Orziqulova sayyoraning


Download 0.54 Mb.
bet2/3
Sana10.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1257096
1   2   3
Bog'liq
1 sinf alifbek ochiq dars p

1-bosqich. Sinf o’quvchilarini to'rtlik guruhlariga ajratish. Har bir guruh uchun harf yozilgan A3 formatidagi qog'oz va kesma bo'g'inlar berish.
2-bosqich. O'quvchilar berilgan harf bilan boshlanadigan so'zlarni bo'g'inlar yordamida hosil qilib yopishtiradilar. Bir guruh so'zni hosil qilib, 2-guruhga beradi u guruh esa 3-guruhga uzatadi. Ish shu tarzda charxpalak kabi davom ettiriladi.
3-bosqich. Taqdimot qilinadi: har bir guruh o'z tarqatmalaridagi so'zlarni o'qib beradilar va birgalikda tekshiriladi.



B harfi

B harfi
Bo-bo
Ba-liq
Bi-no
Bol-ta
Bo'-ri



2. Darslik bilan ishlash.
Darslikdagi bo'g'inlar, so'zlar va "Do'stlar" matnini "Zanjir" metodi orqali o'qitish.
2. "Hafr kassasi" va "Bo'g'inlar jadvali" bilan ishlash.
Unli va undosh harflar asosida bo'g'inlar hosil qildiriladi va o'qitiladi; kesma bo'g'inlar bilan ustunchadagi so'zlar hosil qilinadi va o'qitiladi. .C;
3. Dam olish daqiqasi.
P harflga oid "Paxta" qo'shig'i matniga mos harakatli mashq bajartirish.
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
1 . O'quvchilarni p tovushi bilan tanishtirish. (Ekranga orqa fondan to'q qizil rangdagi poyezd ovoz chiqarib kirib keladi.Yurib ketayotgan poyezd, atrof dala. Poyezd 4 ta vagondan iborat. 1-vagon oynalarining tagidagi kataklar orqasida pa, pu, pi bo'g'inlari yozilgan bo'lib, kataklarni bosganda ular pay-do boiadi. 2-vagon oynalarining tagidagi kataklar orqasida op, ep, ap bo'g'in­lari yozilgan bo'lib, har bir katakni bosganda bittadan bo'g'in paydo bo'ladi. 3-vagonning oynalarining tagidagi kataklar orqasidapil, la bo'g'inlari yozilgan bo'lib, har bir katakni bosganda bo'g'inlar paydo bo'ladi. 4-vagonning oynala­rining tagidagi kataklar orqasida ka, pa, lak bo'g'inlari yozilgan bo'lib, har bir katakni bosganda bo'g'inlar paydo bo'ladi. Ochilgan bo'g'inlardan so'z tuzila-di. Har bir bo'g'in va so'zga ovoz beriladi.)
P tovushining talaffuzi mashq qildiriladi. Suhbat yordamida p tovushining xususiyatlari aniqlashtiriladi:
-P tovushining talaffuzida lablar qanday holatda bo'lyapti? (Lablar bir-bi-riga tegyapti)
-Pastki lab bilan yuqori lab bir-biriga tegganda nima hosil bo'ladi? (To'siq)
-To'siq bor joyda nima hosil bo'ladi? (Shovqin)
-P tovushi nimadan hosil boiar ekan? (Ovoz va shovqindan)
-To'siqqa uchragan tovush qanday aytiladi? (Qisqa aytiladi)
-Shovqin va ovozdan hosil bo'lgan, to'siqqa uchragan, qisqa aytilgan to­vush unli boiadimi yoki undosh bo'ladimi?
2. P tovushi qatnashgan so'zlar zanjirini tuzdirish.
3. Bo'g'in va so'zlarning o'qilishini o'rgatish. Bo'g'in va so'zlardan anali-tik-sintetik tovush metodida p tovushini ajratib, so'zdagi o'rnini aniqlatish.
4. P undosh tovushini ifodalovchi Pp harflari bilan tanishtirish.
-Bosma bosh P harfi va kichik p harflarini (ular ko'rsatiladi) qiyoslang. Ularning farqli tomonlarini izohlang.
- P qanday tovush? P harfini o'qing. P harfi qanday tovushni ifodalashini talaffuz o'rqali tushuntiring.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling