Osiyocha ishlab chiqarish Reja
Maks Veber (1864-1920 yy.)
Download 31.38 Kb.
|
Osiyocha ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Verner Zombart (1863 - 1941 yy.)
- Asosiy adabiyot
Maks Veber (1864-1920 yy.)
Nemis tarixchisi va sotsiologi Maks Veberning "Xo'jalik tarixi (umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tarixi ocherki)", "Protestantlik etika- si va kapitalizm ruhi" (1904 y.) kabi asarlarida tarixiy-iqtisodiy muammolarni o'rganishdan asta-sekin ijtimoiy muammolarni o'rganishga o'tilgan. M.Veber qadimgi dunyoning agrar tarixi bilan shug'ullangan, Germaniyada XIX asr oxirida dehqonlarning ahvolini o'rgangan. U G'arbiy Yevropa kapitalizmining kelib chi- qish nazariyasini ishlab chiqib, uning asosiy manbasi sifatida hu- narmandlar va tadbirkorlarning kundalik faoliyati deb hisoblagan. U puritan g'oyalari, ularning kuchli ruhiy tuzilishi kapitalizmning rivojlanishini rag'batlantirib turadi, deb hisoblardi. Uning fikricha, protestantizmning xo'jalik etikasi insonni o'zining professional vazifasini bajarishga, kundalik mehnat faoliyatida dindan yordam izlash, atrof-muhitni o'zgartirishga yo'naltirgan edi. Verner Zombart (1863 - 1941 yy.) Nemis tarixchi-iqtisodchisi Verner Zombart "Zamonaviy kapi- talizm" (1902 y.), "Burjua" (1913 y.), "Germaniyaning XIX asr va XX asr boshlarida xalq xo'jaligi" (1923 y.) kabi asarlarida kapitalizm- ning paydo bo'lishi muammosiga evolutsion yondashuv zarurlig- ini uqtiradi va uning rivojlanishini uch bosqichda ko'rib chiqish zarur, deb biladi, bular: individual, o'tish va ijtimoiy. Mezon sifatida u jamiyatning almashinuv darajasini olgan, ya'ni qadimdagi uy xo'jaligining to'liq avtarkiyasidan kapitalizmdagi mehnat taqsimo- tigacha. Uning fikricha, har bir bosqichga o'zining iqtisodiy ta- moyili mos keladi. Birinchi ikki bosqichda "o'ziga ovqat topish" tamoyili asosiy hisoblanadi, kapitalizm uchun esa "muvaffaqi- yatga erishish, manfaatparastlik" xosdir. V.Zombart, shuningdek, o'zining kapitalning dastlabki jamg'arilishi nazariyasini yaratishga harakat qildi, uning asosiy manbasi sifatida feodal yer rentasini qayd etdi. G'arbiy Yevropa iqtisodiy tarixi bo'yicha asar yozish uchun juda katta faktik material to'plagan. XULOSA 1929-1933 yillardag’i jaҳon iqtisodiy inqirozi avvalg’i «sof ta’limot» nazariyotchilarining’ fikrig’a qo’shimchakiriishni talab etdi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida Keyns inqilobi deb nom olg’an o’zg’arish ro’y berdi. Ag’ar avvallari bozor iqtisodiyoti barcha muammolarni avtomatik ravishda ҳal qiladi deg’an G’’oya ustun bo’lsa, Keyns ularg’a boshqacha qarab, davlatning’ iqtisodiyotg’a aralashuvini zarur deb ҳisobladi. Bandlik, foiz, milliy daromad, investistiyalar o’rtasidag’i munosabatlar o’rg’anilib, «aralash iqtisodiyot», multiplikator tushunchalari kiritildi. Keynschi va Neokeynschilar davlatning’ iqtisodiyotg’a aralashuvini qo’llab, «akselerator koeffistienti»ni qo’lladilar, ung’a ko’ra daromadlarning’ investistiyalarg’a ta’sirini ko’rish mumkin. Keynschilikning’ ayrim shakllarida indikativ rejalashtirish ҳam qo’llab- quvvatlanadi. Ishsizlik va inflyastini bandlik yo’li bilan ҳal etish mumkin deg’an G’’oya ustun. Asosiy adabiyot Razzokov A.A, Toshmatov Sh. X, O’rmonov N.T. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., 2002 (18-bob) Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O’quv ko’llanma. T., 1997 Qo’shimcha adabiyot Razzoqov A.A. Rivojlang’an mamlakatlar iqtisodiyoti. O’quv-uslubiy qo’llanma. T., 2001 Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T., TMI, 2003 Download 31.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling