O’simlik xarakatlari, o’simliklarni rivojlanish bosqichlari
Download 291.5 Kb.
|
O’simlik xarakatlari, o’simliklarni rivojlanish bosqichlari
Natijada poyaning yoritilgan tomonidagi xujayralarning o’sishidan yoritilmagan tomonidagi xujayralarning o’sishi jadalroq bo’ladi va egiladi. Yorug’lik spektrining hamma nurlari ham bir xil fototropik ta’sir qilavermaydi. Uning qizil nurlari eng oz ta’sir etadi va qisqa to’lqinli nurlar tomoniga ortib boradi. Spektrning ko’k rangli (465nm) qismida eng yuqori fototropik sezgirlik bo’ladi, keyin spektrning ko’k binafsha rangli qismida pasaya boshlaydi. O’simliklarda kimyoviy moddalarning ta’siri natijasida sodir bo’ladigan harakat xemotropizm deyiladi.
Bu hodisa organizmlarga o’zlarining ildiz, gif va so’rg’ichlarini oziqa manbaiga yo’naltirishga yordam beradi. Xemotropizm musbat va manfiy bo’lishi mumkin. Musbat xemotropizm asosan turli oziqa moddalari ta’sirida vujudga keladi. Chunki ildizlar ular tomonga o’sdi. Manfiy xemotropizm kislotalar, ishqorlar va boshqa xar xil zaxarli moddalar ta’sirida vujudga keladi. Bu xususiyatlar ildizlar uchun katta axamiyatga ega. Xemotropizm tufayli ildizlar tuproqdagi organik va anorganik o’g’itlarga tomon o’sadi va ulardan yaxshi foydalanadi. Ildizlar noqulat kimyoviy tarkibga ega bo’lgan tuproq qatlamidan qochadi.
Download 291.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling