O’simliklarning o’sish va rivojlanishida oqsillar, aminokislatalar, llipidlarni ahamiyati
Download 163.38 Kb.
|
O’simliklarning o’sish va rivojlanishida oqsillar, aminokislatalar,
Koʻpchilik lipidlar yuqori yogʻ kislotalari, spirtlar yoki aldegidlarning hosilalaridir. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Lipidlar bir necha sinfga boʻlinadi. Oddiy Lipidlar yogʻ kislotalari (yoki aldegidlar) va spirtlar qoldigʻidan tarkib topgan moddalardan iborat. Bularga yegʻlar (triglitseridlar va boshqa tabiiy glitseridlar), mum (yogʻ kislotalari va yogʻ spirtlari efirlari) va diol Lipidlar (yogʻ kislotalari va etilenglikol yoki b. ikki atomli spirtlar efirlari) kiradi. Murakkab Lipidlar ortofosfat kislota hosilalari (fosfolipidlar) hamda qand qoldiqlari (glikolipidlar)dan tarkib toptan moddalardan iborat. Murakkab Lipidlar molekulalarida koʻp atomli spirtlar — glitserin (glitserin-fosfatidlar) yoki sfingozin (sfingolipidlar) ham boʻladi. Koʻpchilik Lipidlar sirt faol moddalar hisoblanadi. Lipidlar organizmda lipazalar taʼsirida fermentativ gidrolizga uchraydi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan yogʻ kislotalar (adenozintrifosfat kislotalar — ATF) va koferment A bilan taʼsirlashib faollashadi, soʻngra oksidlanadi. Koʻpchilik Lipidlar hujayralarda oqsillar bilan kompleks murakkab moddalar (lipoproteidlar) holida boʻladi.
Download 163.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling