Osiyo taraqqiyot
Download 92.97 Kb.
|
Osiyo taraqqiyot
BMT tarkibidagi ixtisoslashgan iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlar faoliyati.
XX asr 1941 yildan boshlab BMTni tashkil etish boshlangan. 1943 yilga kelib BMT ni tashkil etish haqidagi qaror SSSR, AQSh, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida qabul qilindi. Ustavi esa 1950 yilda SanFransisko konferensiyasida qabul qilindi. BMT Ustavida ko’rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli bo’lishi va o’z taqdirini o’zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o’rtasida do’stlik munosabatlarni rivojlantirish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o’rtasida hamkorlik bo’lishini ta’minlashni ko’zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg’unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi. BMT da 6 ta bosh organ mavjud. Ulardan 5 tasi – Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi va Kotibiyat – BMT ning Nyu-Yorkdagi qarorgohida, 6-organ – Xalqaro Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat ko’rsatadi. BMT ning tashkil etilishi jahon iqtisodiyoti tubdan yangilanishiga olib keldi. Sababi BMT tomonidan ko’plab rasmiy xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa tashkilotlar tashkil etildi va ular dunyo mamlakatlarining rivojlanishi uchun yirik hajmdagi turli loyihalarni amalga oshirdilar. Hozird BMT tizimi darajasida ishlanmoqda. BMT tizimiga Tashkilotning o’zi, uning ixrisoslashtirilgan muassasalari, dasturlari va jamg’armalari kiradi. BMT ning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi – IIKi (EKOSOS) uning asosiy organlaridan biri bo’lib, bu kengash BMT ning xalqaro va ijtimoiy hamkorlik sohasidagi vazifalarining ijrosi uchun mas’uldir. BMTning IIKi o’z vakolatiga binoan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ta’lim, sog’liqni saqlash va boshqa sohalarga oid xalqaro masalalar yuzasidan tadqiqotlar o’tkazadi va m’ruzalar tayyorlaydi, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmatlashni rag’batlantirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqadi, BMT Bosh Assambleyasida taqdim etish uchun o’z faoliyat doirasiga kiradigan masalalar bo’yicha konvensiyalarning loyihalarini tayyorlaydi, mazkur masalalar yuzasidan konferensiyalar o’tkazadi. O’z faoliyatida rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy, texnikaviy va boshqa xilyordam ko’rsatish ishiga katta ahamiyat beradi. BMT IIKining oliy organi – sessiya bo’lib, u yiliga 2 marta: bahorda – Nyu Yorkda, yozda – Jenevada o’tkaziladi. BMT tarkibidagi ixtisoslashgan iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlar, masalan, Jahon Banki – JB taraqqiyot maqsadlari uchun har yili 30 mlrd dollardan ko’p yordam ajratadi. Qarzlar faqat hukumatlarga beriladi, biroq barqaror o’sish darajasiga erishish maqsadida Bank mahalliy jamoalar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalaridan, shuningdek, Xalqaro moliyaviy korporatsiyalar orqali xususiy sektordagi korxonalardan ham foydalanishlari mumkin. BMT tarkibidagi ixtisoslashgan iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlarning birinchilari “Xalqaro valyuta fondi” – XVFni va Jahon banki – JB guruhiga kiruvchi ilk xalqaro bank “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki” – XTTB hamda BMT ning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi – IIKi (EKOSOS) bo’sa, keyinchalik bir qancha maqsadli tshkilotlar va jamg’armalar tahskil etildi. Ular o’z faoliyatlarini BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy sohalaridagi mandatini bajarayotgan Bosh Assambleya hamda Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash rahbarligida olib boradilar. Bunday tashkilot va jamg’armalarga: BMT ning Bolalar Jamg’armasi (YUNISEF) xalqaro tashkiloti, Jahon Oziq- ovqat Dasturi eng yirik xalqaro tashkiloti, BMT ning Aholishunoslik Jamg’armasi (YUNFPA), BMT ning Atrof muhit Dasturi (YUNEP) xalqaro tashkiloti, BMT ning Aholi punktlari markasi (Xabitat) xalqaro tashkiloti, BMT ning Savdo va Taraqqiyot bo’yicha konferensiyasi (YUNKDAT), JB tomonidan boshqariladigan Global Ekologik Jamg’arma, BMTning Mamlakatlar bo’yicha Guruhlari kiradi. 2000 yilda tashkil qilingan BMTning Ming yillik konsessiyasida dastlabki 30 yillik dastur ishlab chiqilib amalga oshirilib kelinmoqda. Bulardan tashqari belgilangan davrgagina tegishli maqsadli dasturlar ishlab chiqilib, u bilan shug’ullanuvchi guruh va unga jamg’arma tashkil qilinadi va jahon iqtisodiyotida ahamiyatga ega maqsadli keng ko’lamli loyihalar amalga oshiriladi. Download 92.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling