O’smirlarda ovqatlanishning buzilishi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash fakulteti 318-guruh talabasi Eshpulatov Farrux Abdusattor o`g`li Samarqand, O`zbekiston Ilmiy rahbar : Yo’ldosheva F. I izlanish maqsadi


Download 20.63 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi20.63 Kb.
#1487609
Bog'liq
O’smirlarda ovqatlanishning buzilishi


O’smirlarda ovqatlanishning buzilishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash fakulteti 318-guruh talabasi
Eshpulatov Farrux Abdusattor o`g`li Samarqand, O`zbekiston
Ilmiy rahbar :Yo’ldosheva F.I
Izlanish maqsadi: Ushbu maqolada anoreksiya, bulimiya kabi o'smirlarda tez-tez uchrab turadigan ovqat hazm qilish sistemasi buzilishlari bilan namoyon bo’ladigan kasalliklar muhokama qilingan.Ushbu kasalliklarning sabablari va oqibatlari qayd etilgan.
Material va usullar. Ko'p sonli o'smirlar tengdoshlari orasida ortiqcha vaznga egaligi sabab o’zlarini tahqirlangandek sezishadi. O'smirlar hammaga birdek yoqishni xohlashadi va shu uchun o'zlarini ovqatdan cheklashga harakat qilishadi,parhezga o'tadilar.Ammo kimdir o'z vaqtida to'xtaydi,boshqalari esa o'zlarini yetarlicha ozmagandek hisoblab,vazn yo'qotishda davom etadilar.Ijtimoiy tarmoqlarda qisqa muddatda tezda ozdiruvchi vositalarni,xavfli parhezlarni targ'ib qiluvchi guruhlarning ta'sirini inkor etib bo'lmaydi.Va allaqachon ular nazdida vazn yo'qotishdan bosh tortish "zaif ruh va iroda etishmasligi" deb hisoblanadi.Bu xavfli holatlar har yili minglab o'smirlarga ta'sir qiladi.Tabiyki bularning barchasi o'smirning ruhiyatiga zarar yetkazadi.Biz quyida 30 nafar o’smirlar orasida ovqatlanish buzilishiga doir so’rovnoma o’tkazdik va bunda quyidagi kasalliklarga to’qnash keldik.Anoreksiya-ishtahaning yo’qolishi,bu ko'pincha o'smirlarda vazn yo'qotish istagi tufayli yuzaga keladi.Lekin bunda asosiy sabablar ruhiyatga bog’liq.Anoreksiya oqibatida kaxeksiya,farmakoterapiyaga o’rganib qolish,immunodefitsit holatlar kelib chiqadi.Bulimiya - bu haddan tashqari ortiqcha ovqatlanish bilan tavsiflangan ruhiy kasallik bo'lib,u quvonch,xotirjamlik tuyg'usini beradi, lekin u uzoq davom etmaydi va keyinchalik anoreksiyadagi kabi tashvish, vazn ortishidan qo'rqish boshlanadi.Ba'zan bulimiya anoreksiya natijasida yuzaga keladi.Uning ham asosiy sabablaridan biri bu ruhiy buzilishlardir.
Olingan natijalar. So'rovda ishtirok etgan 30 nafar o'smirdan 20 nafari ovqatlanish buzilishi alomatlarini boshdan kechirgan, ulardan 17 nafari qizlar edi.
Xulosa.O’smirlarda ovqat hazm qilish tizimiga oid kasalliklar uchraganda ota-ona o'z farzandi uchun to'liq javobgardir,bunda to'g'ri yondashish zarur:bolaning ovqatlanishi va xulq-atvorini diqqat bilan kuzatib borish,barcha turdagi mahsulotlarni ovqat ratsioniga kiritish lozim(mutaxassis tomonidan ko'rsatilgandek).


Qatnashuvchi anketasi



1

F.I.O

Eshpulatov Farrux Abdusattor o`g`li

2

Xolati

Talaba

3

OTM to’liq nomi elektron pochta bilan

Samarqand Davlat tibbiyot Universeteti
sammu@sammu.uz



4

Lavozimi

Talaba

5

Qatnashuv turi
Onlayn
Oflayn

Onlayn


6

Konferensiyada ishtirok etish turi

  • Tezis chop etish-Ma’ruza qilish




Faqat tezis chop etish

7

Ilmiy rahbar

O’qituvchi:Yo’ldosheva Farangiz Ismatullayevna.

8

Elektron manzili telefon raqami

Eshpulatovfarrux512@gmail.com
+998979549991

Download 20.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling