O’simlik to’qimalaridan dnk ni ajratib olish
) Standart fenol-xloroform va kommertsiyali reagent to’plamlari yordamida umurtqasizlar namunasidan genom DNKsini ajratish
Download 359,69 Kb.
|
DNKsini ajratish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) Fenol – xloroformli uslubi (FX- uslub).
2) Standart fenol-xloroform va kommertsiyali reagent to’plamlari yordamida umurtqasizlar namunasidan genom DNKsini ajratish.
DNK va RNK ajratishni ta’minlashda bir qator prioritet talablarni ajratish mumkin: – biologik materialni lizisi; – selektiv ekstraktsiya (sorbtsiya); – katta xajmda to’plash; – PZR susaytiruvchi komponentlardan ajratish; – DNK va RNK ajratish; – yuqori foizda chiqishi; – kalibrovka mumkinligi va ijobiy nazorat; – kontaminatsiyaning yo’qligi; – kam vaqt sarflanishi; – avtomatizatsiyaning mumkinligi. Eukariot organizmlardan nuklein kislotalarni ajratish va fraktsiyalashda traditsion va kommersion tayyor reagent-to’plam usullari (naborda ishning bajarilishi keltirilgan) foydalaniladi. Masalan, genom DNKsi hayvonlarning o’pka va oshqozon-ichak tizimida endoparazitlik qilib yashovchi nematodalar to’qimalaridan ajratiladi. Oldindan 96%li etil spirtga solingan nematodalar soat oynasida distillangan suv bilan yaxshilab yuviladi va har birini alohida 100 mkl lizis bufferi solingan eppendorf probirkasiga solinadi. Yirik nematodalardan (diktiokaullar, gemonxlar, parabronemalar) DNKsini ajratishda, ularning bosh qismi ishlatilgani ma’qul (tanani bosh qismidan qizilo’ngach tugagan joyigacha) va bu binokulyar lupasi ostida, ko’z skalpeli yoki britvani lezviyasi yordamida kesib olinadi (erkak nematodalarning dum tomoni esa morfologik taxlili uchun qoldiriladi) (1-rasm). 5. 1- rasm. DNK ajratish uchun nematod tanasidan preparat tayorlash. 3) Fenol – xloroformli uslubi (FX- uslub). Bu – nuklein kislotalarni ajratishning klassik uslubidir. Bu uslub proteinaza K ishtirokida detergentlar tomonidan biologik materiallarning parchalanishi hamda fenol va xloroform yordamida nuklein kislotalarni ajratib olishni o’z ichiga oladi (2-rasm). Buning afzalligi shundaki, Diatom DNA Prep (Rossiya) va Dneasy Tissue Kit (Germaniya) reagentlar to’plamiga qaraganda bu uslub bilan anchagina ko’p miqdorda DNK ajratib olinadi. Uslubning kamchiliklariga esa uning davomiyligi, mashaqqatliligi, agressiv organik erituvchilarning ishlatilishi va DNKni oqsildan ham, RNKdan ham etarli darajada tozalamasligini kiritish mumkin. 5.2-rasm. DNK esktratsiyasi uchun Fenol-Xloroform reagenti. Nematoda to’qimalaridan nuklein kislotalarni FX – ektraktsiya qilish usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
Olingan DNK preparatlarini kontsentratsiyasi spektrofotometrda aniqlanadi. Ajratilgan DNK kontsentratsiyasi 2,0 – 2,3 mkgG’mkl tashkil qiladi. Download 359,69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling