O’simliklar seleksiyasi. Urug’chilik
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
4-taqdimot
O’simliklar seleksiyasi. Urug’chilik. Qishloq xo‘jaligi ekin navlarining hosildorligi va samarasi yuqori sifatli, sara urug‘ bilan ekilgandagina to‘liq namoyon bo‘ladi. Shunday urug‘larni tayyorlash va eng yaxshi navlarni ishlab chiqarishga joriy qilish bilan urug‘chilik sohasi shug‘ullanadi. Seleksiya kabi urug‘chilikning ham nazariy asosi genetika bo‘lib, undagi irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari urug‘chilik ishlarining zaminini tashkil qiladi. Urug‘chilik - qishloq xo‘jaligining maxsus tarmog‘i bo‘lib, uning maqsadi navdorligi, biologik va hosildorlik sifatlari saqlangan holdagi nav umg‘ligini kerakli miqdorda ommaviy ko‘paytirishdan iborat. Urug‘chilik o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita vazifani bajaradi. Ulardan birinchisi - ishlab chiqarishga joriy qilinayotgan yangi navlarining yuqori sifatli navdor urug'ligini talabga mos holda ommaviy ko‘paytirish. Lekin ommaviy ko‘paytirish va uzoq vaqt yetishtirish jarayonida nav zaiflashib uning hosildorlik sifati pasayishi mumkin. Shuning uchun urug‘chilikning ikkinchi vazifasi tumanlashtirilgan ekin navlari urug'ligining navdorligini va hosildorlik sifatini saqlashdan iborat. Mazkur vazifalarga muvofiq ravishda urug‘chilik ishlarida ikkita asosiy bo‘lgan - nav almashish va nav yangilash jarayonlari amalga oshiriladi. Nav almashish - bu ma’lum mintaqalar ishlab chiqarishidagi eski navlami yangi, rayonlashtirilgan, hosildorligi va mahsulot sifati eski navlarga nisbatan yuqori bo‘lgan navlar bilan almashtirish. Nav almashish qishloq xo‘jalik ekinlarning hosildorligi va sifatini yuksaltirishning samarali vositasidir. Bu jarayonning asosiy shart-lari uni jadal sur’atlarda o‘tkazish va navlarni oqilona joylashtirish-dir. Nav yangilash - navdorligi va biologik sifatlari zaiflashgan urug‘lami mazkur navga xos bo‘lgan navdor va sifatli urugiar bilan almashtirish. Urug‘ navdorligi deyilganda, uning nav tozaligi va bir xilliligi tushuniladi. Nav tozaligi yuqori bo‘lgan urug‘larda navning barcha xususiyat va belgilari to‘liq irsiylanadi. Yuqori sifatli navdor urug‘lik yuqori nav tozaligi bilan bir qatorda yuqori darajali ekish sifatlariga ham ega bo‘lishi kerak. Masalan, har qanday ekin elita urug‘larining nav tozaligi 100% (boshqa nav yoki shakllar urug‘larining aralashmasi 0,2 foizdan oshmasligi lozim), 1000 dona urug1 vazni yuqori, kasallik va zararkunandalarga chalinmagan, unuvchanligi 85-95% dan kam bo‘lmagan va ifloslanmagan bo‘lishi lozim. Ekin hosildorligi va mahsulot sifati yuqori bo‘lishida yuqon sifatli urug‘likning ahamiyati o‘g‘itlash va yerga ishlov berish kabi muhim agrotadbirlar ahamiyatidan qolishmaydi. Urug‘ sifatini belgilovch ko‘rsatkichlardan mumkin bo‘lgan farqlanish me’yorlari Davlat standartlarida belgilangan. Bunda urug'lar turli qiymatdagi sifat guruhlariga, ya’ni unuvchanlik bo‘yicha sinflarga, navdorlik sifatlari bo‘yicha kategoriyalarga bo‘lingan. Masalan, arpa urug‘lari ekish sifatlari bo‘yicha kamida quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak: 1-sinf - tozaligi 99%, unuvchanligi 95%; 2-sinf - 98,5% va 92%; 3-sinf- 97% va 90% muvofiq ravishda; navdorlik bo‘yicha esa: I kategoriya - nav tozaligi - 99,5%, II kategoriya - 98%, III kategoriya -95%. Ekish sifatlari bo‘yicha Davlat standard (1, 2, 3-sinflar) talablariga javob beruvchi urug‘ - kondision urug‘Iik deyiladi. Yana bir misol, g‘o‘za urug‘lari unuvchanlik ko‘rsatkichlari (kamida): 1-sinf unuvchanligi -95%, 2-sinf - 90%, 3-sinf - 85%; nav tozaligi bo‘yicha (kamida): elita urug‘lari - 100%, R: - 99%, R2 - 98%, R3 - 96%. Ushbu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari Davlat standartlarida yana bir qator belgilar bo‘yicha talab me’yorlari belgilangan. Masalan, g‘o‘za urug‘ligiga unuvchanlik va navdorligi belgilaridan tashqari namligi 8-10%, chigitdagi tola qoldig‘i 0,4-0,8%, shikastlangan chigit miqdori 5-7% dan oshmasligi lozim. Navdor urug‘lik sifati pasayishining sabablari. Amaliyot tajribasi ko‘rsatadiki, uzoq vaqt ishlab chiqarishda yetishtirilgan va urug‘chilik me’yorlari buzilganda navlarning sifati pasayib, hosildorligi kamayadi. Bu hoi urug‘likning mexanik ifloslanishi bilan tashqi muhit ta’sirida ajralish va mutatsion o'zgarishlar natijasida sodir bo‘ladigan biologik o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Nav zaiflashishining sabablari quyidagi-lardan iborat: a) Mexanik ifloslanish. Bu eng xavfli va asosiy sabablardan biri bo'lib, bunda boshqa nav (navli) va boshqa ekin (turli) urug‘lari ekish, terim, transportirovka va saqlash paytida aralashib ketadi. b) Biologik ifloslanish. Bu hoi navlarni mufassal muhofaza qilish me’yorlari saqlanmaganda ekilgan nav boshqa nav va shakllar bilan changlanish natijasida vujudga keladi. Bu narsa chetdan changlanuvchi ekinlar uchun juda xavfli, lekin o‘z-o‘zini changlantiruvchi ekinlar ham ma’lum miqdorda chetdan changlanib, biologik ifloslanishi mumkin. Chetdan changlanish natijasida keyingi yil ekinlarida xo‘jalik va biologik belgilar bo‘yicha farq qiluvchi ko’p miqdordagi duragay o‘simliklar paydo bo‘ladi. d) Ajralish va mutatsiyalarning paydo bo‘lishi. Duragaylashdan kelib chiqqan navlar ko‘paytirilganda ajralish yoki har qanday nav populatsiyalarida mutatsiya natijasida yangi shakllar paydo bo‘lishi mumkin. Buning hammasi nav populatsiyasida o‘xshash bo'lmagan va begona shakldagi o‘simliklar miqdori ko'payishiga olib keladi. e) Urug‘likka ekilgan dalalarda kasallik va zararkunandalarga chalingan o‘simliklar miqdorining asta-sekin ko‘payib borishi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan g‘o‘za urug‘chiligi vazifalarini amalga oshirishda urug‘chilik ishlari quyidagi tizimda olib boriladi: • yangi navlar Davlat nav sinash tizimining gruntkontrol (o‘sim- liklarning birxilliligini tekshirish) va 1- yil, 2- yil va 3-yil si-novlarida tekshiriladi hamda shu vaqtning o‘zida navni me’yoriga yetkazish va urug‘ligini ko'paytirish maqsadida maxsus ixtisos-lashgan dastlabki elita xo‘jaliklarida urug‘chilik ishlari olib boriladi; Mamlakatimizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan Davlat nav sinash shahobchalarida yangi navlar har tomonlama o‘rganilib, umuraqabul qilingan standart navlar bilan atroflicha taqqoslanadi. Afzalliklarini namoyon qilgan yangi navlar tegishli mintaqalarga tumanlashtiriladi, ya’ni O‘zbekiston hududida ekishga tavsiya etiladigan «Qishloq xo‘jaligi ekinlari reestri»ga kiritilgach, belgilangan mintaqalarga keng joriy etiladi. Tumanlashtirilgan g‘o‘za navlarining urug‘ligi esa, o‘z navbatida, quyidagi tizimda yetishtiriladi: • elita va birinchi reproduksiya (R,) urug‘ligi nav tuman lashtirilgan viloyat, tumanlarda mavjud bo'lgan fermer xo‘-jaliklari tarkibidagi maxsus elita urug‘chilik ho‘jaliklarida etish-tiriladi; • ikkinchi (R2) va uchinchi (R3) reproduksiyalar urug‘ligi urug‘chilik xo‘jaliklarida yetishtiriladi. O ‘zbekiston paxtachiligida qabul qilingan nav yangilashning besh yillik sxemasiga asosan to‘rtinchi (R4) reproduksiya urugiari ishlab chiqarishda ekilmaydi. G‘o‘za urug‘chiligi tizimida birlamchi urug‘chilik, ya’ni elita urug‘ligini yetishtirish ishlarining ahamiyati juda katta. Bunda o‘ziga xos uslub, yetishtirish va navlarni yangilash sxemalari ishlab chiqilgan. Seleksiyaning genetik asoslarini o‘rganish o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar seleksiyasining amaliy usullariga, ya’ni tanlash va chatishtirishlarning turli an’anaviy metodlarining ahamiyatini tushunishga ilmiy asos yaratib beradi; • genetika seleksiyada yangi formalarni yaratish sur’atlarini jadallashtiruvchi tubdan yangi bo‘lgan metodlarni ishlab chiqadi; • o‘simlik va hayvonlarda geterozis hodisasidan amaliyotda foydalanish uchun liniyalararo duragaylarni yaratish; • chetdan changlanuvchi (makkajo‘xori, jo‘xori) va o‘z-o‘zini changlatuvchi (bug'doy) ekinlarining liniyalararo duragay urug‘larini olish uchun yoi ochib bergan sitoplazmatik erkaklik pushtsizligi hodisasidan foydalanish; Seleksiya genetik metod va qonuniyatlar hamda olingan natija-larning amaliyotda to‘liq tatbiq qilinadigan maydonidir; • oxirgi paytlarda rivojlanayotgan gen va hujayra injeneriyasi, biotexnologiya yaqin orada seleksiyaning genetik asoslarini yangi kashfiyotlar bilan boyitish borasida bo‘lib, ulaming asosiy mohiyati seleksiya uchun boshlang‘ich materialni yaratish muddatlarini qisqartirish hamda gen va xromosomalardagi o‘zgarishlami yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi; • hayvonlaming har xil turlari orasida genlami ko‘chirish (transgenoz) ishlarida birinchi ijobiy natijalar mavjud; • o‘simliklardagi qimmatli xo‘jalik oqsillami belgilaydigan genlami turlar va turkumlararo ko‘chirishlar amalga oshirilmoqda. In vitro plazmidalari tarkibidagi genlami yo‘naltirilgan o‘zgartirish sohasidagi tadqiqotlar bilan katta umid bog‘lanmoqda. Bu metod asosidagi oqsilli injeneriya ishlari jarayonida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan ma’lum genlar bilan belgilangan fermentlami kerak bo'lgan yo‘nalishda rivojlantirish mumkin; qimmatli moddalar, masalan, jenshen alkaloidlarini ishlab chiqarish uchun yuqori o‘simliklar hujayraviy massasini ko‘-paytirish usullari keng tarqalmoqda. Yuqori o‘simliklar hujayra seleksiyasi mctodlari ishlab chiqilmoqda. Bunda, o‘simliklar somatik hujayralardan regeneratsiya yordamida ko‘payganda yuqori darajadagi irsiy o‘zgaruvchanlik yuzaga keladi. Ushbu metodlar yaqin orada seleksiyani boyitishi shubhasizdir, Bunda doira yodda tutish kerakki, seleksiya, o‘simlikshunoshlik, chorvachilikdagi muvaffaqiyatlarning asosiy manbayi evolutsiya jarayoni mexanizmlarini bilishdadir. Faqat shundagina odamzod tomonidan yaratilgan yangi nav va zotlar ko‘p sonli tabiiy dushmanlariga bardosh bera oladilar. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling