Oʻsimliklar sistematikasi
Download 206.5 Kb.
|
Oʻsimliklar sistematikasi bo`yicha test
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group Oʻsimliklar sistematikasi 1.Gulqoʻrgoni oddiy, koʻrimsiz, mevasi kech kuzda pishadi, oʻsimlik a’zolari asosan seret, bu belgilar qaysi oila uchun xos? a) shoʻradoshlar b) tokdoshlar c) qoqidoshlar d) burchoqdoshlar 2. Izen, teresken kabi oʻsimliklar qaysi oilaga mansub? a) shoʻradoshlar b) karamdoshlar c) loladoshlar d) soyabonguldoshlar 3. Itsigak oʻsimligi qaysi oilaga mansub? a) shoʻradoshlar b) karamdoshlar c) burchoqdoshlar d) ituzumdoshlar 4. Turkiston ismalogʻi uchun xos belgini aniqlang . a) koʻp yillik bir uyli manzarali oʻsimlik. b) bir yillik ikki uyli begona oʻt c) bir yillik bir uyli ayrim jinsli dorivor oʻsimlik d) koʻp yillik chala butasimon oʻsimlik 5. Oʻzbekistonda quyidagi turkumlardan qaysi birining ikkta turi uchraydi ? a) ismaloq b) ebalak c) sagʻan d) lavlagi 6. Shoʻradoshlarga mansub oʻsimliklarning oʻziga xos belgilarni aniqlang? a) gulqoʻrgʻoni oddiy, koʻrimsiz,organlari seret, mevasi kech kuzda pishadi b) gullari chiroyli, xushboʻy, organlari seret, mevasi erta bahorda c) gullari alohida – alohida oʻsimlikda joylashgan ikki yillik oʻsimliklar, gullari hasharotlar yordamida changlanadi d) gulqoʻrgʻoni oddiy, gullari chiroyli, xushboʻy mevasi yoz oylarida pishadi 7. Oddiy jagʻ- jag oʻsimligining xarakterli hususiyati berilgan qatorni koʻrsating. 1. bir yillik 2. ikki yillik 3. poyasi dagʻal tuklar bilan qoplangan 4. barglari murakkab va oddiy panjasimon boʻlingan 5. barglari oddiy patsimon boʻlingan 6. tarkibida K va S vitaminlar, olma, limon, kislatalari bor 7. tarkibida A va D vitaminlari bor 8. toʻpbarglari ovqatga ishlatiladi 9. mevasi qoʻzoq a) 1.3.5.6.8 b) 2.3.4.7.9 c) 1.3.4.7.8 d) 2.5.7.8.9 8. Shoʻradoshlar oilasiga mansub ikki yillik oʻsimlikni toping . a) cherkez b) itsigak c) oddiy lavlagi d) chogʻon 9. Qaysi oilaga mansub oʻsimliklar gipsli, shoʻrli choʻl oʻtloqlarida oʻsib, tuya va qoʻylar uchun yem – xashak hisoblanadi? a) shoʻradoshlar b) ituzumdoshlar c) karamdoshlar d) qovoqdoshlar 10. Lavlagi mevasi qanday ataladi? a) pistacha b) koʻsakcha c) yongʻoqcha d) rezavor 11. Hasharotlar yordamida changlanadigan qoʻzoqcha mevali efemer oʻsimlikni toping? a) jagʻ - jagʻ b) baxmalgul c) oddiy lavlagi d) yerbagʻir tugmachaguli 12.Shoʻradoshlar oilasiga mansub yagona ildizmevali oʻsimlikni aniqlang. a) sabzi b) turp c) sholgʻom d) lavlagi 13.Shoʻradoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar guruhini koʻrsating. a) donashoʻr, burchoq, tarvuz b) oddiy lavlagi, ismaloq, saksovul c) izen, sebarga, bodring d) teresken, oqquray 14. Jagʻ-jagʻ qaysi hususiyatiga koʻra qon ketishini toʻxtatadi? a) olma, limon kislatasi borligi uchun b) toʻxtatmaydi c) antigemofil omil - K vitamini borligi uchun d) Ca ioni borligi uchun 15. Shoʻradoshlar oilasi vakillarini aniqlang. a) karam b) qoʻngʻirbosh c) sachratqi d) ismaloq 16. Shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik, ikki uyli begona oʻsimlikni aniqlang. a) shuvoq b) turkiston ismalogʻi c) qovun d) dalachoy 17. Qaysi oilaga masub boʻlgan oʻsimliklar ildizmeva hosil qiladi? a) ra’nodoshlar b) karamdoshlar c) gulxayridoshlar d) burchoqdoshlar 18. Qaysi oʻsimliklarning tarkibida olma va limon kislotasi bor? a) qurttana b) jagʻ-jagʻ c) kurmak b) chitir 19. Barglari deyarli boʻlmaydi, barg vazifasini bajaruvchi bir yillik novdalarining bir qismi qurib qoladi, gulqoʻrgʻon bargchalaridan 5 ta pardaga oʻxshash qanot oʻsib chiqadi. Bunday belgilar qaysi oʻsimlikka xos? a) cherkez b) saksovul c) juzgʻun d) itsigak 20.Nima sababdan yovvoyi olma,nok,olcha oʻsimliklaridan yangi navlar yaratishda keng foydalaniladi? a) zararkunandalarga chidamliligi uchun b) qurgʻoqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi uchun c) payvandlangan kurtaklari tez moslashgani uchun d) barchasi 21. Gulqoʻrgʻoni oddiy boʻlgan oʻsimliklar guruhini aniqlang. a) jagʻ-jagʻ, turp b) gʻumay, ajriq c) oddiy lavlagi, saksovul d) olcha, gilos 22. Oddiy lavlagining gullari mayda, gulqoʻrgʻoni … a) oddiy tojbargsimon b) murakkab c) oʻyiq d) oddiy kosachasimon 23. Qaysi oʻsimlikning bargi va mevasidan tayyorlangan dori qon bosimini tushirishda ishlatiladi? a) momaqaldirmoq b) zubturum c) shirinmiya d) cherkez 24. Mevasi dukkak boʻlmagan oʻsimlikni aniqlang. a) boqila b) zirakoʻt c) sigirquyruq d) afsonak 25. Mevasi dukkak boʻlgan oʻsimlikni aniqlang. a) boʻritaroq b) matur piyoz c) qargʻatirnoq d) astragal 26. Qizil sebarganing dukkagi va urugʻiga xos hususiyatni belgilang. a) dukkagi 3 – 4 urugʻli, uzunchoq 1 – 2 sm, urugʻi jigarrang silliq, loviyasimon, kattaligi 0.5 – 1 sm b) dukkagi koʻp urugʻli, yumaloq, 1.5 – 2 sm, urugʻi silliq, buyraksimon, kattaligi 1 – 1.8 sm c) dukkagi bir urugʻli, uzunchoq – tuxumsimon , uzunligi 1.5 – 2 mm, urugʻi sariq, yoki jigarrang, silliq, yumaloq, kattaligi 1.5 – 2 mm d) dukkagi 8 – 10 urugli, uzunchoq, uzunligi 2.5 – 3.5 sm urugʻi jigarrang, ovalsimon, kattaligi 2.5 – 3.5 sm 27.Qon ketishni toʻxtatadigan oʻsimliklar guruhini belgilang. a) cherkez, saksovul b) mingidevona, bangidevona c) jagʻ-jagʻ d) sebarga, yantoq 28.Qaysi oʻsimlikning bargi,guli,urugʻidan xalq tabobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida foydalaniladi? a) andiz b) shuvoq c) tugmachagul d) gulxayri 29. Vatani Braziliya boʻlgan oʻsimlikni aniqlang? a) nok b) yeryongʻoq c) shaftoli d) oqqutay 30.Flora … a) ma’lum bir hududda tarqalgan oʻsimliklar turlari majmuasi b) ma’lum bir hududdagi oʻsimlik va hayvon turkumlari majmuasi c) bir – biriga yaqin turlardan tashkil topgan sistematik birlik d) bir – biriga yaqin turlar majmuasi 31. Hozirgi kunda yer yuzida qaysi oʻsimliklar guruhi hukmron hisoblanadi? a) ochiq urugʻlilar b) yopiq urugʻlilar c) yovvoyi oʻsimliklar d) madaniy oʻsimliklar 32.Saksovul qaysi oilaga mansub? a) ra’nodoshlar b) shoʻradoshlar c) ziradoshlar d) burchoqdoshlar 33. Oksitrops va tangaoʻt oʻsimliklari qaysi oilaga kiradi? a) burchoqdoshlar b) loladoshlar c) gulxayridoshlar d) qoqioʻtdoshlar 34.Haqiqiy gul qaysi oʻsimlik guruhi uchun xos? a) yopiq urugʻlilar b) ochiq urugʻlilar c) suvoʻtlarga d) zamburugʻlarga 35.Yopiq urugʻli oʻsimliklarning boshqa oʻsimlik guruhlariga nisbatan yaxshiroq moslashishi va hukmron boʻlishi sabablarni koʻrsating. 1. urugʻidan koʻpayishi; 2.turli yoʻllar bilan changlanishi; 3.qoʻsh urugʻlanishi; 4.urugʻining meva ichida yopiq boʻlishi; 5.koʻpchiligida urugʻining meva orqali tarqalishi; 6.urugʻlanishning suvga bogʻliqligi; a) 1.2.3.4 b) 2.3.4.5 c) 1.3.5.6 d) 1.4.5.6 36. Oʻsimliklar sistemasi uchun qanday sistematik birliklar qabul qilingan, ularning ketma – ketligini aniqlang ? a) tur, avlod, oila, turkum, boʻlim b) tur, turkum, avlod, boʻlim, oila c) tur, turkum, oila, sinf, boʻlim d) tur, oila, avlod, turkum, boʻlim 37. Oʻsimliklar sistematkasining toʻgʻri keltirilgan qatorini belgilang? 1 tur 2 oila 3 sinf 4 turkum 5 boʻlim 6 oʻsimliklar olami a) 1.2.3.4.5.6 b) 1.3.2.6.5.4 c) 1.4.2.3.5.6 d) 1.5.3.2.4.6 38. Quyida berilganlardan qaysi biri yopiq urugʻli oʻsimliklardan tashqari hech qaysi oʻsimliklar boʻlimida yoʻq ? a) toʻqimalarda oziq moddani toʻplanishi b) ildiz, barg, poyalarda asosiy toʻqimaning boʻlmasligi c) ildiz, poya, barglarda oʻtkazuvchi toʻqimalar uzun, yogʻochlangan oʻlik hujayralardan tashkil topgan naychalardan iboratligi d) ildiz, poya, bargda oziq moddaning harakatlanishi 39. Ikki urugʻpallali oʻsimliklar gulqoʻrgʻoni bir urugʻ pallali oʻsimliklar gulqoʻrgʻonidan qaysi jihatlarda farq qiladi? a) koʻpincha gulqoʻrgʻoni murakkab,gulqoʻrgʻon boʻlaklari halqada 4 – 5 tadan oʻrnashgan boʻladi b) gulqoʻrgʻoni murakkab va gul boʻlakchalari halqada 3 tadan oʻrnashgan boʻladi c) gulqoʻrgʻoni oddiy va gul boʻlakchalari halqada 3 tadan oʻrnashgan boʻladi d) koʻpincha gulqoʻrgʻoni oddiy va gulboʻlakchalari bir halqada oʻrnashgan boʻladi 40. “Gullari toʻq sariq, dukkagi choʻziq” Bu belgilar qaysi oʻsimlikka mansub? a) sebarga b) yantoq c) yeryongʻoq d) burchoq 41. Anzur piyozidagi “anzur,, soʻzi quydagi qaysi sistematik birlikka tegishli? a) tur b) turkum c) avlod d) oila 42. Oʻsimliklar sistematikasidagi eng kichik birlikni aniqlang? a) tur b) oila c) sinf d) oila va sinf 43. Ebalak oʻsimligi qaysi oilaga mansub? a) shoʻradoshlar b) karamdoshlar c) burchoqdoshlar d) ra’nodoshlar 44. Ikki pallali oʻsimliklar sinfiga mansub boʻlgan oilani aniqlang. a) bugʻdoydoshlar b) loladoshlar c) ziradoshlar d) piyozdoshlar 45. Boʻritaroq turkumiga mansub oʻsimlik … a) Misr gʻoʻzasi b) dorivor gulxayri c) boqila d) kanop 46. Oddiy lavlagi oʻsimligining gul formulasini aniqlang? a) Og(5) Ch5U2 b) Og(5) Ch5U5 c) Og(5)Ch4 U(1) d) Og(5)Ch5 U(3) 47. Bryussel karamining gul formulasini aniqlang? a) K 4 T5 Ch4+2 U1 b) K5 T5 Ch5 U1 c) K 4 T4Ch4+2 U1 d) K4 T4 Ch4 U∞ 48.Gul foʻrmulasi K4 T4 Ch4+2U1 boʻlgan oʻsimlikni aniqlang. a) makkajoʻxori b) loviya c) turp d) kanop 49. Karamdoshlar oilasiga mansub savzavot ekinlari qaysi javobda berilgan? a) sholgʻom, turp b) sabzi, kartoshka c) pomidor, garmdori d) karam, oddiy lavlagi 50. Tojibarglari oppoq, kosachabarglaridan 1.5 marta uzun, urugʻchisi bitta, tumshuqchasi ikkita boʻlgan oʻsimlikni aniqlang. a) jagʻ - jagʻ b) na’matak c) olcha d) chinor 55. Qaysi turkumga oid oʻsimliklarning 6 ta turi Oʻzbekistonda oʻsadi va barchasi begona oʻtdir? a) tugmachagul b) chitir c) na’matak d) gulxayri 52.Toʻpmeva hosil qiladigan oʻsimlikni toping. a) gʻozpanja b) tugmachagul c) chirt d) na’matak 53. Tugmachagulni xarakretli belgilarini koʻrsating? 1 tik oʻsadi; 2 yerbagʻirlab oʻsadi; 3 bir yillik begona oʻt; 4 gullari barg qoʻltigʻida oʻrnashgan; 5 gullari poyaning uchida oʻrnashgan; 6 mevasi toʻpmeva; 7 mevasi kuchala; a) 1.3.4.7 b) 2.3.4.6 c) 2.4.5.6 d) 1.5.4.6 54. Gullari yirik, tojibargi limon rangda, koʻsakchalari 3–4 chanoqli, yaxshi ochiladi.Tolasi uzun, ipakka oʻxshaydi. Bu belgilar Oʻzbekistonda ekiladigan qaysi gʻoʻza turiga xos? a) jaydari gʻoʻza b) Meksika gʻoʻzasi c) Misr gʻoʻzasi d) barchasi 55. Konop qaysi oilaga mansub? a) ra’nodoshlar b) gulxayridoshlar c) shoʻradoshlar d) karamdoshlar 56. Meksika gʻoʻzasiga xos belgilar berilgan qatorni aniqlang? a) koʻsaklari mayda, deyarli ochilmaydi, tolasi qisqa, dagʻal b) koʻsaklari yirik, tolasi mayin, uzun, oq, ba’zan qoʻngʻir rangda c) koʻsaklari yirik, tolasi mayin,och sariq rangda d) koʻsaklari mayda, yaxshi ochiladi, gullari pushti, tolasi uzun , dagʻal va oq randa 57. Tugmachagul qaysi oilaga mansub? a) karandoshlar b) ra’nodoshlar c) gulxayriguldoshlar d) burchoqdoshlar 58. “Urugʻchisi bitta, tugunchasi uch yoki koʻp uyali, mevasi toʻpmeva”. Bu belgi qaysi oilaga mansub ? a) ra’nodoshlar b) qoqioʻtdoshlar c) qovoqdoshlar b) gulxayridoshlar 59.Oʻzbekistondagi qaysi turkumga mansub 13 tur oʻsimlik oʻsadi? a) tobulgʻi b) ra’no c) baxmalgul d) gʻoʻza 60. Gulxayridoshlarga mansub boʻlgan oʻsimliklar gurhini belgilang. a) noʻxat,qurttana,kanop,bodom b) olma,gʻoʻza,makkajoʻxori,gulxayri c) oʻrik,pomidor,kungaboqar,kanop d) kanop,gulxayri,boʻritaroq,gʻoʻza 61. Boʻritaroq turkumiga qaysi oʻsimliklar kiradi? a) gʻoʻza,kanop b) gʻoʻza,boʻritaroq c) gʻoʻza,boʻritaroq,kanop d) boʻritaroq,kanop 62. Oʻzbekistonda gulxaydoshlarga mansub nechta turkum va tur oʻsadi? a) 7 turkum, 27 tur b) 3 turkum, 16 tur c) 70 turkum, 16tur d) 3 turkum, 32 tur 63. Gulxayridoshlar oilasiga xos boʻlmagan belgilarni aniqlang. a) mevasi koʻsakcha b) gulkosachabarglarining ostida ostkosachabarglari boʻladi c) changchi iplari erkin,mevasi rezavor d) changchi iplari qoʻshilagan 64. Dorivor gulxayrining qaysi qismidan tayyorlangan damlama yoʻtalga qarshi ishlatiladi? a) bargidan b) gulidan c) poyasidan d) ildizidan 65. Ra’nodoshlar oilasiga mansub boʻlagan oʻsimliklarni aniqlang. 1 na’matak; 2 bodring; 3 olma; 4 lola; 5 nok;6 doʻlana; 7 tok; a) 1.5.4 b) 2.3.5 c) 3.5.6 d) 2.5.7 66. Ra’nodoshlar oilasiga mansub boʻlgan oʻsimliklarni aniqlang. a) olcha, gʻoʻza, karam, na’matak, olma b) bodom, na’matak, togʻolcha, olma, maymunjon c) oʻrik, loviya, na’matak, doʻlana, shaftoli d) behi, na’matak, gilos, qurttana 67. Ra’nodoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarni belgilang. a) behi, bodom, yeryongʻoq b) malina, baqlajon, yeryongʻoq c) qulupnay, oʻrik, togʻolcha d) nok, garmdori, yeryongʻoq 68. Gul formulasi K (5)T5 Ch∞ U1-(5),∞ boʻlgan oʻsimliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi? a) burchoqdoshlar b) ituzumdoshlar c) karamguldoshlar d) ra’nodoshlar 69. Nok gulli oʻsimliklar boʻlimining qaysi oilasiga mansub? a) karamdoshlar b) ra’nodoshlar c) gulxayridoshlar d) burchoqdoshlar 70.Doʻlana, shaftoli, olxoʻri turkumlari qaysi oilaga mansub? a) burchoqdoshlar b) ituzumdoshlar c) boshoqdoshlar d) ra’nodoshlar 71. Qaysi oʻsimlik mevasi tarkibida oshlovchi modda boʻladi? a) na’makak b) baxmalgul c) gʻalmas d) ituzum 72. Nok olmadan nimasi bilan farq qiladi? a) mevasining etida tosh hujayralar boʻlishi bilan b) kosachabarglar va tojibarglar koʻpligi bilan c) urugʻchisi cheksiz boʻlishi bilan d) mevasining tuzilishi bilan 73. Oʻzbekistonda qaysi turkumga oid 7 tur bor? Bulardan 3 tasi yovvoyi, 4 tasi madaniy turdir. a) ra’no b) nok c) olma d) olxoʻri 74. Oʻzbekistonda atirgulning nechta navi ekiladi? a) 13 ta b) 10 mingta c) 5 ta d) 340 ta 75. Akatsiya, tangaoʻt, zirakoʻt oʻsimliklari uchun xarakterli mevani koʻrsating? a) don b) qoʻzoq c) koʻsak d) dukkak 76. Na’matakning gul formulasini toping. a) Gk 4 Gt 4 Ch4+2 U1 b) Gk (5) Gt (2),2+1 Ch(9)+1 U1 c) Gk (3)+(5) Gt 5 Ch(∞) U(∞) d) Gk 5 Gt 5 Ch∞ U(∞) 77. Tobulgʻi va kamxastak oʻsimliklari qaysi oilaga mansub? a) ra’nodoshlar b) gulxayridoshlar c) ituzumdoshlar d) qoqioʻtdoshlar 78. Qaysi qatordagi oʻsimliklar ra’nodoshlar oilasiga mansub? a) oʻrik, loviya, na’matak, doʻlana, shaftoli b) akatsiya, olcha, gilos, kanop, sholgʻom c) olcha, gʻoʻza, karam, na’matak, olma d) tobulgʻi, kamxastak, olmurut 79. Ra’nodoshlar oilasiga mansub qaysi oʻsimliklarda urugʻchilar koʻp boʻladi? 1 olcha 2 olxoʻri 3 shaftoli 4 na’matak 5 malina 6 atirgul a) 2.3.4 b) 1.2.3 c) 1.3.6 d) 4.5.6 80. Ra’nodoshlarga xos belgilarni ajrating? 1 gulqoʻrgʻoni murakkab, toʻgʻri; 2 changchilari koʻp; 3 guljojibarglari beshta, qoʻshilmagan; 4 gulqoʻrgʻoni oddiy; 5 gulqoʻrgʻoni murakkab, qiyshiq; a) 1.3.5 b) 1.2.5 c) 2.3.4 d) 1.2.3 81. Burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar guruhini belgilang. a) beda, noʻxat, turp behi, sholgʻom b) gilos, shaftoli, loviya, akatsiya, tut c) sabzi, noʻxat, anor, qovun, rediska d) yantoq, noʻxat, beda, loviya, akatsiya 82. Gultojibarglari yelkacha, eshkakcha, qayiqcha deb ataladigan oʻsimliklar guruhini toping? a) astragal, qizilmiya, gledichiya b) noʻxat, yantoq, maymunjon c) yantoq, gʻozpanja, quyonsuyak d) boʻritaroq, noʻxat, mosh, loviya 83. Tuxumak oʻsimligi qaysi oilaga mansub? a) karamdoshlar b) ituzumdoshlar c) burchoqdoshlar d) qoqioʻtdoshlar 84. Qaysi oʻsimliklar oilasi vakillarining ildizida tugunak bakteriyalar boʻladi? a) karamdoshlar b) murakkabguldoshlar c) ra’nodoshlar d) burchoqdoshlar 85. Oʻzbekistonda qadimdan ekiladigan beda oʻsimligi qaysi oilaga mansubligini belgilang ? a) krestguldoshlar b) ra’noguldoshlar c) gulxayridoshlar d) dukkakdoshlar 86. Urugʻi oqsilga boy oʻsimlik vakillari qaysi oilaga mansub ? a) karamdoshlar b) ra’nodoshlar c) loladoshlar d) burchoqdoshlar 87. Akatsiya mevasi qanday meva xiliga kiradi? a) danak b) dukkak c) qoʻzoq d) koʻsak 88. Quyidagi belgilar qaysi oʻsimlik uchun xos? “Barglari mayda, ildizi uzun, yerda chuqur joylashgan,yer osti suvigacha kirib boradi”. a) yantoq b) shuvoq c) yulgʻun d) quyonsuyak 89. Qaysi oʻsimliking gullari changlangandan keyin, gulli novdachalari yerga kirib turadi? a) yeryongʻoq b) yertut c) yernok d) noʻxat 90. Tuxumak va yasmiq oʻsimliklarini oilasini aniqlang? a) shoʻradoshlar b) burchoqdoshlar c) qoqidoshlar d) karamdoshlar 91. Burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarni toping? a) isirgʻaoʻt, xilol b) afsonak, qashqarbeda c) takasoqol, soʻya d) astragul, maxsar 92. Gul formulasi Gk (5) Gt 1+2,(2) Ch (9)+1 U1 boʻlgan oʻsimliklar guruhini aniqlang. 1.sebarga 2.kakra 3.beda 4.tuxumak 5.yernok 6.malina 7.sachratqi a) 1.2.7 b) 2.3.4 c) 2.7.6 d) 1.3.4 93. Yozning issiq kunlarida qaysi oʻsimlikni bargidan va poyasidan shakar ajraydi? a) yantoq b) oʻtloq sebargasi c) shirinmiya d) yoysimon surepka 94. Gullari qiyshiq, gulqoʻrgʻoni murakkab, changchilari 10 ta, urugʻchisi 1 ta, tojibarglari 3 xil shaklda, ildizida azot toʻplovchi tugunak bakteryalari boʻladi. Bu belgilar qaysi oilaga mansub? a) ituzumdoshlar b) uzumdoshlar c) qovoqdoshlar d) burchoqdoshlar 95. Choʻlda chorvadorlar qaysi oʻsimlikni “boshi olovda, oyogʻi suvda ,, deyishadi? a) juzgʻun b) shuvoq c) yantoq d) saksovul 96. Qaysi oʻsimlik toʻyimli oziqbob va guli asalshiraga boy ? a) yantoq b) shuvoq c) izen d) tol 97. Gullari yondosh bargchali, shingil, kallakcha yoki boshoq tipidagi toʻpgulda joylashgan .Bu belgilar qaysi oilga tegishli ? a) qoqioʻtdoshlar b) shoʻradoshlar c) burchoqdoshlar d) ituzumdoshlar 98.Quyidagi oʻsimliklardan qaysi birining gulida 9 ta iplari qoʻshilgan, 1 tasi alohida joylashgan changchini koʻrish mumkun? a) sebarga b) ituzum c) na’matak d) tugmachagul 99. Oʻzbekiston botanika institutida shoʻradoshlar oilasiga mansub qaysi oʻsimliklar yem-xashak oʻsimligi sifatida madaniylashtirilmoqda? 1.teresken 2.ebalak 3.izen 4.choʻgʻon 5.baliqkoʻz 6.donashoʻr 7.keyreuk 8.shoʻrak a) 1.2.3 b) 2.3.5 c) 3.4.7 d) 4.5.8 100.Turlarni qoʻsh nomlashni fanga kiritgan olimni belgilang. a) A. K. Linney b) K. F. Rule c) J. B. Lamark d) Ch. Darvin 101. Qaysi oila vakillarining 8 ta turi Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan? 1 ra’noguldoshlar 2 karamdoshlar 3ituzumdoshlar 4 tokdoshlar 5 shoʻradoshlar 6 gulxayridoshlar. a) 1,2,3 b) 2,5,4 c) 2,5 d) 2,4,6 102. Ra’nodoshlar oilasiga qanday toʻpgul shakllari xos? 1.shingil 2.qalqon 3.soyabon 4.sulton 5. kallakcha 6.boshcha a) 1.4.3 b) 1.2.3 c) 3.4.5 d) 3.2.6 103. Ra’nodoshlar oilasi hosil qiladigan quruq mevalarni aniqlang. a) yongʻoqcha, toʻpbargak b) yongʻoqcha, toʻpbargak, soxta meva c) toʻpbargak, rezavor d) toʻpbargak,danakcha 104. Pekin nomli oʻsimlik navi qaysi turkumga mansub? a) karam b) piyoz c) zira d) atirgul 105. ,,Gullari barg qoʻltigʻida yoki shoxlar uchidagi toʻpgulda bittadan joylashgan “. Ushbu ta’rif qaysi oilaga xos? a) burchoqdoshlar b) gulxayridoshlar c) tokdoshlar d) qovoqdoshlar 106.Quyidagi oilalarning Oʻzbekistondagi turlari soni ortib borishi tartibida joylashtiring. 1. ituzumdoshlar 2. gulxayridoshlar 3. tokdoshlar 4. karamdoshlar a) 3.2.1.4 b) 3.1.2.4 c) 3.2.4.1 d) 4.2.1 107.Bir tup achambiti oʻsimligida qancha urugʻ yetiladi? a) 7 000 b) 10 000 c) 100 000 d) 70 000 108. Afsonak oʻsimligi qaysi oilaga mansub? a) ra’nodoshlar b) gulxayridoshlar c) ituzumdoshlar d) burchoqdoshlar 109. Achambitining ikkinchi nomini aniqlang ? a) xarduma b) ajriq c) jagʻ - jagʻ d) qoraqobiq 110. Quyonjun, sagʻan turkumlari qaysi oilaga mansub ? a) ituzumdoshlar b) burchoqdoshlar c) ra’nodoshlar d) shoʻradoshlar 111. Gk 5 Gt5 Ch∞U1 gul formulasiga xos oʻsimlikni aniqlang. a) sachratqi b) olxoʻri c) lola d) achambiti 112. Qaysi oilaga mansub oʻsimliklarda gullari faqat qiyshiq simmetriyali ? a) karamdoshlar b) burchoqdoshlar c) gulxayridoshlar d) soyabonguldoshlar 113. Qaysi yuksak oʻsimliklarga arxegoniy xos emas ? a) saur b) zuxrasoch c) shuvoq d) dala qirqboʻgʻimi 114. Qaysi oʻsimlikning gullari mayda, 2-3.5 sm keladigan “ boshcha” toʻpgulda oʻrnashgan? a) yantoq b) shuvoq c) sebarga d) burchoq 115. Anabazin moddasi qaysi oʻsimlikdan olinadi va u qasi oilaga mansub? a) keyreukdan, burchoqdoshlar b) itsigakdan, shoʻradoshlar c) karrakdan, murakkabguldoshlar d) cherkezdan, shoʻradoshlar 116. Jagʻ-jagʻning ildiz boʻgʻzida joylashgan (1) va poyada joylashgan (2) barglari nima bilan farqlanadi? a) qisqa bandli b) patsimon qirqilgan c) bandsiz d) ketma-ket joylashgan a) 1-a, d; 2-b, c b) 1-b, c; 2-a, d c) 1-a, b; 2-c, d d) 1-c, d; 2-a, b 117. Qaysi oʻsimlikning ildiz boʻgʻzida joylashgan barglar qisqa bandli, patsimon qirqilgan, poyadagi barglar esa bandsiz? a) qora ituzum b) yerbagʻir tugmachagul c) achambiti d) lavlagi 118. Itsigak qaysi oʻsimliklar oilasiga mansub? a) shoʻradoshlar b) ituzumdoshlar c) burchoqdoshlar d) gulxayridoshlar 119. Og0-5Ch2-5U(2-5) gul formulasi qaysi oilasiga mansub? a) gulxayridoshlar b) tokdoshlar c) ituzumdoshlar d) shoʻradoshlar 120. Gk(3)+(5)Gt5Ch(∞)U(∞) gul formulasi qaysi oʻsimlik oilasiga mansub? a) ituzumdoshlar b) gulxayridoshlar c) tokdoshlar D) shoʻradoshlar 121. Meksika gʻozasining sistematik birliklari toʻgʻri berilgan javobni aniqlang. boʻlim (tip) (1), sinf (2), oil (3), turkum (4) a)ochiq urugʻlilar;b) gulli oʻsimliklar; c) bir urugʻpallalilar; d) ikki urugʻpallalilar; e)gulxayridoshlar; f) qargʻaydoshlar g) gʻoʻza h) qaragʻay a) 1-a,b / 2-c,d / 3-e,f / 4-g,h b) 1-c,d / 2-e,h / 3-a,f / 4-b,g c) 1-a,b / 2-e,h / 3-b,g / 4-a,f d) 1-a,d / 2-b,h / 3-e,f / 4-g,h 122. Qaysi oila vakillarining gulqoʻrgʻon barglari juda qisqargan yoki butunlay yoʻqolib ketgan? a) shoʻradoshlar b) loladoshlar c) bugʻdoydoshlar d) qoqidoshlar 123. Faqatgina yopiq urugʻlilarga xos boʻlgan xususiyatlarni belgilang. 1. yorugʻlikka talabi kattaligi; 2. gulning boʻlishi; 3. vegetative a’zolarining rivijlanganligi; 4. qoʻsh urugʻlanish; 5. urugʻlarining qanotchali, uchar boʻlishi; 6. urugʻning meva ichida boʻlishi; 7. hayotiy shakillarining hilma xil boʻlishi; 8. namlikka talabining yuqori boʻlishi; 9. turli yoʻllar bilan changlanishi a) 1,3,5,7,9 b) 1,3,4,5,7 c) 2,3,5,7,8 d) 2,4,6,7,9 124. Qaysi belgilar ikki pallali oʻsimliklar uchun xos? a) murtak ikkita urugʻ pallali, popuk ildizli, poyasi kambiyli, bargi toʻrsimon tomirlangan b) murtak ikkita urugʻ pallali, oʻq ildizli, poyasi kambiyli, bargi parallel tomirlangan c) murtak ikkita urugʻ pallali, oʻq ildizlio, poyasi kambiyli, bargi toʻrsimon tomirlangan d) murtak bitta urugʻ pallali, oʻq ildizli poyasi kambiyli, bargi parallel tomirlangan 125. Ziradoshlar oilasiga mansub boʻlgan oʻsimlikni aniqlang. a) lavlagi b) sabzi c) rediska d) lola 126. Qaysi oila vakillarida poyada barglar yonbargcha hosil qilmay birikadi? a) ra’nodoshlar, burchoqdoshlar b) qoqioʻtdoshlar, tokdoshlar c) shoʻradoshlar, ituzumdoshlar d) ituzumdoshlar, tokdoshlar 127. Tokni jingalaklari qaysi vegetativ organning shakli oʻzgarishidan hosil boʻladi? a) poya b) barg c) yonbargcha d) poʻstloq 128. Qaysi oʻsimlik oilasi koʻpchilik vakillarining ildiz boʻgʻzida joylashgan barglari juda yirik boʻladi? a) karamdoshlar va qovoqdoshlar b) qovoqdoshlar va tokdoshlar c) gulxayridoshlar va qoqioʻtdoshlar d) qoqioʻtdoshlar va ziradoshlar 129. Qaysi oʻsimliklarning bargi buyraksimon boʻladi? a) otquloq b) oshqovoq c) nok d) tol 130. Gullardagi gulqoʻrgon boʻlaklari qoʻshilib oʻsgan oʻsimliklar guruhini aniqlang. a) qovoq, ituzum b) tok, olvoli c) gʻoʻza, lavlagi d) qovoq, olxoʻri 131. Toʻpguli savatcha, mevasi pistacha boʻlgan oʻsimlikni aniqlang. a) gulxayri b) astragal c) qoqioʻt d) kanop 132.Quyida berilgan qaysi oʻsimliklani vatani Shimoliy Amerka? a) liftok b) aloe c) kanop d) partenotsissus 133. Qaysi oʻsimliklar zaharli hasharotlani nobud qiladigan dori tayyorlashda foydalaniladi? a) mingdevona, itsigak b) tamaki, shaytonkosa c) itsigak, bangidevona d) itsigak, tamaki 134. Tirnoqgul, boʻznoch qaysi oila vakillari hisoblanadi? a) burchoqdoshlar b) murakkabguldoshlar c) bugʻdoydoshlar d) qovoqdoshlar 135. Oloy xiloli Oʻzbekistondi qaysi viloyatida uchraydi? a) Samarqand b) Toshkent c) Buxoro d) Fargʻona 136. Moychechakdoshlar oilachasiga mansub oʻsimliklarni aniqlang? a) shuvoq, qoqioʻt b) kakra, karrak c) andiz, boʻyimadoron d) tirnoqgul, takasoqol 137. Qoqioʻtdoshlar oilasiga kiruvchi oʻsimliklarni koʻrsating? a) shirinmiya, akatsiya b) boʻymadoron, sachratqi c) sebarga, kuchala d) olmurut, nok 138. Quydagi gul formulalari qaysi oʻsimliklarda uchraydi? 1. K4 T4Ch4+2U(2) 2. K(5) +(3) T5Ch(∞) U(∞) 3. K5 T1+2+(2)Ch(9)+1U1 4. K0.5 T(5) Ch(5) U(2) a. kamxastak b. tugmachagul v. oqquray g. oʻsma d. boʻtakoʻz a) 1 – b 2 – g 3 – d 4 – a b) 1 – g 2 – b 3 – v 4 – d c) 1 – d 2 – a 3 – b 4 – g d) 1 – v 2 – b 3 – d 4 –g 139. Murakkabguldoshlar oilasiga mansub oʻsimlikni aniqlang? a) xolmon b) qargʻatirnoq c) boqila d) gledichiya 140. Ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar guruhini belgilang? 1 yernok 2 kartoshka 3 akatsiya 4 loviya 5 garmdori 6.baqlajon 7 kanop 8 bangidevona a) 1.3.4.6 b) 2.5.6.8 c) 1.2.6.8 d) 1.3.7.8 141. Pomidor oʻsimligi qaysi oilaga mansub ? a) karamdoshlar b) ituzumdoshlar c) burchoqdoshlar d) gulxayridoshlar 142. Qaysi oʻsimliklarda changchi iplari yoʻq va changchilari tojibarglarining ichki tomonida joylashgan? a) yantoq b) ituzum c) yapon saforasi d) quyonsuyak 143. Ziradoshlar ( soyabondoshlar ) oilasiga xos gul formulani belgilang? a) Gk5 Gt4 Ch∞ U(4) b) Gk5 Gt5 Ch5 U1 c) Gk5 Gt5 Ch 5+2U0.5+2 d) Og(5) Ch5 U1+5+4 144. Ituzumdoshlar oilasiga mansub, Fargʻona viloyatida oʻsadigan qaysi oʻsimlik Oʻzbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan? a) oq ituzum b) oloy xiyoli c) qora ituzum d) marmarak 145.Qaysi oilaga kiruvchi oʻsimliklarning poyalari ilashuvchi, vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi, mevasi rezavor? a) ra’nodoshlar b) gulxayridoshlar c) qovoqdoshlar d) tokdoshlar 146. Rezavor mevali, yotib oʻsuvchi buta oʻsimlikni toping. a) madaniy tok b) oshqovoq c) terakbargli liftok d) beshyaproqli partenotsissus 147. Gul formulasi K4 -5 T5 (5) Ch5 U( 2 – 6) boʻlgan oʻsimliklar guruhini belgilang? 1 yovvoyi tok 2 qovun 3 tarvuz 4 beshyaproqli partenotsissus 5 qovoq 6 terakbargli liftok a) 1.3.5 b) 1.5.6 c) 1.2.4 d) 1.4.6 148. Qovoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarga xos boʻlgan xususiyatlarni koʻrsating. 1.toʻgʻri 2. qiyshiq 3. ayrim jinsli 4. ikki jinsli 5.gulqoʻrgʻoni oddiy 6. gulqoʻrgʻoni murakkab 7.kosacha, tojibarglari beshtadan qoʻshilib oʻsgan 8. kosacha, tojibarglari qoʻshilib oʻsmagan 9. changchilari 5 tadan, 4 tasi 2 tadan juft boʻlib qoʻshilgan, 1 tasi erkin, urugʻchisi5 ta, qoʻshilib oʻsgan. a) 1.3.6.7.9 b) 2.4.5.8.9 c) 1.4.5.7.9 d) 1.3.4.7.9 149. Qovoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar guruhini aniqlang. a) kanop, qora ituzum, bangidevona b) bodring, tarvuz, qovun c) burchoq, tugmachagul, jagʻ - jagʻ d) karam, lavlagi, ismaloq 150. Qovoqdoshlar oilasiga mansub begona oʻsimlik - … a) idishqovoq b) itqovun c) yovvoyi handalak d) qozonyuvgich 151. Oʻzbekistonda yagona turi uchraydigan oʻsimlik turkumini toping? a) shuvoq b) boʻymadaron c) sachratqi d) boʻztikan 152. Murakkabguldoshlar oilasga mansub boʻlgan quyidagi oʻsimliklarning qaysi biridan qadimda oshqozon – ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dori olingan ? a) sachratqi b) boʻyimadoron c) shuvoq d) qoqioʻt 153. Qoqioʻtdoshlar oilasiga kiradigan oʻsimliklarni changchilari soni nechta boʻladi? a) 2 ta b) 3 ta c) 4 ta d) 5 ta 154. Sachratqi, boʻztikan, moychechak kabi oʻsimliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi? a) karamdoshlar b) burchoqdoshlar c) qoqioʻtdoshlar d) bugʻdoydoshlar 155. Toʻpgulida naysimon va tilsimon gullari boʻlgan oʻsimlikni belgilang. a) shuvoq b) qoqioʻt c) karrak d) sachratqi 156.Qaysi oʻsimlikning mamlakatimizda 39 ta turi uchraydi? a) shuvoq b) qoqioʻt c) lola d) jagʻ-jagʻ 157. Qoqioʻtdoshlar oilasini umumiy gul formulasini aniqlang. a) Gk5 Gt5 Ch0.3 U1 b) Gk5 Gt5 Ch5 U1 c) Gk0,(5) Gt(5)Ch5U1 d) Gk2+5 Gt2+5 Ch(2)+5 U(2) 158. Qoqioʻtdoshlar oilasiga mansub suttikandoshlar oilachasi toʻpguli asosan qanday gultojibarglardan tashkil topgan boʻladi? a) naysimon b) tilsimon c) tilsimon va naysimon d) varonkasimon 159. Qoqioʻtdoshlar oilasi qanday oilachalarga boʻlinadi ? a) qoqioʻtdoshlar, karamdoshlar b) shuvoqdoshlar boymadorondoshlar c) “oilacha” taksonomik birligi boʻlmaydi d) suttikandoshlar, moychechakdoshlar 160. Qoqioʻtdoshlarga mansub dorivor oʻsimliklarni aniqlang. a) boʻznoch, boʻyimadoron b) quyonsuyak, zubturum c) isirigʻ, yulgʻun d) rayhon, shirach 161. Qoqidoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarning 50 turi Oʻzbekiston respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan. Ulardan 30 tasi qaysi turkumga mansub ? a) kakra b) shuvoq c) qoqioʻt d) karrak 162. Quyida berilgan oʻsimliklarni qaysi oilaga mansub ekanligini aniqlang? 1.tuxumak 2.izen 3. boʻymadoron 4. gʻumay a.shoʻradoshlar b.burchoqdoshlar v.bugʻdoydoshlar g.qoqioʻtdoshlar a) 1-b, 2-a, 3-g, 4-v b) 1-v, 2-a, 3-b, 4-g c) 1-a, 2-b, 3-v, 4-g d) 1-b, 2-a, 3-g, 4-b 163. Oʻzbekistonda uzumchilikni rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan seleksioner olimni aniqlang. a) R.Musamuhamedov b) Q. Zokirov c) A.Muzaffarov d) M.Mirzayev 164. Yovvoyi sabzi uchun xos hususiyatlarni koʻrsating. 1. poyasi silliq 2. poyasi tukli 3. boʻyi 80-100(120) sm 4.boʻyi 40-60(80) sm 5. barg yaprogʻi ikki karra patsimon 6. bargi butun. a) 2.4.6 b) 2.3.6 c) 1.3.6 d) 1.3.5 165.Tokdoshlar oilasiga mansub, Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan turni aniqlang. a) tabiiy tok b) beshyaproqli partenotsissus c) terakbargli liftok d) barchasi 166. Qaysi oila vakillari asosan bir va koʻp yillik oʻtlar boʻlib, ularning buta, liana va daraxt shaklidagilari faqat tropik mintaqalarda oʻsadi? a) qoqioʻtdoshlar b) qovoqdoshlar c) shoʻradoshlar d) karamdoshlar 167. Qaysi oilalarning gullari “kallakcha” toʻpgulda joylashgan ? a) qoqioʻtdoshlar, karamdoshlar b) bugʻdoydoshlar, ziradoshlar c) shoʻradoshlar, qovoqdoshlar d) burchoqdoshlar, ziradoshlar 168. Qovoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarning urugʻchi gulining formulasini aniqlang. a) Gk4 Gt4 Ch0 U(4) b) Gk(5) Gt(5) Ch(2) +(2) +1 U(0) c) Gk5 Gt5 Ch5 U1 d) Gk(5) Gt(5) Ch(0) U(3) 169. Suttikandoshchalar oilachasiga mansub oʻsimliklarni aniqlang? a) shuvoq, qora jusan, kakra b) yovshan shuvogʻi, qora jusan, boʻznoch c) karrak, maxsar, shuvoq d) takasoqol, kakra, karrak 170. Qoqioʻtdoshlarga mansub madaniy manzarali oʻsimliklarni aniqlang? a) qashqargul b) xrizantema c) qoʻqongul d) boʻznoch e)boʻyimadoron f) kartoshkagul a) b, c, d, e b) a, b, c, f c) d, e, f d) a, b, e, f 171. Moychechakdoshlar oilachasiga mansub oʻsimliklarni aniqlang. a) shuvoq, qora jusan, kakra b) karrak, maxsar, shuvoq c) yovshan shuvogʻi, qora jusan, boʻznoch d) takasoqol, karrak, kakra 172. Ermon shuvogʻining qaysi qismidan dori tayyorlanadi? a) mevasi, urugʻi va ildizpoyasidan b) ildizi, bargi va mevasidan c) faqat toʻpgulidan d) bargi, poyasi va toʻpgulidan 173. G k 4-5 Gt 5,(5) Ch 5 U (2-6) gul formulasi qaysi oʻsimlik oilasiga mansub? a) shoʻradoshlar b) ituzumdoshlar c) gulxayridoshlar d) tokdoshlar 174. Gk(5) Gt(5) Ch(5) U1 gul formulasi qaysi oilaga mansub? a) shoʻradoshlar b) ituzumdoshlar c) gulxayridoshlar d) tokdoshlar 175. Gk4-5 Gt(5) Ch5 U(2) gul formulasi qaysi oʻsimlikka mansub? a) tok b) liftok c) sachratqi d) ituzum 176. Qaysi oʻsimliklarning changchilari 5 ta boʻlib, ulardan 4 tasi 2 tadan juft boʻlib qoʻshilgan 1 tasi erkin? a) bodring, burchoq b) zira, jagʻ-jagʻ c) sebarga, loviya d) qovun, oshqovoq 177. Sachratqining savatchasida qanday gullar joylashadi? a) bir jinsli, tilsimon b) jinssiz, naysimon c) ikki jinsli, tilsimon d) ikki jinsli, naysimon 178. Ermon shuvogʻi oʻsimligining gullari qanday toʻpgulda joylashgan? a) murakkab soyabon b) savatcha c) oddiy shingil d) murakkab qalqon 179. Qaysi oilalarda barglari yon bargchali? a) ra’nodoshlar b) shoʻradoshlar c) burchoqdoshlar d) tokdoshlar e) ituzumdoshlar f) gulxayridoshlar a) a, c, d b) d, e, f c) b, e, f d) a, b, c 180. Qaysi oilalarda barglari yon bargchasiz? a) ra’nodoshlar b) shoʻradoshlar c) burchoqdoshlar d)tokdoshlar e)ituzumdoshlar f) gulxayridoshlar a) a, c, d b) d, e, f c) b, e, f d) a, b, c 181. Buyraksimon barg qaysi oʻsimlikda boʻladi? a) oshqovoqda b) terak c) nok d) otquloq 182.Oddiy zira oʻsimligining soyaboni tuzilishini belgilang. a) koʻp nurli, 5-20 gulli b) koʻp nurli, 20-30 gulli b) 15-20 nurli, 20-30 gulli d) 15-20 nurli, koʻp gulli 183.Kovrak oʻsimligiga xos hususiyatni belgilang. a) 50-70 sm dan 1 m gacha (bargi) b) 200-250 sm (boʻyi) c) barglari qipiqqa aylangan d) hayotida bir necha marta gullaydi e) hayotida bir marta gullaydi j) 80-100 (120) sm ( boʻyi) a) a,b,d b) a,c,j c) a,b,e d) b,c,e 184.Shingil toʻpgul qaysi oilalarga xos? a) ra’nodoshlar b) burchoqdoshlar c) shoʻradoshlar d) karamdoshlar e) gulhayridoshlar a) a,b,c b) a,b,c,e c) a,b,c,d d) a,b,d 185. Besh yaproqli partenotsissus (1) va terakbargli liftokni (2) tok oʻsimligiga oʻxshashlik (a) va farqini (b) koʻrsating. 1. gul tuzilishida 2. mevasining tuzilishida 3. hayotiy shaklida 4. bargida 5. uchrash joyida a) I-a; 1,2,3 I-b; 4,5 II-a; 1,2 II-b; 3,4,5 b) I-a; 1,2 I-b;3, 4,5 II-a; 1 II-b; 2,3,4,5 c) I-a; 1,2,3,4 I-b; 5 II-a; 1,2 II-b; 3,4,5 d) I-a; 1,2,3 I-b; 4,5 II-a; 1 II-b; 2,3,4,5 186. Yerbagʻir tugmachagul va oshqovoq oʻsimliklarining oʻxshashlik (a) va farqlarini (b) koʻrsating. 1. bargi buyraksimon 2. barg cheti 5-7ga boʻlingan 3.bargi butun 4. gulning tuzilishida a) a-2,4 b-1,3 b) a-2 b-1,3,4 c) a-1,2 b-3,4 d) a-2,3 b-1,4 187. Yovvoyi sabzi va zira oʻsimliklarining oʻxshashligi (a) va farqini (b) koʻrsating. 1. toʻpgulida 2. soyabonchalar sonida 3. hayotiy shaklida 4. mevasida 5. balandligida 6. mevasi pishib yetilish vaqtida a) a-1,4,6 b-2,3,5 b) a-1,3,4,6 b-2, 5 c) a-1,4 b-2,3,5,6 d) a-1,4,6 b-2, 5 188. Qaysi oila vakillarida chanchilar gultojibarglarni qoʻshilishidan hosil boʻlgan nayda oʻrnashgan? a) qovoqdoshlar b) ituzumdoshlar c) tokdoshlar d) ra’nodoshlar 189. Qaysi oila vakillari asosan bir va koʻp yillik oʻtlar boʻlib, ularning buta, liana va daraxtlari faqat tropik mintaqalarda oʻsadi? a) qovoqdoshlar b) shoʻradoshlar c) murakkabguldoshlar d) karamdoshlar 190. Beshaproqli partenotsissusga xos boʻlmagan belgilarni koʻrsatish. a) tokdoshlar oilasiga mansub; b) poyasi ingichka, uzun, jingalaklari bilan ilashadi; c) barglari butun, cheti yirik tishli; d) yotib oʻsuvchi buta; e) barglari panjasimon murakkab; f) gulkosachasi aniq koʻrinmaydi; h) guli toknikiga oʻxshaydi a) a,b,e,h b) c,d,f c) d,e,h d) a,b,c,f 191. Oʻzbekiston hududida nechtaga yaqin bir urugʻ pallalilarga doir tur uchraydi? a) 4000 b) 240000 c) 3700 d) 800 192. Quyidagi oʻsimliklar qaysi oilaga mansubligini aniqlang? 1 . matur 2. olgʻi 3. xolmon 4. kovrak a. loladoshlar b. piyozdoshlar c. ziradoshlar d.ra’nodoshlar a) 1-b: 2-a: 3-a: 4-c b) 1-c: 2-a: 3-d: 4-b c) 1-b: 2-a: 3-c: 4-d d) 1-c : 2-b: 3-a: 4-b 193. Qaysi oilaga mansub oʻsimliklarda changchisi oltita (1) va oʻnta (2) boʻlishi mumkin? a) ra’nodoshlar b) burchoqdoshlar c) karamdoshlar d) loladoshlar e) bugʻdoydoshlar f) shoʻradoshlar a) 1 – c, d, e 2 – b b) 1 – b 2 –c d, e c) 1 – c , d, e 2 – a , b , f d) 1 – a , c, f 2 – b , d, e 194. Oʻzbekistonda boychechak turkumining nechta turi oʻsadi? a) 30 ta b) 16 ta c) 20 ta d) 25 ta 195. Bir urugʻ pallali oʻsimliklarga mansub boʻlgan guruhni aniqlang. a) noʻxat, bugʻdoy, sholi, gʻoʻza b) beda, yeryongʻoq, arpa, makkajoʻxori c) arpa, sholi, lola, makkajoʻxori d) terak, loviya, karam, baqlajon 196. Koʻsak va rezavor mevalar qaysi oila uchun xos ? 1. burchoqdoshlar 2. loladoshlar 3. qoqioʻtdoshlar 4.karamdoshlar 5. ituzumdoshlar a) 1.2 b) 2.3 c) 3.4 d) 2.5 197. Qaysi oilaga mansub oʻsimliklar bir yoki koʻp yillik, gulqoʻrgʻoni oddiy, tojisimon, changchisi 6 ta, urugʻchisi bitta, mevasi koʻsakcha,manzarali oʻsimliklar hisoblanadi? a) loladoshlar b) qoqioʻtdoshlar c) tokdoshlar d) ra’nodoshlar 198. Gulqoʻrgʻoni oddiy, mevasi rezavor va koʻsak boʻlgan oilani belgilang. a) tokdoshlar b) bugʻdoydoshlar c) qovoqdoshlar d) loladoshlar 199. Qaysi oʻsimlik pichan tayyorlash uchun gullagan vaqtda oʻriladi ? a) gʻumay b) javdar va arpa c) chayir d) makkajoʻxori 200. Qaysi qatorda piyozli oʻsimlik berilgan ? a) xarduma b) ajriq c) sholi d) allep joʻxorisi 201. Bugʻdoydoshlar oilasining bargi qanday qismlardan iborat ? a) barg bandi va barg yaprogʻ b) barg qini va barg yaprogʻi c) faqat barg yaprogʻi d) tilcha va qincha 202. Qaysi oila vakillarining changchilar soni 3 ta yoki 6 ta? a) karamdoshlar b) gulxayridoshlar c) boshoqdoshlar d) dukkakdoshlar 203. Bugʻdoydoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar guruhini aniqlang. a) andiz, xrizantema b) saksovul, yantoq c) gʻumay, ajriq d) bugʻdoy, boʻtakoʻz 204. Makkajoʻxori, bugʻdoy, arpaning tuzilishidagi umumiy belgilarni aniqlang. a) poyasi somon, ildizi popuk, mevasi yongʻoq b) poyasi qisqargan, ildizi popuk, mevasi dukkak c) poyasi somon, ildizi popuk, mevasi don d) poyasi oʻt, ildizi popuk, mevasi pista 205. Joʻxori turkumiga oid oʻsimlikni aniqlang. a) javdar b) gʻumay c) kungaboqar d) tariq 206. Boʻyi 50 – 150 sm keladigan gʻumay oʻsimligi qaysi turkumga mansub ? a) arpa turkumiga b) gʻumay turkumiga c) joʻxori turkumiga d) kungaboqar turkumiga 207. Xarduma bugʻdoydoshlarning qaysi turkumiga mansub? a) shirach b) gʻoʻza c) arpa d) ajriq 208. Piyozdoshlar oilasini gul formulasini belgilang. a) Og3+3 Ch3+3 U1 b) Og3+3 Ch3+3 U(3) c) Og3+3 Ch3+3 U(5) d) Og0,5Ch(2-5) U(2-5) 209. Manzarali piyoz turini belgilang a) oshanin piyoz b) nor piyoz c) matur d) qum piyoz 210. Poyasida kambiy boʻlmaydigan oʻsimilikni aniqlang. a) na’matak b) terak, javdar c) tariq, bugʻdoy d) gʻoʻza, nok 211. Piyozdoshlar oilasiga oid iste’mol qilinadigan(I) va xushmanzara(II) turlarni belgilang. 1. pskom piyoz 2. qoʻshbarg piyoz 3. gul piyoz 4. nor piyoz a. I-2.4 II-1.3 b. I-1.3 II-2.4 c. I- 2.3.4 II-1 d. I-1 II-2.3.4 212. Piyozning xushmanzara turini aniqlang ? a) pskom piyoz b) oshpiyoz c) qumpiyozi d) suvorov e) norpiyoz f) qoʻshbargli piyoz a) d, e, f b) a, d, f c) b, c, e d) a, d, c 213. Boshoqcha oʻqidan (1) va gulbanddan chiqqan (2) gul qipigʻining bir – biridan farqini aniqlang. a) etli b) kattaroq c) ostki d) kichikroq e) nozik va mayda f) ustki a) 1 a, d, f / 2 b, c, e b) 1 b, c, e / 2 a, d, f c) 1 a, b, c / 2 d, e, f d) 1 d, e, f / 2 a, b, c 214. Bugʻdoydoshlarning gullaridagi changchilari va urugʻchilari nima bilan oʻralgan? a) oʻsimtasimon tilchalar bilan b) ikkita gul qipigʻi bilan c) ostki boshoqning qipigʻi bilan d) ustki boshoqning qipigʻi bilan 215. Bugʻdoydoshlarning har-bir boshoqchasi ostidan nima bilan oʻralgan? a) ostki gul qipigʻi bilan b) ustki gul qipigʻi bilan c) 2 ta boshoqcha qipigʻi bilan d) pardasimon tilcha bilan 216. Qaysi oila vakillarida toʻpguli yoshligida qobiq bilan oʻralgan boʻladi? a) qovoqdoshlar b) shuvoqdoshlar c) piyozdoshlar d) tokdoshlar 217. Iste’mol qilinadigan, tabiiy holda oʻsadigan piyoz turlarini aniqlang. a) pskom piyozi b) oshanin c) qum piyoz d) suvorov e)nor piyoz f) qoʻshbarg piyoz a) a,b,c b) b,c,e c) a,d,f d) d,e,f 218. Bugʻdoydoshlar oilasini gul formulasini belgilang. a) Og (2)+2 Ch3,6 U1 b) Og3+3 Ch3+3 U(3) c) Og3+3 Ch3+3 U(5) d) Og0,5Ch(2-5) U(2-5) 219. Qaysi oila vakillari Avstraliyada uchramaydi a) qovoqdoshlar b) shuvoqdoshlar c) piyozdoshlar d) tokdoshlar 220. Loladoshlar oilasiga masub qancha tur oʻsimliklar Oʻzbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan? a) 23 ta b) 10 ta c) 25 ta d) 2 ta 221. Bugʻdoydoshlar oilasiga masub qancha tur oʻsimliklar Oʻzbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan? a) 23 ta b) 10 ta c) 25 ta d) 2 ta 222. Piyozlardan qancha tur vakillari Oʻzbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan? a) 23 ta b) 10 ta c) 25 ta d) 2 ta 223. Qoʻngʻirbosh turkumiga oid qancha tur uchraydi? a) 30 ta b) 25 ta c) 26 ta d) 7 ta 224. Ajriq oʻsimligi qaysi oilaga mansub? a) loladoshlar b) piyozdoshlar c) bugʻdoydoshlar d) qoqioʻtdoshlar 225. Qaysi piyoz dorivorlik xususiyatiga ega? a) suvoriy piyoz b) matur piyoz c) nor piyoz d) osh piyoz 226.Makkajoʻxori va kanop oʻsimliklarni farqini koʻrsating. a) hayotiy shakli b) boʻyining uzunligi c) bargining tuzilishi d) gulining tuzilishi e) ildiz sistemasi a) a,c,d,e b) c,d,e c) a,b,d d) a,b,d,e 227,Qaysi oila vakillari uchun koʻsakcha meva xos emas? 1. loladoshlar 2. ra’noguldoshlar 3. ziradoshlar 4. gulxayridoshlar 5. tikdoshlar 6. ituzumdoshlar a) 2,4,5 b) 1,2,4,5 c) 2,3,5 d) 1,2,3,4 228. Arpa va ituzum uchun umumiy boʻlgan belgini koʻrsating. a) barg bandining boʻlishi b) hayotiy shakli c) mavasining tuzilishi d) ildizining tuzilishi http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group Download 206.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling