Osiyo va okeaniya mintaqasida kuchli va barqaror kutubxonachilik sohasini yaratish
Download 6.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Himmat – inson umrining bezagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asilbek QOLQANATOV
- Foydalanilgan adabiyotlar
HIMMAT – INSON UMRINING BEZAGI
Mо‘minmirzo XOLMО‘MINOV, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi katta о‘qituvchisi Asilbek QOLQANATOV, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at sohasi menejmenti” mutaxassisligi magistranti Йўлдошев, Иброҳим. Ҳимматнинг қиймати [Матн]: Монография. Иброҳим Йўлдошев. – Тошкент: “Fan ziyosi” – 2021. – 322 b. Yangi О‘zbekiston qisqa vaqt ichida yangi- cha madaniy-ma’rifiy muhit yaratishdek g‘oyat murakkab yо‘lni tanlagan va bu yо‘lda muayyan muvaffaqiyatga erishib kelayotgan davlat sifatida jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Bu kabi ishlar о‘z-о‘zidan bо‘layotgani yо‘q, al- batta. Yangi О‘zbekiston yoshlarini eskicha fikr- lashdan, ma’nan zaif va loqayd bо‘lishdan asrash yо‘lida davlatimiz siyosatida tub islohotlar amal- ga oshirilmoqda. Endi zamonaga yarasha yangi- cha ma’rifatparvarlik harakati avj olishi, yoshlari- mizni yuksak axloqiy sifatlar ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga oliyhimmatlilik, insonparvarlik xislatlarini singdirish uchun ziyolilarimiz, butun xaqimiz bel bog‘lashi kerak. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Hur- matli ziyolilarimiz mamlakatimizning bugungi nafasi, tub о‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini xolis va ta’sirchan tarzda xalqimizga yetkazishda yanada faol va tashabbuskor bо‘ladilar, deb isho- naman” [1;280], – degan sо‘zlari tarixiy vaziyat- ning ruhini tо‘laligicha yetkazadi. Shu ma’noda о‘zbek kitobat san’atining yirik mutaxassisi, professor Ibrohim Yо‘ldoshevning “Himmatning qiymati” monografiyasi, shubha- siz, katta ma’rifiy ahamiyatga ega: muallif xal- qimizning bir ziyolisi sifatida о‘z kitobi orqali bu- gunning nafasini yoshlar qalbiga jo etishga jazm qilganligini kitobning tuzilishidan ilg‘asa bо‘ladi. Kitob “Shukronalik” nomli fasl bilan bosh- lanadi. Unda kechagi kunga bir nazar tashlab, bugungi kundagi shart-sharoitlar, turmushning imkoniyatlari, elimizning kayfiyati qalamga olinib, xalqimizning ulug‘vor qudrati jо‘sh urib, Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratila- yotgan, olijanob maqsadlar amalga oshirilayotgan hozirgi О‘zbekiston uchun shukrona aytish baro- barida Alisher Navoiy hazratlarining: Davron elining jismida jon bо‘lg‘il, Ham jonlarig‘a moyai darmon bо‘lg‘il, – degan da’vatiga javoban himmat va saxo- vat kо‘rsatib, el-yurt koriga yarash vaqti kelgani uqtiriladi. Keyingi faslning “Koronavirus” deb nomlan- ishi ham bejiz emas. Unda pandemiya davrida davlatimiz va xalqimiz rо‘barо‘ kelgan sinovlarni yengib о‘tishdagi kо‘rsatilgan g‘ayrat-shijoat, elimizning saxovatpesha vakillari tomonidan amalga oshirilgan oliyjanob aksiyalar, oliyhim- matlilik namunalari о‘z aksini topgan. Muallif Yangi О‘zbekiston davlatchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarning, olib bori- layotgan ijtimoiy siyosatning tub ildizlari Alisher Navoiy hazratlarining innsonparvarlik g‘oyalari bilan vobasta ekanini ta’kidlaydi. Shu tariqa kitobning asosiy qismiga о‘tiladi. Birin-ketin berilgan “Alisher Navoiy – karam va saxovat sohibi”, “Alisher Navoiy hayotida inson 13 KITOB JAVONI «Kutubxona.uz» илмий-услубий журнал №4 (56) 2022 rizoligining muqaddasligi”, “Alisher Navoiyning “Vaqfiya” asari – saxovatpeshalik darsi”, “Mahbub ul-qulub”da saxovat va hikmat haqida”, “Lison ut- tayr” – dilkashnoma”, “Hayrat ul-abrob” – boqiy- lik xazinasi” kabi fasllarda Hazratning saxovat, himmat, karam, muruvvat, marhamat, qanoat, sabr, nafs singari tushunchalarga munosabati tahlil qilin- gan. Shu о‘rinda aytish joiz-ki, muallif “Biz ushbu kitobni tayyorlashda asosan Alisher Navoiy asar- laridan, shuningdek, muhtaram ustozim, filologiya fanlari doktori, akademik Azizxon Qayumovning 2011-yil chop etilgan “Yoshlar tarbiyasida mod- diy va ma’naviy hayot uyg‘unligi masalalari nomli monografiyasi hamda ustoz tomoniddan yaratilgan yana boshqa asarlaridan keng istifoda etdik” (37- bet), – deya ta’kidlaydi. Alisher Navoiy tavalludining 580 yillik tо‘yi munosabati bilan yurtimizda va xorij mamlakat- larida rejalashtirilgan va о‘tkazilgan bir qator tadbirlar haqidagi ma’lumotlar ham kitobning umumiy ruhiga mos tarzda berilgan. Kitobda Alisher Navoiyning oliyhimmatlik, saxovatpeshalik singari ulug‘ xislat-fazilatlar ha- qidagi nazariy qarashlari bilan birga Hazratning о‘zi hayotida bu xislatlarning beqiyos namuna- larini namoyon qilgani haqida mehr va ixlos bilan bitilgan sahifalar bor. Muallif yana ilmiy aniqlik va halollik yо‘lidan borib, “Alisher Navoiyning “Vaqfiya” asari – saxovatpeshalik darsi” faslida О‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Til va el” nomli risolasiga tayanib ba’zi muloha- zalarni keltirayotganini uqdirib о‘tadi (62- bet). “Vaqfiya” mutolaasi davomida professor sifa- tida I.Yо‘ldoshevning diqqatini tortgan faktlardan biri – Alisher Navoiy talabalarga ta’limda erish- gan natijalariga qarab tabaqalashtirilgan stipen- diya joriy etganidir. Hatto muallif stipendiya bel- gilash tarixini о‘rganib chiqib, Navoiy bu borada qaldirg‘och ekaniga amin bо‘ladi. “Mahbub ul-qulub”ga bag‘ishlangan faslda Alisher Navoiyning bu yuksak insoniy fazilat- lar haqida jо‘shib qalam surganiga guvoh bо‘la- miz: “Saxovat insoniyat bog‘ining serhosil darax- ti, balki u daraxtning foydali mevasidir. Saxovat odamiylik mulkining mavj urib turgan dengizi, balki u sermavj dengizning bebaho gavharidir... Saxovat faqat himmat ahlida bо‘ladi va bu ulug‘ sifat pokiza kishilarga xosdir” (88- bet) [2]. Kitobning “Navoiy va Bobur”, “Navoiy va Xondamir”, singari fasllarida bu ulug‘ siymolar- ning bir-biriga kо‘rsatgan mehrlari, sadoqati о‘z aksini topgan. Ayniqsa, Xondamirning Hazrat Navoiyga bо‘lgan ixlosi u bitgan satrlarda, saxo- vatli Amir(Navoiy)ga bergan ta’riflarida, keltiril- gan hikoyatlarida ufurib turibdi. “Odamiylar Odamiysi” degan bob, muallifning ta’kidlashicha, professor Najmiddin Komilovning “Hizr chashmasi” asaridan olingan. Biroq Abdurah- mon Jomiy, Pahlavon Muhammad va Said Hasan Ardasherdek faylasuf-shoirlar, tasavvuf shayxlari haqidagi mazkur parcha “Himmatning qiymati” mazmun-mohiyati bilan shunday uyg‘unlashib ket- ganki, bundan kitobxon manfaat kо‘radi. Kitobning boshqa boblari ham odamgarchilik, mehr-oqibat, о‘zaro yordam, kamtarlik, sadoqat kabi xislatlarning yuksak insoniy fazilatlar ekani haqida bо‘lib, aniq kishilarning boshidan kechir- gan voqealari misolida ochib berilgan. Ayniqsa, muallifning о‘zi bilan sodir bо‘lgan turli-tuman holatlarning yaxshilik, odamgarchilik, dо‘stlik nuqtai nazaridan baholanib, bayon etilishi yosh- larga о‘rnak namunasi bо‘lib xizmat qilsa, ajab emas. Muqaddas kitoblarimizda yaxshilikning muko- foti faqat yaxshilik ekaniga alohida urg‘u beriladi. “Himmatning qiymati” asarida ham shukronalik, saxovat, rizolik, saxovatpeshalik, oliyhimmatli- lik, dilkashlik, boqiylik, qо‘li ochiqlik kabi ezgu fazilatlarga alohida о‘rin berilgan. U yoshlar ma’naviyatini shu ezgu fazilatlar bilan bezashga xizmat qiladi, deb ishonamiz. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston strate- giyasi. – Toshkent, O‘zbekiston. 2021. 464 b 2. Yо‘ldoshev I. “Mahbub ul-qulub”da saxo- vat va himmat//. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xabarlari: 2021. – 2- son. Document Outline
Download 6.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling