O’simliklarning Kimyoviy Tarkibi Va Oziqlanishi r e j a: Suv O’simliklar quruq moddasi


Download 152.47 Kb.
Pdf просмотр
Sana29.12.2019
Hajmi152.47 Kb.

O’simliklarning Kimyoviy Tarkibi Va Oziqlanishi 

R E J A: 

     1.Suv 

     2.O’simliklar quruq moddasi. 

     3.Oqsillar va boshqa azotli birikmalar. 

     4.Uglevodlar. 

     5.Yog’lar. 

 

     O’simliklar   organizmi suv va quruq moddadan  tarkib  topgan. 

Quruq  modda  organik  va  mineral  birik-malardan  iborat. 

O’simliklarning  organlari va to’qimalaridagi suv  va quruq modda 

miqdori turlicha  bu-ladi. 

     1.  O’simliklarning    o’sayotgan    vegetativ      organlarida  70    dan  

95 %,urug’larning zahira to’plovchi  to’qimalarida suv bo’ladi.   

    O’simliklardagi  suvning  funktsiyalari  uning  fizik    va  himiyaviy 

xossalari  bilan  bog’’liq.  Suv  ko’pgina  birikmalar  elektrolitik 

dissotsiyalanadi  va  bu  ionlarni  o’simliklar  zaruriy  ozuqa 

elementlari tariqasida o’zlashtiriladi. 

       Suvning  sirti    tarangligi    yuqori  bo’lganligi  sabab  u  turli 

jarayonlarda va mineral hamda organik birikmalarning bir joydan 

ikkinchi joyga siljishiga katta rol o’ynaydi. 

      Suv  o’simliklardagi  energetik  o’zlashtirishlarda  avvalo,  quyosh 

energiyasi  ishtirokida  yuzaga  chiqadigan    fotosintezda  ximiyaviy 

birikmalar katta ahamiyatga ega. 

O’simliklar to’qimalarini hujayralaridagi suv saqlashiga sabab 

bo’ladi,  bu  turli  tuman  fiziologik  va  biokimyoviy  jarayonlarning 

yo’nalishini belgilab beradi. 

Suv  tuproqdan    o’tadigan  mineral    tuzlarni  erituvchi  va 

o’simliklardagi  moddalarning  harakatlanishi    almashshinuvi  

uchun, 

muhimgina 

bo’lib, 

qolmay 

o’simlik 

hujayralari 

strukturasining ajralmas qismi hamdir.      

     2.  O’simliklar  quruq  moddasi  va  agregatdan  tarkib    topadi. 

Qishloq  xo’jaligi    asosiy    ekinlarni  tovar  bilan  birga  ketadigan  

quruq  modda  miqdori  juda  keng  doirada  o’zgarish  gektariga  15-

100 ts bo’lishi mumkin. 

O’simlik  mahsulotlari  ayrim  organik  moddalarning    qimmati 

shu  mahsulotlarning    turi    va  qay  maqsadda  ishlatilishiga  qarab 

turlicha  bo’lishi  mumkin.  Don  ekinlari  orasida  tarkibida  oqsil 

miqdori  ko’p  bo’ladigan  ekin  bug’doy,  kraxmal  ko’pi  esa  guruch 

bilan  arpadir.  Arpa  donida  oqsil  miqdori  ko’p  bo’lsa,  pivo 

tayyorlanadigan donning sifati yomonlashadi.  

     3.Oqsillar juda cheklangan aminokislotalardan   tuzilgan yuqori 

molekulyar moddadir. 

     O’simliklarning  vegetativ    organlarida    5-20    boshoqli    don 

ekinlaridan 6-20 dukkakli va moyli urug’larda 20-35% oqsillarning 

elementlar  tarkibi    ancha    o’zgarmas    S-51-55,0-21-24,N-15-18,  N-

6,5  S-0,3-1,5  Oqsillar  tarkibida  urug’lardagi  azotni  va  ko’pincha 

vegetativ organlardagi azotning ko’p qismi bo’ladi. 

    O’simliklarning  vegetativ  organlarida  oqsillar  miqdori  ular 

massasining 5-20 % ni tashqil etsa, boshoqli  don 6-20 %, dukkakli 

va moy  ekinlar  urug’’ida esa 20-35%  tashqil etadi.  

Oqsilning  elementlari tarkibi ancha o’zgarmas, ya’ni barqaror  

bo’lib  ,  quyidagicha  (%  hisobida)  S-51-55,X-21-24%,N-15-18,  H-

6,5-7-0,3-1,5. 

O’simliklar  oqsillari  20  ta  aminokislota  va  ikkita  amiddan 

tuzilgandir. 

Oqsillar  tarkibida    urug’lardagi  azotni  umumiy  azot 

miqdorining  kamida  90%  va  ko’pgina  o’simliklar  vegetativ 

organlaridagi azotning ko’p qismi (75-90%)bo’ladi.     

4.  Shakarlar  barcha  qishloq  xo’jaligi  ekinlarida  oz  miqdorda 

bo’ladi,  ko’pgina  o’simliklarda  monasaxaridlar  asosan  glyukoza, 

fruktoza, oligosaxaridlar  esa disaxarid saxaroza holida bo’ladi. 

Monosaxaridlar avvalo, glyukoza o’simliklarning nafas olishida 

asosiy energetik material hisoblanadi, ularning boshqa saxarofosfat 

bilan  fotosintezda  murakkab  uglevodlar      sintezida  va  moddalar 

almashinish  jarayonlarida  ishtirok  etadi.  Fruktoza,  glyukoza  va 

saxarozadan shirinrokdir. 

Saxaroza  kand  lavlagida  (14-22%)  va  shakar  qamish 

poyasining shirasida (11-25%)asosiy zahira uglevod hisoblanadi. 

Kraxmal  o’simliklarning  barcha  yashil  organlarida  ozroq 

miqdorda  bo’ladi,  lekin    tuganaklarda,  piyozboshlarida  va 

urug’larda  asosiy  zahira  uglevod  sifatida  to’planadi.  Kartoshka 

ertangi  navida  kraxmal    miqdori  10-14%,  o’rta  va    kechpishar 

navida esa 16-22%. Boshqa g’allagullilar donida kraxmal odatda 55 

- 70% ga etadi.  

Sellyo’loza-hujayra devorlarining asosiy tarkibiy qismidir. 

Paxta  tolasi  95-98%  zig’ir,  lub,  kanop,  jut  da  esa  80-90    %  

sellyo’lozadan  iborat.  Pardali  gallagullilar  (suli,guruya,tarik) 

urug’’larida sellyo’loza 10-15% bo’ladi.                

     5.  Yog’lar  va  yog’simon  moddalar  (lipidlar)  o’simlik  hujayrasi 

sitoplazmasining  struktura  komponentlari  hisoblanadi,  moyli 

ekinlarda  zahira  birikmalar  rolini  bajaradi.  Odatda  strukturali 

lipidlarning miqdori ko’p emas o’simlik ho’l massasining 0,5-0,1%i 

atrofida  bo’ladi,  lekin  ular  o’simlik  hujayralarida  muhim 

fukntsiyalarni,  shu  jumladan  membranalarning  sigdiruvchanligini 

boshqarishda doir funktsiyalarni bajaradi.  

  Eng  muhim  moyli  ekinlar  va  soya  urug’lardagi  moy  (yog’)  ning 

o’rtacha miqdori: %  hisobida: 

 

Kanakunjut -60    

Zig’ir -30 

Kunjut-45-50 

Kanop-30 

Ko’knori-45-50 

Hantal-30-35 

Zaytun-45-50 

Chigit- 25 

Kungabokar-24-50   

Soya-20  

      

BILIMINGIZNI SINAB KURING: 

 

 1.  Turli  xil  o’simlik  va  mahsulotlarida  suv  va  quruq 

moddaning miqdori qanday bo’ladi. 

 2. Suv o’simliklar  tanasida qanday asosiy vazifalarni bajaradi. 

1.  Makro va mikroelementlar to’g’risida nimalarni bilasiz? 

2.  Oqsillarning kimyoviy  tarkibi qanday? 

3.  Nima uchun kul elementlari deymiz? 

4.  Proteinlar va proteidlarning farqi nimada. 

5.  O’simliklar  tarkibida  uchraydigan  qaysi  azotli  moddalarni 

bilasiz? 

6.  "Hom potein" deganda siz nimani tushunasiz? 

7.  O’simliklar  tanasidagi  asosiy  uglevodlarni  birma-bir    ayting 

va ularning O’simliklardagi miqdorini va  vazifasini ayting? 

8.  Kraxmal    tarkibidagi  amilaza  va  ami  lopek    tining        uh  

shash va  farklanuvchi tomonlarining ayting? 

9.  O’simliklar  tarkibidagi  yog’lar  va  yog’simon  moddalar 

haqida nimalarni bilasiz? 

10. 

Asosiy moyli ekinlar tarkibidagi eg miqdorini  ayting? 

11. 

O’simliklarning  mineral  oziqlanish elementlarini birma-

bir aytib bering? 

12. 

G’o’za usimligining kimyoviy tarkibini yozing? 

     

Test savollari. 

 

1.  Tarkibida  juda  kam  miqdorda  suv  tutgan  O’simlik  urug’’i 

nomini toping? 

A. 

Makkajo’xori  

V. Javdar  

S. Suli  

D. Grechixa 

E.  Zig’ir 

2. «Kul elementlari»  qaysi javobda keltirilgan? 

A. N, CL,S,P: 

V. Ca,Mg, Cu, S: 

S.  O, H, Fe, Na: 

D. Fe, Mg, CL, O: 

E. N, O,H,CL. 

3.  Agrokimyo  fani  o’simliklar  oziqlanishining  qaysi  turini 

o’rganadi? 

A. Fotosintez 

V. Saprofit 

S. Geterotrof 

D.  Mineral 

E. 

Aytilganlarni 

barchasi. 

4.  Oqsillarn kimyoviy tarkibi qaysi javobda to’g’ri berilgan? 

A. S-51-55; 0-21-24; N- 15-18; N-6,5-7; S-0,3 -1,5. 

V.  S- 48-50; O-16-18; N -14-15; N-4,5-5; S- 0,5-2,0. 

S. S- 35-41; O-8-11; N- 9-11; N-2-2,5; S- 1,5-3,0. 

D. S-28-31; O-7-9; N – 7-11; N-2-4; S -2-4,0% 

E. S- 51-54; O-19-23; N -15-17; N-6,4-7,0; S-0,2-1,5. 

5.  Kunjit  o’simligining  urug’’idan  necha,  %  yog’  (moy) 

saqlanadi? 

A. 45-50%, 

V. 44-49%, 

S. 45-48%, 

D. 50-55%, 

E. 60-70%. 

6. Oqsilga boy o’simlik turini ayting? 

A. 

Makkajo’xori 

V. G’o’za  

S. Bug’doy 

D. Loviya 

E. Bodring 

7. Pomidor tarkibida suv necha % ni tashkil qiladi? 

A. 20-30, 

V. 40-50 

S. 90-95 

D. 60-70 

E. 70-80 

8. Tarkibida ko’p miqdorda yog’ to’tadigan o’simliklar nomini 

ayting? 

A. 

Piyoz, 

bodring, 

kartoshka 

V. Arpa, suli, mosh  

S. Soya, zaytun, zig’ir 

D. 

Mosh, 

lavlagi, 

kungaboqar 

E. Qovun, tarvuz, tariq 

  

   ADBIYOTLAR:3, 4, 5, 9. 

 

 

 

4-MAVZU: O’SIMLIKNI OZIQLANTIRISH. 

 

R E J A: 

     1.Havodan oziqlanish. 

     2.Ildizdan oziqlanish. 

     3.Oziqlanishda tuproq eritmasining ta’siri. 

     4.O’simliklarning  oziq    moddalarni    etishga      tashqi      muhit 

ta’siri. 

     5.O’simlikning oziqlanishiga   mikroorganizmlarning    roli. 

 

   Yuksak o’simliklar avtotrof organizmlardir ularning o’zi mineral 

birikmasi hisobiga organik moddalar sintez  qiladi. 

   1.  Fotosintez  o’simliklarda  organik    moddalar    hosil    bo’lishiga 

olib  keladigan  asosiy  jarayondir,  bundan  o’simlik  bargi  orqali 

quyosh    energiyasi  kimyoviy  energiyaga  aylanadi,  bu  esa  S0

2

  va 

suvdan sintez bo’lishida foydalaniladi. 

         Mahsulot  sifatida  oddiy  uglevodlar  hosil  bo’lishiga  olib 

boradigan fotosintezning umumiy tenglamasi quyidagicha bo’ladi: 

            6SO

2

Q6N

2

O   S

6

N

12

O

6

Q6O

2

Q2874  kj 

    Keyingi 

o’zlashtirishlar 

natijasida 

o’simliklar 

oddiy 

uglevodlardan ancha murakkab uglevodlar, boshqa azotsiz organik 

birikmalar  hosil  qiladi.  O’simliklarda  aminokislotalar  oqsil  va 

boshqa azotli organik  birikmalarning sintezi azotning  (shuningdek    

fosfor      va  oltingugurtli)  mineral  birikmalar  va  oraliq  almashinish 

mahsulotlari  sintezlanish  va  parchalanish  mahsulotlari  uglevodlar 

hisobiga amalga oshadi.  

    Fotosintez  intensivligi  va  mineral  oziq  elementlari  bilan 

ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. 

    Fotosintezda o’simliklar barglari orqali atmosferadan o’tgan SO

2

 

ni o’zlashtiradi.  SO



ning ozgina  qismigina o’simlik ildizlari orqali 

yutilishi mumkin.      

      2.Tuproqda  azot    va    kul  elementlari  ildiz  sistemasining 

yuzasidan ionlar holida yuritadi masalan azot anion NO

3- 

va  kation 

NH

4

+  

holida  yuritiladi  o’simlik  ildiz  nafas olishida ildiz yuzasidan 

ionlar  tuproq  eritmasi  ionlari  bilan  almashtirib  o’simlikka 

o’zlashtiriladi.  Dukkakli  o’simliklar    tugunak  bakteriya  bilan 

simbioz  holida  yashab  atmosferadan      molekulyar  azotli  ham 

o’zlashtira oladi.  

O’simliklar  ionlarni  faqat  tuproq  eritmasidan  o’zlashtirish 

bilangina qolmay, qolloidlarga yutilgan ionlarni ham o’zlashtiradi. 

Bundan tashqari o’simlik tuproqlarning  kattik fazasiga aktiv ta’sir 

etib  (ildizdan  ajralib    chiqadigan,  tarkibida  karbonat  kislota, 

organik  kislotalar  va  aminnokislotalar  bo’lgan    moddalarning 

erituvchilik 

xususiyati 

tufayli), 

zaruriy 

oziq 

moddalarni 

o’zlashtiriladigan shaklga aylantiradi. 

     Ildizning nafas olish jarayonida ildiz tolalar yuzasida joylashgan 

ionlar 

(H

+

,HCO

3



tuproq 

eritmasi 

bo’lgan 

ionlarga 

(K

+

,Na

+

,Ca

2+

,Mg

2+

,NH

4

+

,H

2

PO

4

,SO

2-

,NO

3

)  almashlab    O’simlikka 

o’zlashtiradi.        

     3.O’simliklarni  oziqlantirish    uchun  tuproq      eritma-sida 

Ca

2+

,NH

4

+

,K

+

,NO

3

-

,H

2

PO

4

  ionlarning    bo’lishi,  tuproq  eritmasi 

doimiy ravishda tuyinib turishi ahamiyatga ega. Tuproq eritmasida 

mineral  birikmalardan  NSO

3

,S

2-

,  SO

2-

,  H

2

PO



 

aionlari  va 

K

+

,Na

+

,Ca

2+

,Mg

2+

,NH

4



kationlar bo’lishi mumkin. 

    O’simlik  tanlash  hususiyatiga  ega  va  tuproq  erit-masidan  kerak 

bo’lgan ionlarni o’zlashtiradi. Birok bir element tuproq eritmasida 

bulmasa,  salbiy  ta’sir  etadi.SHuning    uchun  tuproq  eritmasida 

doimo  kation  teng  ravishda  yoki  Muvozanatlashgan  holda  bo’lishi 

kerak, o’g’it solishda shuni hisobga olish kerak.  

    Tuproq  eritmasida  kationlar  va  anionlarning  fizi  ologik 

tengligi bo’lishi muhim. O’g’it solingan O’simlik-larning kationi va 

anionlarni  tanlash    yo’tishiga    qarab  tuproq  muhiti  fiziologik 

kislotali yoki ishkoriy bo’ladi. 

    O’simlik  tuproq  eritmasidan  kationlarni  ko’p  o’zlashtirsa 

fiziologik kislotali tuzlar hosil bo’ladi. 

(NH

4

)Cl,  (NH

4

)

2

SO

4

  KCL,  K

2

CO

4

,  (NH

4

)

2

CO



NH

4

NO

3

).Bu 

tuzlar tuproqni kislotali muhitga aylantiradi. 

     4.O’simlikning  oziq    moddalarni    yo’tishi  ko’p  darajada 

tuproqning 

xossalarida 

tashqi 

muhit 

sharoitiga 

bog’’liq 

eritmasining muhiti o’simlikka  ionlar  o’tish  va                moddalar  

almashuviga    ta’sir  kursatadi  ildizlar  normal  rivojlanishi  uchun 

eritmasidagi ionlar nisbati ahamiyatga ega. 

  Tuproq  aeratsiyasi  yaxshi  bo’lmaganda,  past  temperaturada, 

tuproqda namlik o’tishi sezilarli darajada kamayadi.  

Ildizlarning  normal  rivojlanishi  uchun  tuzlar  eritmasidagi 

ionlar  nisbati,  eritmaning  fiziologik  muvozanatlashganligi  ham 

muhim  ahamiyatga    ega.  Ildizlar  ko’p  tuzli  eritmada  yaxshi   

rivojlanadi.    Masalan:  Ca

2+ 

kontsentratsiyalarda  Ca

2+ 

K

 

+

 Na

+

 yoki Mg

2+

 ionlarning ortikcha miqdorda kirishini tuhtatadi va 

aksincha.  Shunday  antogonistik  munosobatlar  K



va  Na

+

  K

+

  va 

NH

4

+

 va boshqa ionlarda ham bo’ladi.   

     5.O’simliklar  oziqlantirishda  mikroorganizmlarning  ahamiyati 

katta mikroorganizmlar  tuproqdagi organik moddalarni parchalab 

mineral holatga o’tkazadi. 

Hamma  mikroorganizmlar  ham  o’simlik  uchun  foydali 

bo’lavermaydi. 

Lekin  somonli, go’ng solinsa mikroorganizmlar   tez ko’payadi. 

Ilgari  immobilizatsiyalashgan  azotning  keyingi  minerallashuvi 

ancha  sekin  bo’ladi.  Madomiki  shunday  ekan,  foydali 

mikroorganizmlarning  rivojlanishi  uchun  qulay  va  zararli 

mikroorganizmlar uchun noqulay sharoit yaratish kerak.   

 

 

 

BILIMINGIZNI SINAB KURING. 

 

     1.  O’simliklarning  havodan    oziqlanishini  birinchi  bo’lib,  kim 

kafsh qilgan va fotosintez jarayonini ayting?   

     2.    O’simlikning  ildizdan  oziqlanish  mexanizmini    tushuntirib  

bering? 

     3.  Ildizning  nafas  olish  protsessida  ildiz  yuzasida  joylashgan 

ionlarni ayting? 

4. Tuproq eritmasi nima? 

5. O’simlik nafas olganda ajralib chiqadigan gaz qaysi? 

5.  O’simliklarning  normal  o’sishi  va    rivoji    uchun  tuproq 

eritmasida qaysi ionlarni ko’p bo’lishi ahamiyatli bo’ladi? 

6.  O’g’itlar    solingan    o’simliklarning    kation    va  anionlarni 

tipiga qarab tuproq eritmasi qanday holatda bo’ladi? 

7.  O’simlik    tuproq  eritmasidan  kationlarni  ko’p  o’zlashtirsa 

qanday tuzlar bo’ladi? 

8.  O’simlikning 

anionlarni 

ko’p 

o’zlashtirishi 

qanday 

ahamiyatga ega? 

9.  Tuproq  namlik,  yorug’lik  va  harorat  kabi  omillar  va  ozuqa 

moddalarning 

yutilishi 

orasidagi 

munosabatni 

qanday 

tushunasiz? 

10. 

O’simliklarning    tuproq  mikroorganizmlarning    roli 

nimadan iborat?    

11. 

O’simliklarning  oziqlanishida  necha  xil  yutilish  jarayoni 

mavjud? 

12. 

Tuproq eritmasida uchraydigan kislota tuzlarini ayting? 

13. 

Tuproq  eritmasida  sodir  bo’ladigan  fiziologik  ishqoriy 

tuzlarni ayting?  

 

Test savollari  

1. Barcha yashil o’simliklarga oziqlanishning qaysi tipi xos? 

A. Avtogrof, 

V. 

Geterotrof, 

S. Mikotrof, 

D. Saprofit, 

E. Barchasi. 

2. Oziq elementlarning yutilishidagi «Diffuz - osmotik» nazariya 

asoschisi kim? 

A. Vavilov, 

V.  Overton,  

S. Pfeffer, 

D.  Sabinin, 

E.  

Lomonosov. 

3. Ildizning 1 mm yuzasida necha dona ildiz tukchasi bor? 

A. 200-500 

V.100-200 

S. 20-30 

D. 50-100 

E. 5-20 

4.  Ionlar  antagonizmi  kationlar  o’rtasida  kuchli  namoyon  

bo’ladimi yoki anionlar o’rtasidami? 

A. Kationlar o’rtasidami 

V. Anionlar o’rtasidami 

S. Barchasida bir xil 

D. Ikkalasida kuchli 

E. Ikkilasida kuchsiz 

5.  Tuproqning  singdirish  sig’imi  eng  yuqori  bo’lgan  tuproq 

turini kursating? 

A. Loyli, 

V. Toshloq, 

S. Qumoq, 

D. Qumli, 

E. Barchasi. 

6.  Qaysi  jarayon  tuproqda  nitrat  shaklidagi  azotning 

to’planishiga yordam beradi? 

A. Ammonifikatsiya, 

V. Nitrifikatsiya, 

S. Denitrifikatsiya, 

D. Azotfikatsiya, 

E.  Mineralizatsiya. 

7.  Tuproq    mikroorganizmlari  faoliyati  natijasida  tuproqqa 

qanday singdirish ro’y beradi? 

A.  Biologik, 

V. Fizikaviy, 

S. Fizik – kimyoviy, 

D. Kimyoviy, 

E. Mexanikaviy. 

 

     ADBIYOTLAR: 5, 8, 12, 13. 

 

5-MAVZU: O’SIMLIKLAR  OZIQLANISHIDA  TUPROQLAR  

TARKIBINING AHAMIYATI. 

 

R E J A: 

     1.Tuproq havosi. 

     2.Tuproq eritmasi. 

     3.Tuproqning qattiq fazasi. 

     4.Tuproqdagi  asosiy  oziq  elementlari    va  ularning  o’simliklar 

tomonidan o’zlashtirish hususiyatlari. 

     O’g’itlardan  to’g’ri    foydalanish  uchun      faqat  o’simliklarning  

oziq  elementlariga    bo’ladigan  talabini  hisobga  olibgina  qolmay, 

shuningdek  tuproqning  kimyoviy  tarkibini,  biologik,  fizik,  fizik 

kimyoviy  xossalarini  ham    bilish  kerak,  bular  esa  o’z  navbatida 

uning  unumdorlik  darajasini,o’simliklarning  oziqlanish  sharoitida 

va tuproqqa solingan o’g’itlarning o’zgarish harakterini belgilaydi.            

      1.  Tuproq  havosi  o’simlik  uchun  qanday  ahamiyatga  ega? 

Tuproq  havosi  tarkibida  karbonat  angidrid  (SO

2

)ko’p  va  kislorod 

(O

2

)  kam  bo’lishi  bilan  farq  qiladi.  Tuproq  havosida  0,3  da  1%  

ba’zan  2-3%    va  undan  ham  ko’proq  karbonat    angidrid  bo’lishi 

mumkin. 

    Tuproq  havosidagi  kislorod  miqdori  8-12%  dan  kamayib 

ketganda  o’simliklarning  rivojlanishi  yomonlashadi,  kislorod 

miqdori 5% dan  ham  kamayib ketadigan bo’lsa o’simliklar nobud  

bo’ladi  va  anaerob  sharoit  ustunlik  qiladi.  Mineral  moddalarning 

qayta tiklanishi boshlanadi.       

     Tuproq  qattiq  suyuq  tuproq  havosi  fazalardan  tarkib  topgan  

tuproq  havosi  tarkibida  karbonat  angidrid  0,3  dan  1  bazan  2-3%  

bo’lishi  mumkin  atmosferada  esa  0,03%    bo’ladi.  Tuproq 

havosining 

SO

2

 

bilan 

boyishi 

organik 

moddalarning 

mikroorganizmlar    parchalanishi  va  ildizlar  nafas  olish  hisobiga 

bo’ladi.  

     2.  Tuproq  eritmasi  tuproqning  eng  harakatchan  qismi 

hisoblanadi.  O’simliklar  oziq  moddani  tuproq  eritmasidan  

o’zlashtiradi.  O’simliklar    oziq  moddaning  to’p-rok  eritmasidan 

o’zlashtiradi  tuproq  eritmasidan  mineral  va  organik  moddalar  

shuningdek  erigan holatdagi gazlar bo’ladi. 

Shurlangan erlarda tuproq eritmasida Na

+

,K+,Cl

-

,HCO

-3 

SO

4

2- 

  va  boshqa  ionlar  miqdori  ko’p  bo’lishi  mumkin,  qolgan  

tuproqlarda  ionlarning    umumiy  miqdori  uncha  ko’p  bo’lmaydi. 

Tuproq  eritmasiga  tuzlarning    o’tib  turishi  nurash  jarayonining 

borishi  va  minerallarning  emirilishiga  tuproqdagi  moddalarning 

parchalanishiga  yerga  organik  va  mineral  o’g’itlar  solinishiga 

bog’’liq.  Tuproqda  suvda  eruvchan  tuzlar  miqdori  ortib  ketsa,  u 

o’simlikka  salbiy  ta’sir  etadi.  0,3-0,5%  dan  ko’p  bo’lsa,  o’simlik 

nobud bo’ladi.     

     3.Tuproqning  qattiq  fazasi  mineral  va  organik    qismlardan  

iborat.  Fazaning  49%  i    kislorod  33%i  kremniy,  10%dan  ko’pi 

temir va alyuminiy 7% qolgan elementlarni tashkil qiladi. 

       Tuproq  qattiq  fazasining  mineral  qismi  uning  90-99%  ini 

tashqil  etadi. Tuproqdagi   organik   moddalar   miqdori 1-3% dan 

(chimli-podzol va bo’z tuproqlardida) 8-10%gacha boradi va undan  

ko’proqqa  (kuchli tuproqlarda) o’zgarib  turadi.  

 

    Tuproqdagi  organik    moddalar    asosan    (85-90%)  gumus 

moddalardan,  ya’ni  o’ziga  xos  tabiatli,tarkibida    azot    saqlovchi 

yuqori    molekulyar    birikmalardan  iborat    bo’lgan    gumin  va 

fulfokislotalar, bir oz qismi o’simlik, mikrob va chorva mollarining 

gumin hosil qilmaydigan qoldiqlaridan tarkib topgan.  

Organik  moddalarining  tarkibida  azotdan  tashqari  S  va  R 

elementlari  unchalik  ko’p  bo’lmagan  miqdorda  kaliy,  kaltsiy, 

magniy  va  boshqa  oziq  elementlari  O’simliklar  oson  o’zlashtira 

oladigan mineral holatda bo’ladi.  

    Tuproqlarning  haydalma  qatlamida  har  yili  gektariga  0,6  t  dan 

bir  tonnagacha  organik  modda  minerallashadi  va  30  dan  50  kg 

gacha o’simlik o’zlashtira oladigan mineral azot hosil bo’ladi. 

    Agar  gumus  tarkibida  azot  5  %  ni  tashqil  qiladigan  bo’lsa, 

o’simlik  tomonidan  tuproqdan  o’zlashtiradigan  har  azot  birligi 

hisobiga  20  barobar  miqdorda  gumus  minerlashishi  kerak. 

Tuproqda  o’simlik  qoldig’i  qolishi  va    uning  parchalanishi  hamda 

minerallashishi natijasida tuproqlarda hamisha gumus paydo bo’lib 

turadi.                    

     4.Turli  xil  tuproqlarda  haydalma  qatlamidagi  gumus  umumiy 

azot, fosfor va kaliy miqdori.  

 

Tuproq  Azot 

 Gumus 



P

2

05 

K

2



 



Tonn

a, ga 

 

 %  

Tonna, 

ga 

 %  

Tonna, 

ga 

Chimli 

podzol 

0,02-

0,13 

0,6-4 

0,5-3 

0,03-

0,12 

0,9-3,6 

0,5-2,5  15-17 

Qora 

tuproq  

0,2-

0,5 

6,15 

4-12 

0,1-

0,3 

3-9 

2-3,5 

60-75 

Bo’z 

tuproq 

0,05-

0,15 

1,5-

4,5 

0,5-3 

0,08-

0,2 

1,6-6 

2,5-3 

75-90 

 

 

Bu tuproqlarda gumus miqdori: 

     Och tusli  bo’z  tuproq - 1-1,5% oddiy - 3-4,5% tuk tusli - 4-5% 

tuproqdagi  umumiy  azot  bevosita  gumusga,  fosfor  miqdoriga 

bog’’liq,  organik  moddalarga  boy  bo’lsa  kaliy  miqdorining  asosiy 

tuproq mineral qismining  mexaniq  va  mineralogik  tarkibi  bilan 

aniqlanadi. 

    Tuproqlarda  N,  P,  K  umumiy  zahirasi  ko’p,  lekin  oziq 

moddalarni  asosiy  qismi  o’simliklarning  bevosita  o’zlashtirilishi  

mumkin bo’lgan holatda bo’ladi.  

   O’g’itlardan to’g’ri foydalanish uchun dala tajribalarini o’tkazish 

bilan  bir  vaqtda  tuproq  tarkibidagi  harakatchan  azot,  fosfor  va 

kaliy  miqdorini  aniqlash  maqsadida  agrokimyoviy  analiz  olib 

borish kerak.   

      

SINOV SAVOLLARI: 

 

     1.  Tuproq  havosi,  eritmasi  va  qattiq  fazalari  tarkibi  qanday  va 

ular o’simlik hayoti uchun qanday ahamiyatga ega? 

     2.Respublikamizda  uchraydigan  tuproqlar  va  uning  tarkibidagi 

chirindi miqdorini bilasizmi? 

     3. Tuproqning mineral tarkibi nima va ular o’simliklarning oziq 

manbai sifatida qanday ahamiyatga ega? 

     4. Tuproq havosi nima? 

  5.  Tuproqda  suvda  eruvchan  tuzlarning  miqdori,  necha  % 

bo’lganda o’simlik nobud  bo’ladi? 

6.  Tuproqlarning haydalma qatlamida har yili necha tonnagacha 

organik modda minerallashadi? 

7.  Gumus nima? 

8.  O’zbekistonda 

tarqalgan 

asosiy 

tuproq 

tiplarining 

agrokimyoviy xossalarini bilasizmi? 

9.  Tuproqdagi  umumiy  azot,  fosfor  va  kaliylarning  miqdori 

qanday? 

10. 

Tuproqning  qattiq fazasi necha  qismdan iborat? 

11. 

Chirindi  asosan  qachon  ko’payadi,  parchalanadi  va 

gektariga necha kg azot to’planadi? 

12. 

Chirindi asosan qachon ko’payadi? 

13. 

100-120  kg  azot  1ga  ga  to’planishi  uchun      necha  tonna 

organik modda minerallashuvi kerak? 

14. 

Qanday  holatda  tuproq  havosi  tarkibida  SO

2

  ko’payib 

ketadi?               

    

Test savollari. 

1.  Tuproq  havosida  karbonat  angidrid    (SO

2

)  necha  %  tashqil 

qiladi? 

A. 0,3-1% 

V. 1-1,5% 

S. 0,2-1,2% 

D. 2-3% 

E. 

0,3-6%

 

2. Atmosfera havosida SO



 necha % atrofida bo’ladi? 

A.  0,03%    

V. 0,05% 

S. 0,01% 

D.  0,3% 

E.0,06% 

3.  Tuproq  havosidagi    kislorodni  miqdori  necha  %dan  kam 

bo’lsa, o’simlik nobud bo’ladi? 

A. 8-12% 

V. 5% 

S. 7-10% 

D. 8-11% 

E. 4-6% 

4. Tuproqning qattik qismini mineral qismi  necha % ni tashqil 

qiladi? 

A. 90-99% 

V. 60-70% 

S. 50-70% 

D. 85-90% 

E. 89-96% 

5.  Tuproqning  0-30  sm  qatlamida  har  yili    gektar  hisobiga, 

necha kg organik modda minerallashadi? 

A. 

0,6-1000 

kg 

V. 0,5-1,5 t 

S. 0,3-0,8 kg 

D. 0,4-0,7 kg 

E. 0,5-1,5 kg 

6. Bo’z tuproqlarning 0-30 sm qatlamida qancha, % yalpi kaliy 

saqlanadi? 

A. 4-5, 

V. 2-3, 

S. 6-7, 

D. 1-2, 

E. 5-6. 

7.  Bo’z  tuproqlarning  haydalma  qatlamida  gumus  necha  % 

bo’ladi? 

A. 0,5-3 

V. 0,8-4 

S. 1-1,5 

D. 0,6-1,9 

E. 0,3-4 

 

 ADBIYOTLAR: 1, 2, 3, 5, 8. 

6-MAVZU: O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIDA TUPROQ 

SINGDIRISH QOBILIYATLARINI O’RGANISH. 

 

R E J A: 

 

     1.Biologik singdirish hususiyati. 

     2.Mexaniq singdirish hususiyati 

     3.Fizik singdirish hususiyati. 

     4.Ximiyaviy singdirish hususiyati 

     5.Fizik-ximik yoki almashinadigan singdirish hususiyati. 

O’simlikning  oziqlanishida  va  erga  solingan  o’g’itlarning 

o’zgarishida tuproqning singdirish hususiyatlari katta rol o’ynaydi.  

Tuproqning  singdirish    hususiyati  deganda,  tuproqning  o’zi  orqali 

o’tkazadigan eritmasi turli xil moddalarni singdirish ularni ushlab 

qolish hususiyati tushuniladi.  

1. 

Biologik 

singdirish 

hususiyati 

O’simliklar 

va 

tuproq,mikroorganizmlarning  hayot  faoliyati  bilan  bog’’liq  bo’lib, 

ular tuproq eritmasidan  mineral oziqlanish uchun kerakli bo’lgan 

elementlarni  tanlab  singdiradi  va  o’z  tanasida  organik 

birikmalariga  aylantiradi,  shu    bilan  ularni  tuproqdan  yuvilib 

ketishidan  saqlaydi.  O’simlik  va  mikroorganizmlar  nobud 

bo’lganidan keyin  ular asta-sekin minerallashib boradi va ularning 

tarkibidagi  oziq  elementlari  o’simliklar  tomonidan    o’zlashtirilishi 

mumkin  bo’lgan  holatda  aylanadi.  Tuproqdagi  organik 

moddalarning 

minerallishishi 

bilan 

bir 

vaqtda 

yengil 

o’zlashtiriladigan  mineral  holatdagi  azot  va  boshqa  oziq 

elementlarning, 

shuningdek 

tuproqqa 

 

mikroorganizmlari 

tomonidan tushgan o’g’itlarning o’zlashtirilishi va ularning organik 

holatga aylantirish jarayoni boradi. 

Biologik  singdirish  intinsivligi  tuproq  aeratsiyasiga,  tuproq  

namligiga  uning  boshqa  xossalariga  tuproqdagi  geterotrof 

mikroorganizmlar  uchun  oziq  va  energiya  manbai  hisoblangan 

organik moddalarning miqdori hamda tarkibiga  bog’’liq bo’ladi.    

    S.N.Mishustin  ma’lumotiga  ko’ra  mikroorganizmlar  tanasi  da  1 

ga  erda  125  kg  N  40  kg  P  205  va  25  kg  K  20  mavjud.  Biologik  

singdirish  natijasida    20-40    ammiak,    kamroq    (    ya’ni    10-20%)  

miqdorida nitratli o’g’itlar organik holatda mustahkamlanadi. 

     2.Ariq  va  yomg’ir  suvlari  orqali  oqib  kelib  loyqa  va    suvda 

erigan  har    xil    mineral    moddalarning  tuproq  qatlamining  quyi 

qismida  singib  ushlanib  qolish  hodisasi    mexaniq    singdirish    deb  

ataladi. 

 Mexaniq  singdirish    tuproqning  fizik  mexaniq  holatiga,  ya’ni 

g’ovak  va  zichlik  darajasi  hamda  strukturasiga  bog’liq. 

Tuproqning mehnik singdirishini tuproqdagi loyqa zarrachalari va 

yerga solingan suvda erimaydigan o’g’itlarning qanchaliq ushlanib 

qolishi va taqsimlanishi shu bilan  izohlash mumkin.      

     3.Tuproqda  amalga  oshiradigan  fizik  singdirish  suvda  erigan  

turli  xil    moddalar  ,    mikroorganizmlar,  gaz,  bug’  kabilarning 

tuproqdagi  mayda  zarrachalar  sirt  yuzi  energiyasi  ta’sirida  

ushlanib qolish hodisasidir.  Fizik singdirish serchirindi (unumdor) 

qumoq    og’ir  tuproqlarda    unumsiz    engil    tuproqlarga    nisbatan 

kuchliroq bo’ladi. 

     Gaz    holatiga  fizik  singdirish  yo’li  bilan  tuproq  yuzasiga  bir 

qator    moddalar  va  azotli  birikmalar  singdiriladi.   Fizik  singdirish 

yo’li  tufayli  azotli  birikmalarda  ammiak  tuproqqa  singdiriladi, 

ammo nitrat kabi azotli moddalarni tuproq o’zida ushlab qolmaydi.        

     4.Kimyoviy  singdirish  hususiyati    tuproqdagi    ayrim    eruvchan 

tuzlarning o’zaro kimyoviy reaktsiyalarga kiritishi natijasida suvda 

erimaydigan  birikmalarning  hosil    bo’lishi  va  u  birikmaning 

qatlamlarida ushlanib qolish  hususiyati. 

Kimyoviy 

singdirish 

anionlar 

(SO

4

2-

,PO

4

3-

,CO

3

2-



va 

kationlarning (Ca

2+

, Mg

2+

,NH

4

+

, Al

3+

, K

+

, Fe

3+

) o’zaro birikib suvda 

qiyin eriydigan tuzlar hosil bo’ladi. Tarkibida singdirilgan holatda 

ko’plab  Ca

2+

    va    Mg

2+

  saqlaydigan  asoslar  bilan  to’yingan  va 

tuproq  eritmasida  kaltsiy  biokarbonat  bo’lgan    tuproqlarda 

fosforning  kimyoviy  kuchsiz  eruvchan  2  va  3  kaltsiy  fosfatlarning 

CaHPO

4

 va Ca

3

(PO

4

)



hosil bo’lishi bilan boradi. 

 

Ca ( H

2

PO

4

)



+ Ca(HCO

3

)



= 2CaHPO



.

 2H

2

CO

3

 

Ca ( H

2

PO

4

)



+ Ca(HCO

3

)



= 2Ca

3

(PO

4

)



.

 H

2

CO

3

 

 

  tuproqCaQCa(H

2

HPO

4

)

2

   tuproq  

H

      HQ 2CaHPO

4

 

tuproq

   

Ca

Ca 

QCa(H

2

PO

4

)

2

   tuproq 

H    

HQ  Ca

3

(PO

4

)

2

          

     5.  Fizik  kimyoviy  yoki  almashinadigan  singdirish    xususiyat  

mayda  dispers  kolloidlar    (0,00025  mm,m)  loyqa  zarralari 

(0,001mm.M) ning eritmalaridan turli xil kationlarning singdirilishi 

tuproqning  qattiq  fazasi  tomonidan  oldin    o’zlashtirilgan    n  ta 

ekvivalent      bo’lgan  boshqa  kationlarning  siqib  chiqarilishi  bilan 

boradi. 

   Tuproq 

eritmasidagi 

kationlarni 

tuproqlarning 

singdirish 

kompleksidagi  kationlar  bilan  almashshinishi  ekvivalent  miqdorda 

boradi. 

 

BILIMINGIZNI SINAB KURING.  

 

1. 

Tuproqning  singdirish 

qobiliyati  deganda  siz  nimani 

tushunasiz? 

2. 

Tuproqning  singdirish  qobiliyati  ahamiyati  va  uni  kim 

aniqlagan? 

3. 

Tuproqning singdirish xossalaridan siz qaysilarini bilasiz? 

4. 

Tuproqning biologik hususiyati nima? 

5. 

Tuproqda  fosforning  o’zgarishida  tuproqning  kimyoviy 

singdirish xossasi qanday ahamiyatga ega? 

6. 

Tuproqning  kislotaligiga,  ishqoriyligiga  va  neytrallashuviga 

nima sabab bo’ladi? 

7. 

Tuproqning  mexanikaviy  singdirishi    nima      va  uning 

ahamiyati nimadan iborat? 

8. 

Tuproqning singdirish sig’imi va  unga ta’sir qiluvchi omillar 

to’g’risida fikringizni so’zlang? 

9. 

Turli  xil  tuproqlarda  singdirish  sig’imi  va  singdirilgan 

natijalar tarkibi qanaqa bo’ladi? 

10.  Tuproq  tabiiy  holda  doimo  qanaqa  singdirilgan  kationlarda 

saqlaydi? 

11.  Tuproqning  kimyoviy  singdirishi    deb  nimaga  aytiladi  va 

uning ahamiyati nimadan iborat? 

 

Test savollari. 

1. Tuproq eritmasi va singdirish kompleksida vodorod ioni ko’p 

bo’lsa, tuproqning qaysi xossasi namoyon bo’ladi? 

A. Sho’rlanish, 

V. Sho’rtoblanish, 

S. Mo’tadillik, 

D. Nordonlik, 

E. Ishqoriylik. 

2. 

Suvda 

erimaydigan 

o’g’it 

zarrachalari 

tuproqda 

singdirilishining qaysi turi  asosida ushlab qolinadi? 

A. Biologik, 

V. Fizikaviy, 

S. Fizik – kimyoviy, 

D. Mexanikaviy, 

E. Kimyoviy. 

3. Ishqoriy tuproqlarda pH ko’rsatkichi  qaysi raqamdan katta 

bo’ladi? 

A. 5,0 

V. 6,0 

S. 7,0 

D. 8,0 

E. 9,0 

4. Ammiakli azotli hamda kaliyli o’g’itlar tuproqqa kiritilganda 

T.S.K ning qaysi turi yuz beradi? 

A. Biologik 

V. Fizikaviy 

S. Fizik - kimyoviy 

D. Kimyoviy 

E. Mexanikaviy 

5.  Nordon  tuproqlarning    meliorativ  holatini  yaxshilash  uchun  

qanday tadbir o’tkaziladi? 

A.Gipslash, 

V. Sho’r yuvish, 

S. Ohaklash, 

D. Go’nglash, 

E. 

Aytilganlarni 

barschasi. 

6.  Singdirish  sigimi  T.S.K.  eng  yuqori  bo’lgan  tuproq  turini 

ko’rsating? 

A. Qumoq, 

V. Loyli, 

S. Qumli, 

D. Toshloq, 

E. 

Barchasi.

 

7. Tuproqlarning singdirish qobiliyatini o’rgangan olim kim? 

A.  Gedroyts, 

V. Vilyams, 

S. Pryashinikov, 

D. Koritskaya, 

E. Sabanin. 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling