O’rxun va enasoy oбиdalarи
Turk Kul tegin yodgorligida kichik yozuv
Download 232 Kb.
|
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ
Turk Kul tegin yodgorligida kichik yozuv
Tangri toq. Tangridan bo’lgan Turk bilka qog’on bu yerga o’lturdim. So’zimni tugal eshitgil. Og’ayu inimlar, o’g’lonim. Birlashgan ulusim, budunim O’ndagi shad apa beglar, So’ldagi tarqat buyruq beglar, O’tuz To’quz o’g’uz beklari, buduni Bu so’zimni yaxshilab eshit, Qattiqla tingla. Ilgari to kun chiqishgacha, O’ngda to kun o’rtasigacha, Orqada kun botishqacha, So’ldan tun o’rtasigacha. Uning ichidagi budun manga bo’ysunur Ancha budun ko’p ettim, Ul buzug’i yo’q turk qog’on O’tukan cho’lida bo’lursa elga bung yo’q Ilgari Shantung tekisligiga askar torttim, Dengizga kichik tegmadim. O’ngda «To’quz arslan»ga askar torttim, Tuputga kichik tegmadim. Orqaga Inju daryosin kecha, Temur qopug’qa askar tortdim So’lda Yer Biyirqu yerina askar torttim. Buncha yerga askar yurittim. O’tukan yerida yaxshi boshliq yo’q ermish. El tutsak O’tukan yeri soz ermish. Bu yerda o’lturub, Tabg’ach buddi birla tuz tottim. Oltin, kumush, g’alla, ipak Qayg’ulanmay ancha berur. Tabg’ach budun so’zi chuchuk, Og’izi yumshoq ermish. Suchuk so’zi, yumshoq qiliq (la)avrab, Yiroq budunni ancha yaqinlatar ermish. Yaqinida qo’ngandan so’ng, ular Yomon bilik unda o’rganar ermish Ezgu, bilka kishini, Ezgu, alp kishini yurutmas ermish. Bir kishi yanglishsa, barcha budunni Eng yaqinlarigacha quvmas ermish. Suchuk so’ziga, yumshoq qilig’iga aldanib Ko’p, turk buduni, o’lding. Turk buduni bir bo’laging O’ngdagi Chig’ay yushi emas. Tyun tekisligiga qo’nayin, dedi, Turk, budun, bir bo’laging. Unda yomon kishi boshqaruv ermish, (u) Yiroq esang yomonroq sovg’a berur, Yaqin esang yaxshi sovg’a berur, deb, Ancha boshqarur ermish. Bilik bilmas kishi u sabaqni olib, Yaqin borib, ko’p kishi, o’lding U yerga borsang, Turk budun, o’lajaksan! O’tukan yering bo’lsa, Karvon jo’natib tursang Qayg’u, munging bo’lmas, O’tukan yushin bo’lsa, Mangu yo’l tuta yashajaksan! Turk budun, to’qmi, ochmisan, Ochlikda, to’qlikda emassan Bir to’ysang och bo’lmaysan. Shundayliging uchun eshitmading, Qog’oningning so’zin olmading. Yer sari bording Unda ko’p urunding, ariqlading, Unda qolg’anlar yer sari Ko’p turub, o’lib yururlar Tangri yarlaqadigi uchun, O’zim (ning) qutim bor uchun, Qog’on bo’ldim. Qog’on bo’lib yo’q, jig’ay budunni Ko’p, ko’paytdim. Jig’ay budunni boy qildim, Oz budunni to’kis qildim. Bu so’zimda yolg’on bormu? Turk beklari, buduni buni eshiting Turk budunini biriktirib, El tutushmoqingizni bunda urdim. Yanglishib, parchalanishingizni, Yana bunda urdim. Ne-ne so’zim esa Mangu toshga urdim. Uni ko’ra biling Endigi Turk buduni, beklar. Butka ishongan beklar, Yanglishar sizlar. Men mangu tosh tikladim. Tabg’ach qog’onidan toshg’a yozuvchi keltirib yozdirdim. Maning so’zimni buzmadi. Tabg’ach qog’oni ichra o’tkan yozuvchi. Unga atab barq (qasr yarattirdim). Download 232 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling