О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
SO`ZBOSHI.
Mazkur o`quv qo`llanma 5420100-biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr tayyorlash ta`lim dasturi asosida tuzilgan. Unda amaliy mashg`ulotlarini bajarish bo`yicha 54 soat ajratilgan. SHuning uchung ham ushbu qo`llanma 54 soatlik amaliy ishlarni bajarishga mo`ljallangan bo`lib, unda 27 ta amaliy ishlarning tavsifi berilgan. Bu ishlar oqsillar, aminokislotalar, uglevodlar, fermentlar, lipidlar, nuklein kislotalar, vitaminlar, gormonlarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash, ajratib olish, tozalash va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o`rganishga, shuningdek moddalar almashinuvining turli jihatlarini hamda mineral tuzlar almashinuvini o`rganishga qaratilgan. Amaliy ishlarda tekshiriladigan material sifatida asosan mahalliy materiallar tavsiya etilgan. Ushbu qo`llanmani tayyorlashda mualliflar hozirgi kunda qo`lanib kelinayotgan biokimyodan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qo`llanmalari va boshqa ilmiy metodik to`plamlarga asoslandilar. Mualliflar qo`llanmada yaxshi yoritilmagan masalalar va ayrim kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar va maslahatlar uchun hamkasblariga oldindan o`z minnatdorchiliklarini bildiradilar, keyingi ishlarda bu maslahatlarni inobatga oladilar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling