Osiyo taraqqiyot banki: yuzaga kelishi, maqsadi va vazifalari Reja: I kirish I asosiy qism


Osiyo Taraqqiyot Bankining vujudga kelishi


Download 2.68 Mb.
bet2/9
Sana04.11.2023
Hajmi2.68 Mb.
#1746598
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shodiyorov Jonibek kurs ishi yangi

Osiyo Taraqqiyot Bankining vujudga kelishi
Osiyo Taraqqiyot Banki1966 yilning 22 avgustida 15 ta mamlakat orqali
ratifikatsiya qilinishi bilan kuchga kirdi. Bank o’zining o’z kredit faoliyatini 1966
yil 19 dekabrda boshladi.
BMTning Osiyo va Tinch okeani bo'yicha iqtisodiy va ijtimoiy
komissiyasining (OTOIIK(ESKATO) a'zo mamlakatlar taklifiga ko'ra Osiyo-Tinch
okeani mintaqasi mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga yordam
berish uchun tashkil etilgan.
Bugungi kunda 67 mamlakat OTBning a'zosi hisoblanadi, shu jumladan, 44
ta Osiyo va Tinch okean mamlakatlari va 17 ta sanoat rivojlangan mamlakatlar.
OTB shtab - kvartirasi Manila shahrida (Filippin)
OTB prezidenti 5 yil muddatga saylanadi.

Osiyo taraqqiyot banki — xalqaro mintaqaviy bank. Bankni tuzish haqidagi bitim 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan boʻlib 1966-yil 22-avgustda kuchga kirgan. OTB tarkibiga aʼzo sifatida BMTning iqti-sodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha Osiyo—Tinch okean komissiyasiga aʼzo boʻlgan davlatlargina kiritilishi mumkin. Hozirda bankka 61 mamlakat aʼzo. Bank faoliyatining asosiy maq-sadi Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga koʻmaklashishi, moli-yaviy, texnik va iqtisodiy yordam koʻrsatish. Bank xususiy sektorni ri-vojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini saqlashga alohida eʼtibor qaratadi. OTB tomonidan 1968—83 yilda 9,2 mlrd. dollar odatdagi kredit va 4,2 mlrd. dollar maxsus fond krediti berilgan. OTBning nizom jamgʻarmasi — 43,6 mlrd. AQSH dollariga teng . Bankning har qanday qarorini hamkorlikda 1/3 ovozga ega boʻlgan AQSH va Yaponiya toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Ularning har biri nizom jamgʻarmasining 15,9% miqdorida ulushga ega. Shuningdek, bank huzurida 2 maxsus fond faoliyat koʻrsatadi — Osiyo taraqqiyot fondi va Texnika yordami maxsus fondi. Bankka rivojlangan davlatlarning taʼsiri katta: mablagʻlarning 50% ularga tegishli. Shtab kvartirasi Manila (Filippin)da. Oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi. Yaponiya vakili hamisha bank prezidenti boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yilda OTBga aʼzo boʻlgan. Respublikaning ushbu bankdagi kvotasi 310,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. hozirgi paytda Oʻzbekistonda OTB ishtirokidagi umumiy miqdori 625,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13 ta loyixa amalga oshirilmoqda.

Download 2.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling