PALEOEKOLOGIYA (paleo… va ekologiya) — paleontologiya fanining boʻlimi. Koʻhna geologik davrlarda yashagan hayvonot va oʻsimliklarning oʻsha vaqt muhiti bilan oʻzaro munosabatini, qirilib ketgan jonzotlarning hayoti va yashash sharoitlarini oʻrganadi. Paleoekologiya choʻkindi yotqiziqlarini fatsial taxlil qilishda muhim hisoblanib, ularning litologik tarkibi bilan uzviy bogʻliqdir. Paleoekologiyaning rivojlanishiga rus olimi, paleontolog V. O. Kovalevskiy, belgiyalik olim L. Dollo va avstriyalik O. Abel katta hissa qoʻshgan. Kdd. organizmlar yashash sharoitini oʻrganishda, asosan, ularning skelet qoldiklarini oʻrganish (morfofunksional analiz) usuli qoʻllaniladi. Qad. hayvonlar yashagan sharoitlarini oʻrganib, Paleoekologiya paleontologiya hamda geol. uchun baʼzi foydali qazilmalar paydo boʻlishi sharoitlarini aniqlash va oʻxshash sharoitlarda hosil boʻlgan turli foydali kazilmalar konini basho-rat etishda qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |