Oshqozon ichak-kasalliklarida bemolarning psixologik xususiyatlari Reja
Psixogen anoreksiya va shu bilan bog‘Iiq bo‘Igan boshqa simptomlar
Download 107.88 Kb.
|
Oshqozon ichak-kasalliklarida bemolarning psixologik xususiyatla-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
Psixogen anoreksiya va shu bilan bog‘Iiq bo‘Igan boshqa
simptomlar. Psixogen anoreksiya atamasi 1868 yili W. Gull tomonidan taklif qilingan. Ishtahaning kayfiyatga g'oyat bog'liqligi shubhasizdir. «Kecha ovqatni ishtaha bilan tanowul qiluvdim», «bugun kayfiyatim buzildi, hech narsa yegim kelmayapti» kabi iboralarni tez-tez eshitib turamiz. Statistik m a’lumotlarga ko‘ra, melanxoliyalar va siklotimiyalarda anoreksiya 40 foiz bemorlarda kuzatilarkan. Ishtahaning pasayishi bemorlarda ta ’m va hid bilishning buzilishi bilan kechadi («bu ovqatning umuman mazasini sezmayapman, hidi ham yomon»). Agar bemor o‘ziga yoqmagan ovqatni yesa (u sifatli bo‘lishidan qat’i nazar), ko‘ngli aynib, qusadi, hattoki ichi ketadi. M abodo ich ketishi to'xtam asa va bemorga «ovqatdan zaharlanish» yoki «dizenteriya» tashxisi qo‘yilsa, unda yuqorida qayd qilingan belgilar uzoq vaqt davom etadi. Ba’zan bem orlarda ishtahaning kuchayib ketishi (bulimiya) kuzatiladi. Somatik depressiyaga uchragan bem orlar ba’zan shu darajada ovqatni ko‘p iste’mol qilishadiki, ularshunda ham to ‘yishmaydi. Bir o‘tirishda bir buxanka non, bir lagan osh va uch choynak choy ichib to'ymagan bemorning guvohi bo'lganmiz. U «oshqozonim cho‘zilib ketgan bo‘lsa kerak» deb, terapevt va jarrohlarga maslahatga boradi, paraklinik va laboratortekshirishlardan o'tadi. Bemorda organik kasallik aniqlanmaydi va u psixonevrologga maslahatga yuboriladi. Bemordagi bu holat kuchli oilaviy mojarodan keyin kelib chiqqan (umr yo‘ldoshi unga xiyonat qilgan). Ba’zi hollarda psixogen simptomlar bilan tashqi salbiy ta’sir orasida mantiqiy bog‘lanishni kuzatish mumkin. Masalan, bemorning rafiqasini o‘zi bilan birga choyxonadagi ulfatdoshi «yoMdan» urgan. Bulimiya va polifagiya (ko‘p suyuqlik ichish) mexanizmini to‘yish hissining yo'qolishi bilan tushuntirish mumkin.Bu markazlar gipotalamusda joylashgan bo'lib, u yerdagi maxsus neyronlar «oshqozon ovqatga toMganligi» to‘g‘risidagi ma’lumotni olmaguncha bemor o‘zini to'ygandek his qilmaydi. Ipoxondriya va depressiv sindromlarda aynan mana shu murakkab mexanizm buziladi. Qanday qilib biz och bo‘]ganligimizni sezamiz? Organizmdagi ovqat resurslari kamayganda, dastlab qonda qand miqdori kamayadi va darrov bu haqdagi signal gipotalamusdajoylashgan maxsus retseptorlargaborib tushadi. Bosh miya buning asosida «ovqatlanish kerak» degan qarorni qabul qiladi. Xo‘sh, bu topshiriq bajarilmasa, nimabo'ladi? Gipotalamus yadrolari och qolganligimiz to‘g‘risidagi signallarni ma’lum vaqtgacha qabul qiladi (masalan yarim soat, bir soat). Undan keyin miya «organizmni asrash to‘g‘risida qaror qabul qiladi», ya’ni birinchi bo'lib jigar va mushaklarda to‘planib yotgan glikogen parchalanib glukoza, suv va energiyaga aylanadi. Glukoza esa qonga tushib, ochlik hissini kamaytiradi yoki yo‘qotadi. Shuning uchun ham biroz kutsak, ochlik hissi o‘tib ketadi. Nevrozga chalingan bemorlarning aksariyati shirinlikka (ayniqsa shokoladga, chunki uning tarkibida asabni tetiklashtiruvchi moddalar ko‘p bo‘ladi), muzqaymoqqa va shirin ta’mli ichimliklar (fanta va sprayt)ga o‘ch bo‘lishadi. Tarkibida uglevodi bor oziq-ovqatlar ochlikni tez qondiradi, shuning uchun ham ba’zi bemorlar (sog‘ odamlar ham), odatda ovqatlangandan keyin shirinlik iste’mol qilishadi. Vaqtida tartib bilan ovqatlanish nafaqat oshqozon-ichak kasalliklarining, balki asab buzilishlarining ham oldini oladi. Ipoxondrik nevrozlarda tez-tez uchrab turadigan yana bir belgi — bu ko‘ngil aynish va qusishdir. Hissiy qo‘zg‘aluvchan bemorlarda bu simptomlarni keltirib chiqarish juda osondir. Juda ko‘p hollarda ko‘ngil aynish, qusish va jig‘ildon qaynashi birgalikda uchraydi. Atrofdagi hamma narsalar: oziq-ovqatlar, iflos kiyim kiygan odamlar, chang va iflos ko‘chalar ham bunday bemorlarda ko‘ngil aynish va qusishga sababchi bo‘ladi. Bunday bemorlarni ko'pchilik «injiq» odam deb ham atashadi. Hozirgi gipodinamiyavahissiy zo‘riqish asrida bemorlarda bu shikoyatlarning ko‘payganligi «yalqov oshqozon sindromi» atamasini taklif qilishgacha olib keldi va televideniyeda bunga qarshi dorilar ham reklama qilina boshlandi. Psixogen ko‘ngil aynish ovqat bilan bog'liq bo‘lmasligi, qusgandan keyin qolmasligi, og'izda doimo achchiq ta’m bo'lishi va yegan ovqatning oshqozonga tushmay tomog‘ida tiqilib turishi bilan tavsiflanadi. Parhyez, odatda, yordam bermaydi. Psixosomatik buzilishlarning yana bir turi qabziyatdir. Gastroenterologlarning fikriga ko‘ra, qabziyatdan shikoyat qiluvchi bemorlarning 56 foizida ichak kasalliklari topilmaydi. Bunday bemorlar psixonevrolog tomonidan tekshirilganda, ulardaipoxondriya, depressiya va isteriya belgilari topiladi. Nevrozlarga chalingan bemorlar aksariyatining haftasiga zo‘rg‘a bir marta ichi keladi. Asab buzilishlarida qabziyat sabablarini turlicha tushuntirish mumkin: Birinchidan, bu bemorlarning aksariyati passiv, kam harakatchan bo‘lishadi, sport bilan kam shug‘ullanishadi yoki um um an shug‘ullanishmaydi; Download 107.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling