O’simliklar va hayvonot olami


Download 15.42 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi15.42 Kb.
#1012679
Bog'liq
Dars ishlanma


Mavzu: O’simliklar va hayvonot olami
Darsning maqsadi: Ta’limiy: o‘quvchilarni “ O’simliklar va hayvonot olami” mavzusi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘ nikmalarini shakllantirish. TK 3: ensiklopedik kitoblarni muntazam o‘qish va bilimini oshirish. FK 1: matn mazmunini qayta hikoya qilish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarning tabiatga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash. TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish. FK 2: matnga o’z munosabatlarini bildira olish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “O‘rnini almashtir” o‘yini. Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari, darslik. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Suv havzalari” matni vazifasi tekshiriladi, mazmuni 3–4 o‘quvchiga so‘zlatiladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tka ziladi. 1. Daryo deb nimaga aytiladi? 2. O‘zbekis ton hududidan oqib o‘tadi gan eng uzun daryo qaysi? 3. O‘lkamiz hududidan oqib o‘tadigan eng sersuv daryoning nomi nima ekan? 4. Amudaryo qayerdan boshlanar ekan? 5. Kanal deb nimaga aytilar ekan? 6. Ko’l deb nimaga aytiladi? 7. Suv ombori nima? III. Yangi mavzu bayoni. – Bolajonlar, bugun biz sizlar bilan yangi mavzuni boshlaymiz. Bugungi mavzuning nomi “O’simliklar va hayvonlar” -- Ho’sh bolajonlar, qani kim menga aytadi oldingi sinflarda biz “O’simliklar va hayvonlar” mavzusiga oid qanday bilimlarni olgan edik? O‘quvchilar bilan yangi mavzu yuzasidan suhbatlashiladi ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi. O‘qituvchi “O’simliklar va hayvonlar” mavzusini ifodali o‘qib beradi. Matn mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi. O‘simliklar – Quyosh nuri, havo, tuproq va suvdan o‘z hayoti uchun zarur moddalarni olib, tanasida to‘plash qobiliyatiga ega tirik organizmlar dunyosi. Bundan 3 mlrd yil oldin dastlabki ko‘k-yashil suvo‘tlar paydo bo‘lgan. O‘simliklar inson uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqalarni beradi. Hayvonlar – o‘simliklar va boshqa jonzotlar bilan oziqlanadigan tirik organizmlar. Hayvonlar dastlab suvda, bundan 1 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Bundan 450 mln yil avval hayvonlar o‘simliklar bilan bir vaqtda quruqlik yuzasini egallagan. Tabiatda hayvonlar katta ahamiyatga ega. Hayvonlar oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. Hayvonlar odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi. Uy hayvonlari go‘sht, sut, jun, teri va boshqa mahsulotlar olinadi. Mamlakatimizda o‘simliklar va hayvonlarni muhofaza qilish hamda ko‘paytirish uchun qo‘riqxonalar tashkil etilgan. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “O’simliklar va hayvonlar” matni o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi. O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi. “O‘rnini almashtir” o‘yini. Ekranda matndagi gaplar tarkibidagi so‘zlar tartibsiz beriladi. O‘quvchilar shu gapdagi so‘zlarni o‘rnini almashtirib, gap hosil qiladilar va shu gapni matndan topib o‘qiydilar. V. Darsga yakun yasash va baholash. Savol-javob o‘tkaziladi. 1. O’simliklarning ta’rifini ayting. 2. Hayvonlarning ta’rifini ayting. 3. O’simlik va hayvonlar qachon paydo bo’lgan? 4. Odamlarning va hayvonlarning hayotini o‘simliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi deganda nimani tushundingiz? 5. Tabiatda hayvonlar qanday ahamiyatga ega? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa: “O’simliklar va hayvonlar” matnini o‘qish.
Download 15.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling