Osiyo mamlakatlarida ta'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari


Кorеya mamlaкatida ta’lim-tarbiya masalalarining qiyosiy tahlili


Download 99.16 Kb.
bet3/50
Sana19.02.2023
Hajmi99.16 Kb.
#1214210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Osiyo mamlakatlarida ta\'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xusu

Кorеya mamlaкatida ta’lim-tarbiya masalalarining qiyosiy tahlili

BMTning fan, ta’lim va madaniyat bo‘yicha YUNESKO tashkiloti ekspertlari dunyo ta’lim tizimi reytingini o‘tkazdi. Unga ko‘ra Janubiy Koreya ta’lim tizimi eng samarali deb topildi va reyting lideri deb e’lon qilindi. Janubiy Koreya birinchi zamonaviy maktablari 1880 yilda, g‘arb madaniyati keng yoyilayotgan paytda ochildi. 1948 yil Koreya Respublikasi tashkil topgan paytdan boshlab “6+6+4” ta’lim tizimi mavjud edi. 1953 yildan 6 yillik boshlang'ich ta’lim hamma uchun majburiy va bepul boidi. Bugun Koreya savodxonlik darajasi eng yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga kiradi. Ekspertlar fikricha, mamlakatoing iqtisodiy muvaffaqiyatiga yuqori malakali ishchi kuchi mavjudligidan erishildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya Respublikasi ta’lim tizimini qiyosiy tahlili quyidagicha: 1. Janubiy Koreyada maktabgacha ta’lim 3 yoshdan 6 yoshgacha davom etadi. 0 ‘zbekistonda 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga boradilar. 2. Boshlang'ich ta’lim Janubiy Koreyada (6 yoshdan oshgan) 7 yoshdan 13 yoshgacha, ya’ni 6 yil davom etadi. 0 ‘qish majburiy va bepul. 0 ‘zbekistonda esa 7 yoshdan 11 yoshgacha, ya’ni 4 yil davom etadi. 3. Janubiy Koreyada boshlang‘ich maktabdan keyin o‘rta maktabga o‘tiladi. (12) 13 yoshdan 15 yoshgacha o‘qiydi, 3 yil davom etadi, majburiy va bepul. O‘zbekistonda 4 yillik boshlang'ich ta’limdan so'ng, 5 yillik o'rta ta’limga o'tiladi. Ta’lim majburiy va bepul. 4. Janubiy Koreyada o'rta maktabni bitirgach, 3 yillik yuqori maktabda o'qitiladi. Ta’lim majburiy emas, pullik, lekin 99.8% koreys yoshlari bu maktabda o'qiydilar. O'zbekistonda umumiy o'rta ta’limni bitirgach (9 yil) o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga topshiradilar. Ta’lim majburiy va bepul. 5. Janubiy Koreyada oliy ta’limning 5 ta tipi bor. Ular tarkibiga kollejlar ham kiradi. O'zbekistonda oliy ta’lim maqomidagi kollejlar yo'q. 6. Janubiy Koreyada o'quv semestrlari martda boshlanib fevralda tugaydi: 1 semestr martdan - iyulning o'rtalarigacha, 2 semestr kech avgustdan fevralning o'rtalarigacha davom etadi. O'zbekistonda esa o'quv yili sentabrdan iyulgacha davom etadi: 1-semestr sentabrdan yanvargacha, 2-semestr fevraldan iyulgacha davom etadi. 7. Janubiy Koreyada yuqori maktabni bitirganlar ishga joylasha oladilar. O'zbekistonda ham akademik litsey va KH kollejini bitirganlar ishga joylasha oladilar. 8. Janubiy Koreyada yozgi ta’til 2 oy, qishki ta’til 40 kun davom etadi. O'zbekistonda esa yozgi ta’til 2 oy, qishki ta’til 10 kun davom etadi.


  1. Download 99.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling