O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar


O'simliklarni sugorishning fiziologik asoslari


Download 156.04 Kb.
bet9/14
Sana20.06.2023
Hajmi156.04 Kb.
#1636849
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
153600-O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddal

O'simliklarni sugorishning fiziologik asoslari
Sun'iy sug'orish yuqori hosil olish garovidir. Suv taqchilligi qanday bo'lishdan qa'tiy nazar u o'simliklardagi fiziologik jarayonlarga ta'sir etadi. Sun'iy sug'orishni to'g'ri tashkil qilishda barcha ichki va tashqi omillar inobatga olinishi lozim hamda sug'orish soni, muddatlari va me'yorini aniq belgilash kerak.
O'simliklar vegetatsiyasi davomida lozim bo'lgan suv miqdori-sug'orish normasini quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
E=aP+ΔW+M
E-umumiy suv miqdori, m3/ga;
Fotosintez ekologiyasi
Fotosintez ekologiyasi deganda, fotosintez mahsuldorligi tashqi sharoit omillarining ta’siriga bog‘liq ekailigi tushuniladi. Bu omillarningta’siri va о‘simliklarning bu ta’sirlarga moslashuvi о‘simlikshunoslikda katta axamiyatga ega. Chunki fotosintez jadalligi va mahsuldorligi shu munosabatga bog‘liq.
Fotosintez jadalligi deb bir metr kvadrat yoki dm2 barg yuzasi hisobiga bir soat davomida о‘zlashtirilgan SO2 yoki hosil bо‘lgan organik modda miqsoriga aytiladi.
Fotosintezning sof mahsuldorligi deb bir kecha-kunduz davomida о‘simlik quruq massasining barglari yuzasi hisobiga ortish nisbatiga aytiladi. Kо‘pchilikо‘simliklar uchun bu 5-12 g/m2gateng.
Fotosintez eng muhim fiziologik jarayenlaridan biri bо‘lib, о‘simliklar tomonidan boshqariladi va ularning boshqa funksiyalariga ham ta’sir etadi. Shuning uchun xam bu jarayonga tashqi va ichki omillarning ta’sirini о‘rganish katta ahamiyatga ega.
Yorug‘lik. Yorug‘lik fotosintezning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bо‘lib, uning jadalligi va spektral tarkibi katta ahamiyatga ega. Yorug‘lik spektridagi faol (400-700 nm) nurlarning 80-85 foizini barglar yutadi. Lekin shundan faqat 1,5-2 foizi fotosintez uchun sarflanadi, ya’ni kimyoviy energiyaga aylanib, organik modsalar tarkibida (makroergik bog‘larda) tо‘planadi. Qolgan energiyaning 45 foizi transpiratsiya uchun va 35 foizi issiqlik energiyasiga aylanib sarflanadi.
A.S.Faminsinning kо‘rsatishicha (1880), fotosintez eng past yorug‘likda, xatto kerosin lampasining yorug‘ligida ham bо‘lishi mumkin. Ayrim olimlarning-kо‘rsatishicha, fotosintez kechki nomozshom va ba’zi mintaqalardagi yorug‘ kechalarda (oqtun) kuchsiz bо‘lsa ham davom etadi.
Kupchilik о‘simliklarda fotosintez tezligi yorug‘likning jadalligiga bogliq. Utо‘la quyosh yorugliginiig 1 gacha oshib boradi. Yorug‘liksevar о‘simliklarda esa tо‘la quyosh yorug‘ligining 1 gacha oshib boradi. Yorug‘lik kuchining bundan oshib borishi fotosintezga kamroq ta’sir etadi.
Fotosintezning yorug‘likka tо‘yingan (maksimal) xolati о‘simlik turlariga bog‘liq. Bu daraja yorug‘liksevar о‘simliklarda ancha yuqori, soyaga chidamlilarda esa past bо‘ladi. Masalan, ayrim soyaga chidamli о‘simliklarda (marshansiya moxida) fotosintezningyorug‘likkatо‘yingan xolati yorug‘lik 1000 lk bо‘lganda yuz beradi, yorug‘liksevar о‘simpiklarda esa 10000-40000 lk.da yuz beradi. Kо‘pchilik qishloq xо‘jalik ekinlari xam yerug‘liksevar о‘simliklar guruhiga kiradi. Yorug‘likning maksimal darajadan yuqori bо‘lishi xlorofnllarning va xloroplastlarning‘ buzilishiga sababchi bо‘lishi mumkin, natijada о‘simliklarning mahsuldorligi kamayadi.
Eng yuqori yorug‘likda fotosiitez jadalligi о‘simliklarning nafas olish tezligidan sezilarli darajada baland bо‘ladi, ya’ni fotosintez uchun yutilgan SO3 ning miqdori nafas olish jarayonida ajralib chiqqan S02 ning miqdoridan kо‘p bо‘ladi. Yorug‘likning pasayib borishi natijasida esa SO2 lar о‘rgasidagi farq ham kamayib boradi. Fotosintez jarayonida yutilgan SO2 ning miqdori bilan nafas olishdan ajralib chiqqan SO2 ning miqdori bir-biriga teng bо‘lgan yorug‘lik darajasi –yorug‘likning kompensatsiya nuqtasi deyiladi. Yorug‘likning kompensatsiya nuqgasi soyaga chidamli о‘simliklarda quyosh yorug‘ligining 1 foizda, yorug‘liksevar о‘simliklarda 3-5 foizida sodir bо‘ladi.
Yorug‘likning fotosintezdagi samaradorligiga boshqa omillar ham ta’sir etadi. Masalan, havodagi SO2 ning miqdori kam va harorat past bо‘lganda yorug‘lik jadalligining oshib borishi juda kamta’sir etadi. Havo tarkibidagi SO2 ning miqdori bilan yorug‘likning birgalikda oshib borishi fotosintez tezligini xam oshiradi.
Fotosintezda yorug‘lik nurlarining spektral tarkibi ham muhim rol о‘ynaydi. Spektrning qizil nurlari ta’sirida fotosintez jadalligi eng yuqori darajada kechadi. Chuiki bu nurlar bir kvantining energiyasi 42 kkal/molga teng bо‘lib, xlorofill molekulasini qо‘zg‘algan holatga о‘tkazadi va energiyasi fotokimyoviy reaksiyalar uchun tо‘la foydalaniladi. Spektrning kuk qismidagi nurlarning bir kvantida 70 kkal/mol energiya bо‘lib, uni qabul qilgan xlorofill molekulasi qо‘zg‘algan holatning yuqori darajasiga о‘tadi va to fotokimyoviy reaksiyalarda foydalanguncha bir qismi issiklik energiyasiga aylanib atrofga tarqaladi. Shuning uchun ham bu nurlarning unumliligi kamroq bо‘ladi. Lekin fotosintez uchun engqulay bо‘lgan qizil nurlarga tо‘yingan qizil nurlar hisobida 20 foiz kо‘k nurlar qо‘shilsa, fotosinteziing tezligi oshadi.

Download 156.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling