Oshirish instituti


O’quv dasturi umumiy talablari


Download 362.89 Kb.
bet75/190
Sana28.12.2022
Hajmi362.89 Kb.
#1015981
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   190
Bog'liq
50410501 Bank ishi

1. O’quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Buxgalteriya hisobi asoslari

Ajratilgan soat

60

O’qituvchining mashg’ulotida qatnashib o’zlashtirilishi lozim bo’lgan mavzular soni

9

Dasturning maqsadi

“Buxgalteriya hisobi asoslari” fani bank ishi sohasining kasbiy fanlari turkumiga kirib, unda buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi, ularning faoliyatida hisob ishlarining yuritilishi bo’yicha tuzilgan. Hisob turlari, buxgalteriya hisobining predmeti va metodlari, hisob elementlarini to’g’ri hisobga olish va moliyaviy hisobotlarni tuzish haqidagi mahlumotlarni o’quvchiga yetkazish fanning maqsadi hisoblanadi. Mazkur o’quv dasturida o’quvchilarga amaldagi ta’lim standartlari doirasida chuqur bilim berish, o’qitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda mashg’ulotlarni nazariy, amaliy darslar ko’rinishida tashkil etilib chuqur nazariy bilim, amaliy ko’nikmalar berish maqsad qilib qo’yilgan.

O’zlashtirish (o’qitish) natijalari

  1. Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, uning maqsadi, vazifalari, predmeti, obhekti va subhekti hamda metodlarini bilish;

  2. Buxgalteriya hisobining metodi va uning asosiy elementlarini bilish;

  3. Buxgalteriya balansi, uning tomonlari va bo’limlarini bilish;

  4. Buxgalteriya hisobida xo’jalik muomalalarini xujjatlashtirishni bilish;

  5. Asosiy xo’jalik jarayonlarini hisobga olish tamoyillari;

  6. Buxgalteriya hisobotini tuzishning nazariy asoslarini bilish;

  7. Buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning nazariy asoslarini;

  8. Buxgalteriya hisobi metodi va uning asosiy elementlarini hisobda qo’llay olish;

  9. Xo’jalik mablag’lari (aktivlar) va xo’jalik mablag’larining tashkil topish manbalari (passivlar)ni guruhlay olish;

  10. Buxgalteriya hisobining schyotlarini turkumlay olish, schyotlar yordamida xo’jalik muomalalariga pravodkalar tuzishni bilish.

  11. Buxgalteriya hisobining barcha muomalalarini dastlabki va yig’ma hujjatlarda aks ettira olish;

  12. Asosiy xo’jalik jarayonlarini hisoblarda aks ettirish;

  13. Xo’jalik mablag’lari va ularinng tashkil topish manbalarini baholash va ularni belgilangan tartibda inventarizatsiyadan o’tkazish qoidalari ;

  14. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning buxgalteriya hisoboti asoslari va ularni tuzish hamda topshirish tartiblarini bilishni mustaqil bajarish ko’nikmasiga ega bo’lish.


Download 362.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling