Oshxona idishlarini yuvish qoidasi
Download 20.69 Kb.
|
OSHXONA IDISHLARINI YUVISH QOIDASI
OSHXONA IDISHLARINI YUVISH QOIDASI Taom pishiriladigan qozonlar ovqat tarqatib boʻlganidan soʻng ovqat qoldiqlaridan tozalanadi va harorati 40℃ dan past boʻlmagan issiq suvda idish yuvish vositalari solib yuviladi. Soʻngra quritilib yuqori qismi pastga qilib agʻdarilgan holatda panjaralarda turishi lozim. Yuvilgan toza oshxona idishlari poldan 0,5 metr balandlikda panjaralar (stelaj)da saqlanadi. Taxtakachlar va taxtadan tayyorlangan mayda oshxona anjomlari (kurakcha, aralashtirgich va boshqalar) birinchi vannada yuvish vositasi qoʻshilgan harorati 50℃ boʻlgan issiq suvda yuviladi. Keyin harorati 65℃ dan past boʻlmagan issiq suvli ikkinchi vannada chayib olinadi va quritiladi. Metalldan ishlangan anjomlar yuvilgandan soʻng qovurish shkafida qizdirilib quritiladi. Goʻsht qiymalagich ishlatilganidan keyin qismlarga ajratilib yuviladi, qaynab turgan suvda chayiladi va yaxshilab quritiladi. Yuvish va zararsizlantirish vositalari alohida shamollatiladigan, quruq xonalarda maxsus yorliq yopishtirilgan idishlarda saqlanadi. Tayyorlangan eritmalar qoraytirilgan shisha idishlarda, ogʻzi mahkamlangan holatda nam va yorugʻlikdan himoyalangan tartibda 5 kundan oshmagan muddatda saqlanadi va epidemiologik vaziyatga koʻra ishlatiladi. Idish-tovoqlarni yuvishda kir yuvish kukuni, sun’iy sintetik mato (mochalka) ishlatilmaydi. Yuvish uchun koʻpiruvchi vositalar, metall va plastmassa shyotkalardan foydalanilishi mumkin. Idish tovoqlarni yuvish uchun ishlatilgan doka yoki mato 15 daqiqa qaynatiladi yoki dez eritmada 30 daqiqa ivitiladi. Soʻngra chayilib maxsus idishda saqlanadi. IDISHLARNI YUVISH QOIDASI Iste’mol idishlari ovqat qoldiqlaridan mexanik usulda tozalanganidan soʻng yuvish vositasi solingan, harorati 45℃ dan past boʻlmagan suvda (birinchi vannada) yuviladi, soʻngra harorati 65℃ darajadan past boʻlmagan issiq suvda chayiladi (ikkinchi vanna) va maxsus panjaralarda (stellajlarda) quritiladi. Idishlarni zararsizlantirilishi (vositada ivitib qoʻyish) epidemiologik koʻrsatmalar asosida amalga oshiriladi. Idishlarni yuvish va quritishda elektr idish yuvish mashinalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Idishlar maxsus quritgichda vertikal holatda saqlanadi. Choy idishlari qaynoq suvda zararsizlantirish vositalari yordamida birinchi vannada, soʻngra oqib turgan qaynoq suvda ikkinchi vannada chayib quritiladi. Idish-tovoqlarni yuvishda kir yuvish kukuni, sun’iy sintetik mato (mochalka) ishlatilmaydi. Yuvish uchun koʻpiruvchi vositalar, metall va plastmassa shyotkalardan foydalanilishi mumkin. Idish tovoqlarni yuvish uchun ishlatilgan doka yoki mato 15 daqiqa qaynatiladi yoki dez eritmada 30 daqiqa ivitiladi. Soʻngra chayilib maxsus idishda saqlanadi. Ruxsat etilgan idish yuvish vositalaridan foydalaniladi. Download 20.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling