11
|
Oksidlanish – qaytarilish (oksidimetriya) usullari
|
Oksidlanish-qaytarilish (oksidimetriya) usullari xaqida umumiy tushuncha. Oksidlovchi va qaytaruvchilarning ekvivalent massasini aniqlash. Oksidimetriya usullari, permangonometriya usuli, yodometriya usuli, bromatometriya usuli, nitrotometriya usullarini moxiyati xaqida qisqa ma’lumot. Indikatorlar tanlash. Ishchi eritmalar tayyorlashda qo‘yiladigan talablar. Titrlash natijalari asosida xisoblash formulalari.
Oksidimetriya metodining asosi. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlash. Oksidlovchining titrlangan eritmalari yordamida qaytaruvchilarning miqdoriy tarkibi aniqlanadi.
Oksidimetriya qator usullarga bo‘linadi: permanganometriya, yodometriya, bromatometriya, nitritometriya. permanganometriya usuli asosida kaliy permanganat eritmasini tayyorlash, uning titrini aniqlash, titrli shovul kislotasi eritmasi bilan to‘g‘rilashni, fiksonallardan eritma tayyorlash texnikasini, Mor tuzi, temir (II) sulfatning qo‘sh tuzi FeSO4 (NH4)2 SO4 . 6H2O tarkibidagi temir (II) sulfat miqdorini aniqlash. Eritmadagi vodorod peroksidning miqdorini aniqlash.
Yodometriya usuli bo‘yicha titrlangan natriy tiosulfat eritmasini, kaliy dixromat eritmasini, indikator eritmasini tayyorlash. Kaliy dixromat titrlangan eritmasi bo‘yicha natriy tiosulfat eritmasini, koeffisentini, normalligini va titrlarini aniqlash. Nazorat eritmalar tarkibidagi misning miqdorini va yod eritmasidan yod miqdorini aniqlash tartibi. Titrlash natijalari asosida xisorblashlar.
Bromotometriya usuli asoslari. Kaliy bromat ishchi eritmasini tayyorlash. Bromat-bromid usuli bo‘yicha titrlash. Streptosid miqdorining aniqlash tartibi va xisoblashlar.
Nitritometriya usuli moxiyati, natriy nitritning titrlangan eritmasini tayyorlash. Streptosid miqdorini aniqlash, indikator tanlash. Titrlash usuli va titrlash natijalarini xisoblash.
Bromatometrik va nitritometrik analiz natijalarini taqqoslash.
|
|