O’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi: u bilan qanday ishlash kerak?


Download 40 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi40 Kb.
#1175412
Bog'liq
bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan qanday ishlash kerak



B


o’sh
o’zlashtiruvchi o’quvchi:
u bilan qanday ishlash kerak?
T

a’lim sifatini ta’minlovchi asosiy ustun bu- faol o’qituvchidir. O’qituvchi, eng avvalo, dars boshqaruvchisi. O’quvchining darsdan qandaydir yangilik olishi aynan uning bilimi, saviyasi va mahoratiga bog’liq. Ammo, har bir bolaning o’z iqtidori, dunyoqarashi, qiziqishi mavjud. Har bir sinfda, xoxlaymizmi-yo’qmi, o’quvchilar bir xil emas. Kimdir ona tili va adabiyotga qiziqsa, kimdir matematika, kimyo yoki horijiy tillarga ishtiyoqmand bo’lishi tabiiy. Shuningdek, ularning fanlarni o’zlashtirishi ham har xil bo’ladi. Birovi qaysidir fanni yaxshi, birovi o’rta va yaa boshqasi esa sekin o’zlashtiradi. Shu nuqtai nazardan yondashilsa, menimcha, bugungi kun o’quvchilarini uch toifaga ajratish mumkin.


Birinchi toifadagi o’quvchilar tabiatan tirishqoq va ijodkor bo’lib, ular o’quv jarayonidan ma’naviy quvvat oladi. Mustaqil ishlashga intilib, turli tadbirlarda ishtirok etadi. Maktabning faxri xisoblangan bu o’quvchilar ko’proq oz o’rinlarini fan soxasidan topadilar.
Ikkinchi guruh ko’pchilikni (taxminan 45-50 foiz )tashkil qiluvchi iqtidorli o’quvchilar bo’lib, ularning o’qishga bo’lgan ishtiyoqi birinchi guruh o’quvchilariga nisbatan pastroq bo’lsada,mustaqil o’rganishga bo’lgan qobiliyati ustun , o’z ustida ishlay oladi, kamtarin, odobli, xulqi va intizomi yaxshi , jamoat ishlarida qatnashadi.
Uchinchi toifadagilar ozchilikni (taxminan20-25 foizni )
Tashkilqiladigan beozor o’quvchilardir. Ushbu o’quvchilar faoliyatida yuzaga keladigan ijobiy yoki salbiy o’zgarishlar asosan o’quvchining o’quv-metodik saviyasiga,kasb mahoratiga va o’z ishiga bo’lgan mas’uliyatiga bogliq.Uchinchi toifaga kiruvchi o’quvchilar ham darslarga to’liq qatnashadi, no’noq va yalqoq ham emaslar,ammo ijobiy bahoga kamdan-kam da’vogar bo’lib, o’z imkoniyatlaridan to’liq foydalanishga u qadar harakat qilishmaydi
Endi o’quv jarayoniga nazar tashlaylik. Yuqoridagi shartli ravishda ajratilgan uch toifadagi o’quvchilarning bir sinfda bir xil o’quv-reja va dastur asosida, o’rtacha talabga moslab o’qitilishi birinchi va ikkinchi toifadagi o’quvchilarning intellectual salohiyatidan kelib chiqadigan imkoniyatlarini cheklab qo’yish ehtimoli yo’q emas. Bu holatdan chiqish yo’llaridan biri o’qitishni individuallashtirishdir. Ayniqsa, uchinchi toifadagi o’quvchilarga mustaqil ishlashni ko’proq rejalashtirib, ularni o’z ustida ishlashga o’rgatish kerak.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshlang’ich sinfdan yuqori sinfga qabul qilingan o’quvchiga dars beradigan o’qituvchilarga juda katta ma’suliyat yuklangan bo’ladi. Chunki boshlang’ich sinf o’quvchilari bir o’qituvchining qo’lida ta’lim-tarbiya olgan bo’ladi. 5-sinfda esa ularga turli fan o’qituvchilari dars beradi. Shuningdek, o’tilayotgan mavzular ham murakkablasha boradi. Shu sababli ham 5-sinfga qabul qilingan o’quvchilarning ayrimlarida dastavval bilimida biroz bo’shliqlar paydo bo’lishi mumkin. Fan o’qituvchilari bir-ikki dars jarayonining o’zidayoq bo’sh o’zlashtiruvchilarni aniqlab, chora-tadbirlar belgilashlari kerak. Buning uchun esa barcha fan o’qituvchilari doimiy xamkorlikda va uzviy bog’lanishda ishlashlari darkor. Shundagina ta’limda ham, tarbiyada ham sifat o’zgarishlari yuz berishi kutiladi.
Bundan tashqari, o’quvchi bo’sh o’zlashtirishining sub’yektiv sabablari ham mavjud. Masalan, oilaviy sharoiti, fanga bo’lgan qiziqishi yoki tarbiyasi ahloqi kabi ma’lumotlarning aniqligi o’qituvchi va o’quvchi muloqotining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Shu bois o’qituvchi dastlab o’quvchining o’zlashtirolmasligi sababini izlashi, aniqlashi va shu asosida u bilan shug’ullanishi lozim.
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar dars jarayonida aniqlanadi. Ularning ro’yxatini tuzib, yakka tartibda ishlanadi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashda samaradorlikkka erishish uchun, avvalo, pedagogic maqsad aniq bo’lishi lozim.
Pedagogic maqsad quyidagicha bo’lishi mumkin:

  1. O’quvchilarning ruhiy holatlariga e’tibor bergan holda darsni tashkil etish;

  2. Dars jarayonida ilg’or pedagoglarning ish uslubidan o’z o’rnida foydalanish;

  3. Har bir darsni fanlararo bog’lanishida o’tish va uzviyligini ta’minlash;

  4. O’quvchilarning bilimlari darajasini DTS talablaridan ham yuqori natijalarga ko’tarish uchun qo’shimcha adabiyotlardan, videofilmlardan, radioeshittirishlardan, kompyuter texnikasidan, internet va electron darsliklardan unumli foydalanishga erishish;

  5. Ilmiylikka e’tibor qaratish. Shuningdek, mashg’uloda o’quvchilarni erkin qo’yish, bolalarning xarakteriga, qiziqishlariga qarab, ular bilan do’stlashgan, ularni tushungan holda mashg’ulotlar olib borish, eng muhimi, ilmiy yangilik berish, bolalar qiziqishini yanada oshirish.

O’quvchilarning bo’sh o’zlashtirishiga sabab bo’ladigan yana bir holat ko’p dars qoldirishdir. Tabiiyki, darsda qatnasha olmagan o’quvchilarning barchasi ham mavzuni mustaqil holda o’rgana olish qobiliyatiga ega emas. Nazarimda, har oyda “Eng namunali sinf davomati” tanlovi o’tkazilib turilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Murabbiylar tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, o’quvchining fanlarni puhta o’zlashtirishi uning o’ziga bo’lgan ishonchiga ham bog’liq. Ta’lim jarayonida dastlab past o’zlashtiruvchi o’quvchilarning keyinchalik o’zida ishonch xissini tarbiyalab, a’lochilar safidan o’rin olayotganlar ham ko’pchilikni tashkil etadi.
Xulosa sifatida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlash uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligi bo’yicha o’z tajribam asosida ayrim tavsiyalarni aytib o’tmoqchiman:
-bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchining qobiliyati, xarakteri, qiziqishlari, psixologiyasi va yashahsh sharoitini o’rganish;
-o’zlashtira olmayotganligi sababini (aqliy qobiliyati, mehnatga layoqati, salomatligi, ota-onalar nazorati singarini) aniqlash;
-o’quvchiga to’g’ri ta’sir qilish uslubini ishlab chiqish, darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil qilish;
-oddiydan murakkab tomonga o’sib boruvchi materiallar berib dars davomida diqqat markazda ushlab turish;
-a’lochilarni past o’zlashtirayotgan tengdoshlaribilan ishlashga jalb etish. Savol so’rash vaqtida yaxshi munosabatda bo’lish, javob berishida shoshiltirmaslik, baho bilan rag’batlantirish, yangi mavzuni tushuntirishda mohiyatini ochib beradigan ko’rgazmali qurollardan foydalanish, umumlashtirish va xulosa chiqarishda ularni jalb qilish, uyga vazifa berganda samaraliroq mashqlar tizimini tanlash, bajarish tartibini batafsil tushuntirish.
Chorak davomida qaysi mavzularni o’zlashtirish qiyin kechayotganligini aniqlash, zaruriy chora-tadbirlarni o’z vaqtida qo’llash. Shuningdek, har bir oyning ma’lum bir fan yo’nalishiga bag’ishlanib qo’shimcha mashg’ulotlarning tashkil qilinishi natijasida o’quvchilar navbat bilan har bir fandan bilimlarini mustahkamlab boradilar. Eng muhimi, o’qituvchi o’z o’quvchisini qiziqtira olsa, u qanday bo’lmasin ustozining vaqtini topib, maslahat va yo’l-yo’riqlar olish harakatida bo’ladi. Dars mashg’ulotlarining fanlararo bog’liqligini ta’minlash ham bu borada yaxshi samara beradi. Bir so’z bilan aytganda, bola e’tiborni qadrlaydi. Shu nuqtai nazardan, hukumatimiz tomonidan farzandlarimizni barkamol etib voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishlarini ta’minlash. Biroq xali bajarilishi kerak bo’lgan ishlar yetarli, ularni tez fursatlarda hal etish esa bugunki kun o’qituvchisining eng dolzarb vazifasi ekanligini hech birimiz, bir daqiqa bo’lsada, yoddan chiqarmasligimiz zarur.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling