O’simlik yog’larini qabul qilishda fizik-kimyoviy nazoratlarni olib borishni


Download 31 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi31 Kb.
#147949
Bog'liq
Kirish


Kirish

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganiga qisqa vaqt bo`lganiga qaramay ko`plab ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda qayta qurish jarayonida xalqimizning ma’naviy hamda madaniy faravonligini oshirish ,ularni yuqori sifatli, arzon va qulay o’simlik yog’lari mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini to’la-to’kis qondirish maqsadida ulkan rejalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan . Yog’-moy sanoati O’zbekiston oziq-ovqat sanoatida yetakchi o’rin egallaydi. Mamlakatimiz agrosanoat kompleksida integratsiya jarayonlarini takomillashtirish va chuqurlashtirishga ijobiy ta’sir ko’rsatayotgan ushbu tarmoq mahsulot sifatini oshirish va turlarini kengaytirish, xomashyodan to’liq hamda samarali foydalanish,aholi ehtiyoji va bandligini moy sanoatining asosiy vazifasi xalq xo’jaligiga ekologik toza, raqobatbardosh, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifalarni bajarishda bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol, milliy qadriyat va an’analarga sodiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash katta ahamiyatga ega .

O’simlik yog’larini qabul qilishda fizik-kimyoviy nazoratlarni olib borishni

va ularni sifat ko’rsatkichlarini tahlil qilish, bunda o’simlik yog’i (paxta yog’i)

tarkibida oz miqdorda bo‘lsada, moyning xossalariga ta’sir etadigan fosfatidlar,

sterinlar, tokoferollar moyning fizologik qiymatini oshirsada, erkin yog‘ kislotalari,

gossipol va uning birikmalari moy sifatini pasaytiradi va buni aniqlash usullari

izlab topish uning sifatini oshirish ya’ni erkin yog’ kislotalar sonini kamaytirish

bugunning dolzarb muammolaridan biri deb xissoblasak mubolag’a bo’lmaydi [4].

Dastlab Yog’li o’simliklarni madaniylashtirish va ulardan yog’ olish

odamzot jamiyatining qadim davrilarga to’g’ri keladi. Bu davrda tabiat yetishtirib

berayotgan hayvonat olami va o’simlik dunyosi odamlarini istemol ta’minotini

qoniqtira olmay qoldi. Bunday xol odam va tabiat o’rtasidagi o’zaro ziddiyatlarni

kuchaytirib yuboradi. Ziddiyatlarni hal qilish ishlab chiqarish xo’jaliklarini paydo

bo’lishida katta iqtisodiy burilish yasalishiga sabab bo’ldi. Jamoalar oziq-ovqat

mahsulotlari ishlab chiqarish mahsadida yog’li ekinlarni ham o’zlashtira

boshlashdi. Misr piramidalari va mozorlarini qazish paytlarida sopol idishlarda

yog’li mahsulotlar, xususan palma yog’lari va ularning parchalinish mahsuli

palmitin kislotasi topilgan.

Yog‘-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoklaridan

biri. O‘zbekistonda qadimdan o‘simlik yog‘i, kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i,

paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan juvozlarda olingan. O‘zbekistonda paxta

chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884 yili Qo‘qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta

kichiq yog‘ zavodida 57 ming t. paxta moyi ishlab chiqarilgan. Respublikada yillik

quvvati 3 mln. t. moyli o‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan 22 ta korxona ishlab

turibdi. Sanoatning bu tarmog‘ida paxta, soya moylari, meva danaklari hamda

sabzavot urug‘laridan olinib, atir-upa, farmatsevtika va ozik-ovkat sanoati

tarmoqlarida ishlatiladigan yog‘lar, margarin mahsulotlari, mayonez, kirsovun,



atirsovun, texnika maqsadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab

chiqariladi.
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling