorliklarning «siri»ni topishga xiyla yordam berdi.
1980 yilda Fin-ugor ilmiy jamiyati O`rxo`n daryosiga arxeologik ekspedisiya uyushtirdi. 1981 yilda esa Rossiya Fanlar akademiyasi V.V.Radlov boshchiligida O`rxo`nga katta ekspedisiya yubordi. 1982 yilda bu ikki ekspedisiyaning ish natijalari ikkita atlas holida nashr qilindi. Atlaslarda noma’lum yozuv yodgorliklarining surati, ular topilgan joylarning plani, xaritasi va boshqalar ko`rsatildi.
YOdgorliklarni birinchi bo`lib Daniya olimi Vilgelm Tomsen o`qishga muvaffaq bo`ldi. U bu yodgorliklarni o`qishda turli alfavitlarga tayanmadi, aksincha, dstavval harflarning o`zaro nisbati va o`xshashliklarini aniqlashga kirishdi. U bu yodgorliklarda bir- biriga monand harflar turkumi va bir- biriga monand bo`lmagan harflar turkumi borligini aniqladit, bu ikkala turkumdagi harflar oldingi va keyingi qator harflari bo`lsa kerak , bu xususiyat esa turkiy tillarga xos degan taxminga keldi. Uning taxmini to`g`ri chiqdi. U dastlab «tangi», «turk» degan so`zlarni o`qib olishga erishdi va 1893 yilning 25 noyabrida deyarli barcha harflarni aniqlab, yodgorliklarning «siri» ni ochdi. Bu orada akademik Radlov ham 15 ga yaqin harflarni aniqlab olgan edi. V.V. Radlov V. Tomsenning va o`zining O`rxo`n daryosi atrofida topilgan katta yodgorliklar tekstini birinchi bo`lib tarjima qildi.
N.M. Yadrinsev topgan yodgorliklar turk hoqoni Bilka- Qoon- Mog`ilyon (734 yilda vafot etgan) va uning ukasi Kul- Tagin (732 yilda vafot etgan) qabr toshlariga o`yib yozilgan yodgorliklar ekan. Shu vaqtdan boshlab Enisey va g`o`rxo`n daryolari atrofidagi yodgorliklar «O`rxo`n- Enisey yodgorliklari» deb atala boshladi.
Shu bilan birga, yodgorliklar yozuvi turkiy- run yozuvi deb ham yuritiladi. Chunki olimlar qadimgi german, got, fin yozuvi va boshqa yozuvlarni topganda, ularni run yozuvi («yashirin», «sirli» yozuv) deb nomlagan edilar. Endi bu termin O`rxo`n- Enisey yozuviga nisbatan ham qo`llanila boshladi.
Keyinchalik O`rxo`n-Enisey yozuvining yangi-yangi yodgorliklari topildi, o`rganildi va aniqlandi. N.M. Yadrinsev 1891 yilda Ongin daryosi atrofida yangi yodgorliklar topdi. Aka-uka Klemenslar Selenga daryosi atrofida turk hoqonlarining maslahatchisi To`nyukukka atab yozilgan katta yodgorlikni kashf qildilar. 1896-1897 yillarda Avliyo-ota (hozirgi Jambul) shahri yaqinida, Talas daryosi bo`yida V-VI asrlarga doir beshta tosh yodgorliklari va boshqa yana ko`p yodgorliklar, jumladan, qog`oz, charm, yog`och va turli idish-tovoqlarga yozilgan yodgorliklar topildi.
O`rxo`n-Enisey yodgorliklarini tekshirish va o`rganishda V.Tomsen V.V.Radlov, P.M.Meliornanskiy, A.Geykel va Yu.Nemet kabi rus va chet el olimlari hamda sovet olimi S.E.Malovning xizmatlari benihoya kattadir.

Kul-Tag`in va Bilka-Qoon yodgorliklari


VI asr o`rtalarida Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabila va xalqlar birlashib, turk hoqonligi deb atalgan davlat vujudga keldi. Biroq bu davlat markazlashgan davlat bo`lmay, balki o`nta turk qabilasining federasiyasi edi. Turk xoqonligidagi qabila va xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoning turli bosqichida yashar edilar. Dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi o`troq aholi bilan birga chorvachi ko`chmanchilar ham juda ko`p edi; o`troq aholi patriarxal-feodal bosqichida yashasa, ko`chmanchi aholi, asosan, patriarxal-jamoa tuzumi bosqichida bo`lib, ularning jamoasi sinfiy ziddiyatlarning chuqurlashuvi va tobelarning ko`payishi bilan asta-sekin feodallashib bormoqda edi. Davlat boshida «xoqon» va zodagonlarning kengashi «qurultoy» turar edi. Qabila boshliqlari «bek», yirik amaldorlar «tagin», «shodi» va boshqa nomlar bilan, aholi «budun» yoki «qora budun nomi bilan yuritilar edi. Turk hoqonligi Xitoy, Vizantiya va boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarida bo`lgan. Davlat territoriyasida yagona hokim din bo`lmay, osmon kulüti, zardushtiylik, shamanizm va boshqa dinlar hamda ularning sinkretik formasi tarqalgan edi.


Xitoy yilnomasi «Tan-shu»da turklarning kumish marosimi bunday ta’riflanadi: murda boyliklari, jangda mingan oti bilan birga kuydiriladi, xoki dafn qilinib, marhum qancha dushmanni o`ldirgan bo`lsa, uning qabriga shuncha tosh qo`yiladi va marhumning surati ishlanadi, uning qilgan ishlari o`yib yoziladi.
O`rxo`n-Enisey yodgorliklarining ko`pi mana shunday qabr toshi yodgorliklaridir. Bulardan Mog`ilyon va, xususan, Kul-Tag0innnig qabr toshlari juda muhimdir.
Shundan so`ng Bilka-Qoon o`zining davlat chegaralarini, qo`shni xalqlar bilan bo`lgan do`stoni munosabatda hamda olib borgan urush-yurishlari va boshqalarni hikoya qiladi. U o`zini «Yo`qsul xalqni boyitgan», «Oz sonli xalqni ko`paytirgan» «adolatli hukmron» sifatida tasvirlaydi.
joq cho` qay buduvo`q kop kabartdo`m (yoki kobratdo`m) cho`qan buduno`q
bal qo`lto`m az buduno`q o`ko`sh qo`lto`m . Azu bu sabo`mda irid barqu ?
Mazmuni:
Men halok bo`lgan, qashshoq xalqni butunlay (oyoqqa) turg`izdim (yig`dim), qashshoq xalqni boy qildim, oz sonli xalqni ko`p sonli xalqqa aylantirdim. Mening so`zlarimning biror yolg`oni bo`lmas!..
Bilka-Qoonning balanparvoz so`zlaridan keyin turk xoqonligi tarixi, urush-yurishlar hikoya qilinadi. Bilka Qoon davridagi voqealar bayonida Kul-Taginning faoliyatiga ko`proq o`rin beriladi. Uning davlatni kengaytirish va mustahkamlashdagi , urush-yurishlardagi xizmatlari tasvirlanadi, qahramonona janglardan epizodlar hikoya qilinadi. Tekst QulqTaginning o`lkalardan ta’ziya uchun choparlar keladi, qo`y yili - (732) 9-qoyning 27 kuni dafn etish marosimi o`tkaziladi. Bilka-Qoonning tilidan aytilgan so`zlarda Qul-Tagindan judolik qayg`usi marsiyaga xos uslubda bayon etiladi, turli badiiy til vositalari qo`llaniladi:

Ko`l tigin yo`q arsar, kop oltachi artigiz! Inim Ko`l tigin kargak bolti, o`zim saqintim ; korur kozim kormaz tag, bilir biligim bilmaz tag bo`ldi,o`zim saqintim. OD TANGRI yasar, kisi oqli ko`p o`lrali torumis.


Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling