O’simliklar seleksiyasi. Urug’chilik


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
Sana24.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1686949
Bog'liq
4-taqdimot



O’simliklar seleksiyasi. Urug’chilik. 
Qishloq xo‘jaligi ekin navlarining hosildorligi va samarasi yuqori sifatli
sara urug‘ bilan ekilgandagina to‘liq namoyon bo‘ladi. Shunday urug‘larni 
tayyorlash va eng yaxshi navlarni 
ishlab chiqarishga joriy qilish 
bilan 
urug‘chilik 
sohasi 
shug‘ullanadi. Seleksiya kabi 
urug‘chilikning ham nazariy asosi 
genetika bo‘lib, undagi irsiyat va 
o‘zgaruvchanlik 
qonuniyatlari 
urug‘chilik ishlarining zaminini 
tashkil qiladi. 


Urug‘chilik - qishloq xo‘jaligining maxsus tarmog‘i bo‘lib, uning 
maqsadi navdorligi, biologik va hosildorlik sifatlari saqlangan holdagi nav 
umg‘ligini kerakli miqdorda ommaviy ko‘paytirishdan iborat. Urug‘chilik 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita vazifani bajaradi. Ulardan birinchisi - ishlab 
chiqarishga joriy qilinayotgan 
yangi 
navlarining 
yuqori 
sifatli 
navdor 
urug'ligini 
talabga mos 
holda 
ommaviy ko‘paytirish. Lekin 
ommaviy ko‘paytirish va 
uzoq 
vaqt 
yetishtirish 
jarayonida 
nav 
zaiflashib 
uning 
hosildorlik 
sifati 
pasayishi mumkin. Shuning 
uchun 
urug‘chilikning 
ikkinchi 
vazifasi 


tumanlashtirilgan ekin navlari urug'ligining navdorligini va hosildorlik sifatini 
saqlashdan iborat. Mazkur vazifalarga muvofiq ravishda urug‘chilik ishlarida 
ikkita asosiy bo‘lgan - nav almashish va nav yangilash jarayonlari amalga 
oshiriladi.
Nav almashish - bu 
ma’lum mintaqalar ishlab 
chiqarishidagi eski navlami 
yangi, 
rayonlashtirilgan, 
hosildorligi va mahsulot sifati 
eski navlarga nisbatan yuqori 
bo‘lgan 
navlar 
bilan 
almashtirish.
Nav almashish qishloq 
xo‘jalik 
ekinlarning 
hosildorligi 
va 
sifatini 


yuksaltirishning 
samarali 
vositasidir. 
Bu 
jarayonning 
asosiy 
shart-lari 
uni 
jadal 
sur’atlarda o‘tkazish va navlarni 
oqilona joylashtirish-dir. 
Nav yangilash - navdorligi 
va biologik sifatlari zaiflashgan 
urug‘lami mazkur navga xos 
bo‘lgan navdor va sifatli urugiar 
bilan almashtirish. 


Urug‘ navdorligi deyilganda, uning nav tozaligi va bir xilliligi tushuniladi. Nav 
tozaligi yuqori bo‘lgan urug‘larda navning barcha xususiyat va belgilari to‘liq 
irsiylanadi. Yuqori sifatli navdor urug‘lik yuqori nav tozaligi bilan bir qatorda 
yuqori darajali ekish sifatlariga ham ega bo‘lishi kerak. Masalan, har qanday 
ekin elita urug‘larining nav tozaligi 100% (boshqa nav yoki shakllar 
urug‘larining aralashmasi 0,2 foizdan oshmasligi lozim), 1000 dona urug1 vazni 
yuqori, kasallik va zararkunandalarga chalinmagan, unuvchanligi 85-95% dan 
kam bo‘lmagan va ifloslanmagan bo‘lishi lozim. Ekin hosildorligi va mahsulot 
sifati yuqori bo‘lishida yuqon sifatli urug‘likning ahamiyati o‘g‘itlash va yerga 
ishlov berish kabi muhim agrotadbirlar ahamiyatidan qolishmaydi. 


Urug‘ sifatini belgilovch 
ko‘rsatkichlardan mumkin
bo‘lgan 
farqlanish 
me’yorlari 
Davlat 
standartlarida 
belgilangan. 
Bunda 
urug'lar 
turli 
qiymatdagi sifat guruhlariga, 
ya’ni unuvchanlik bo‘yicha 
sinflarga, navdorlik sifatlari 
bo‘yicha 
kategoriyalarga 
bo‘lingan. Masalan, arpa 
urug‘lari ekish sifatlari bo‘yicha kamida quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi 
kerak: 1-sinf - tozaligi 99%, unuvchanligi 95%; 2-sinf - 98,5% va 92%; 3-sinf- 
97% va 90% muvofiq ravishda; navdorlik bo‘yicha esa: I kategoriya - nav 
tozaligi - 99,5%, II kategoriya - 98%, III kategoriya -95%. Ekish sifatlari 
bo‘yicha Davlat standard (1, 2, 3-sinflar) talablariga javob beruvchi urug‘ - 


kondision urug‘Iik deyiladi. Yana bir misol, g‘o‘za urug‘lari unuvchanlik 
ko‘rsatkichlari (kamida): 1-sinf unuvchanligi -95%, 2-sinf - 90%, 3-sinf - 85%; 
nav tozaligi bo‘yicha (kamida): elita urug‘lari - 100%, R: - 99%, R2 - 98%, R3 
- 96%. Ushbu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari Davlat standartlarida yana bir 
qator belgilar bo‘yicha talab me’yorlari belgilangan. Masalan, g‘o‘za 
urug‘ligiga unuvchanlik va navdorligi belgilaridan tashqari namligi 8-10%, 
chigitdagi tola qoldig‘i 0,4-0,8%, shikastlangan chigit miqdori 5-7% dan 
oshmasligi lozim. 
Navdor urug‘lik sifati pasayishining sabablari. Amaliyot tajribasi 
ko‘rsatadiki, uzoq vaqt ishlab chiqarishda yetishtirilgan va urug‘chilik 
me’yorlari buzilganda navlarning sifati pasayib, hosildorligi kamayadi. Bu hoi 
urug‘likning mexanik ifloslanishi bilan tashqi muhit ta’sirida ajralish va 
mutatsion o'zgarishlar natijasida sodir bo‘ladigan biologik o‘zgarishlar bilan 
belgilanadi. Nav zaiflashishining sabablari quyidagi-lardan iborat: 


a) 
Mexanik ifloslanish. Bu eng 
xavfli va asosiy sabablardan biri 
bo'lib, bunda boshqa nav (navli) 
va boshqa ekin (turli) urug‘lari 
ekish, terim, transportirovka va 
saqlash paytida aralashib ketadi.
b) Biologik ifloslanish. Bu hoi 
navlarni mufassal 
muhofaza 
qilish me’yorlari saqlanmaganda 
ekilgan nav boshqa nav va shakllar bilan changlanish natijasida vujudga 
keladi. Bu narsa chetdan changlanuvchi ekinlar uchun juda xavfli, lekin 
o‘z-o‘zini changlantiruvchi ekinlar ham ma’lum miqdorda chetdan 
changlanib, biologik ifloslanishi mumkin. Chetdan changlanish natijasida 


keyingi yil ekinlarida xo‘jalik va biologik belgilar bo‘yicha farq qiluvchi 
ko’p miqdordagi duragay o‘simliklar paydo bo‘ladi.
d) Ajralish va mutatsiyalarning paydo bo‘lishi. Duragaylashdan kelib chiqqan 
navlar ko‘paytirilganda ajralish yoki har 
qanday nav populatsiyalarida mutatsiya 
natijasida yangi shakllar paydo bo‘lishi 
mumkin. 
Buning 
hammasi 
nav 
populatsiyasida o‘xshash bo'lmagan va 
begona shakldagi o‘simliklar miqdori 
ko'payishiga olib keladi. 
e) Urug‘likka 
ekilgan 
dalalarda 
kasallik va zararkunandalarga chalingan 
o‘simliklar miqdorining asta-sekin 
ko‘payib borishi. 


Mamlakatimiz 
iqtisodiyotida 
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan 
g‘o‘za urug‘chiligi vazifalarini 
amalga oshirishda urug‘chilik 
ishlari quyidagi tizimda olib 
boriladi: 
• yangi navlar Davlat nav sinash 
tizimining gruntkontrol (o‘sim-
liklarning 
birxilliligini 
tekshirish) va 1- yil, 2- yil va 3-yil si-novlarida tekshiriladi hamda shu vaqtning 
o‘zida navni me’yoriga yetkazish va urug‘ligini ko'paytirish maqsadida maxsus 
ixtisos-lashgan dastlabki elita xo‘jaliklarida urug‘chilik ishlari olib boriladi; 
Mamlakatimizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan Davlat nav 
sinash shahobchalarida yangi navlar har tomonlama o‘rganilib, umuraqabul 
qilingan standart navlar bilan atroflicha taqqoslanadi. 
Afzalliklarini 
namoyon qilgan yangi navlar tegishli 
mintaqalarga 
tumanlashtiriladi, 


ya’ni O‘zbekiston hududida ekishga 
tavsiya 
etiladigan «Qishloq xo‘jaligi 
ekinlari reestri»ga kiritilgach, belgilangan 
mintaqalarga keng joriy etiladi. 
Tumanlashtirilgan 
g‘o‘za 
navlarining 
urug‘ligi esa, o‘z navbatida, quyidagi 
tizimda yetishtiriladi: 
• elita va birinchi reproduksiya (R,) urug‘ligi nav tuman­ lashtirilgan viloyat, 
tumanlarda mavjud bo'lgan fermer xo‘-jaliklari tarkibidagi maxsus elita 
urug‘chilik ho‘jaliklarida etish-tiriladi; 
• ikkinchi (R2) va uchinchi (R3) reproduksiyalar urug‘ligi urug‘chilik 
xo‘jaliklarida yetishtiriladi. O ‘zbekiston paxtachiligida qabul qilingan 
nav yangilashning besh yillik sxemasiga asosan to‘rtinchi (R4) reproduksiya 
urugiari ishlab chiqarishda ekilmaydi. 


G‘o‘za urug‘chiligi tizimida 
birlamchi urug‘chilik, ya’ni elita 
urug‘ligini yetishtirish ishlarining 
ahamiyati juda 
katta. Bunda 
o‘ziga xos uslub, yetishtirish va 
navlarni yangilash sxemalari ishlab 
chiqilgan. 
Seleksiyaning genetik asoslarini 
o‘rganish o‘simlik, hayvon va 
mikroorganizmlar seleksiyasining amaliy usullariga, ya’ni tanlash va 
chatishtirishlarning turli an’anaviy metodlarining ahamiyatini tushunishga ilmiy 
asos yaratib beradi; 
• genetika seleksiyada yangi formalarni yaratish sur’atlarini jadallashtiruvchi 
tubdan yangi bo‘lgan metodlarni ishlab chiqadi; 


• o‘simlik va hayvonlarda 
geterozis 
hodisasidan amaliyotda 
foydalanish 
uchun 
liniyalararo duragaylarni yaratish; 
• chetdan changlanuvchi (makkajo‘xori, jo‘xori) 
va o‘z-o‘zini changlatuvchi 
(bug'doy) 
ekinlarining liniyalararo duragay urug‘larini 
olish uchun yoi ochib bergan sitoplazmatik erkaklik 
pushtsizligi hodisasidan foydalanish; 
Seleksiya genetik metod va qonuniyatlar hamda 
olingan natija-larning amaliyotda to‘liq tatbiq 
qilinadigan maydonidir; 
• oxirgi paytlarda rivojlanayotgan gen va hujayra 
injeneriyasi, 
biotexnologiya 
yaqin 
orada 
seleksiyaning genetik asoslarini yangi kashfiyotlar 
bilan boyitish borasida bo‘lib, ulaming asosiy 


mohiyati seleksiya uchun boshlang‘ich materialni yaratish muddatlarini 
qisqartirish hamda gen va xromosomalardagi o‘zgarishlami yo‘naltirishdan 
iborat bo‘ladi;
• hayvonlaming har xil turlari orasida genlami ko‘chirish (transgenoz) ishlarida 
birinchi ijobiy natijalar mavjud; 
• o‘simliklardagi qimmatli xo‘jalik oqsillami belgilaydigan genlami turlar va 
turkumlararo 
ko‘chirishlar 
amalga 
oshirilmoqda. 
In 
vitro 
plazmidalari 
tarkibidagi genlami 
yo‘naltirilgan 
o‘zgartirish 
sohasidagi 
tadqiqotlar 
bilan 
katta 
umid 
bog‘lanmoqda. Bu 
metod 
asosidagi 
oqsilli 
injeneriya 
ishlari 
jarayonida 
o‘zgartirilishi 


mumkin bo‘lgan ma’lum genlar bilan belgilangan fermentlami kerak bo'lgan 
yo‘nalishda rivojlantirish mumkin
qimmatli 
moddalar, masalan, jenshen 
alkaloidlarini ishlab 
chiqarish 
uchun yuqori o‘simliklar hujayraviy massasini ko‘-paytirish usullari keng 
tarqalmoqda. Yuqori o‘simliklar hujayra seleksiyasi mctodlari ishlab 
chiqilmoqda. Bunda, o‘simliklar somatik hujayralardan regeneratsiya 
yordamida ko‘payganda yuqori darajadagi irsiy o‘zgaruvchanlik yuzaga keladi. 
Ushbu metodlar yaqin orada seleksiyani boyitishi shubhasizdir, Bunda doira 
yodda tutish 
kerakki, 
seleksiya, o‘simlikshunoshlik, chorvachilikdagi 
muvaffaqiyatlarning asosiy manbayi evolutsiya jarayoni mexanizmlarini 
bilishdadir. Faqat shundagina odamzod tomonidan yaratilgan yangi nav va 
zotlar ko‘p sonli tabiiy dushmanlariga bardosh bera oladilar. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling