O`SMIRLIK DAVRIDA SHAXSLARDA OILA PSIXOLOGIYASINING AHAMIYATI
Annotatsiya: Hozirgi kunda jamiyatda oilaviy nizolarning soni ortib bormoqda bunga sabablardan biri sifatida yoshlarni oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini yetarli darajada shakllanmaganligi keltirish mumkin. Ushbu maqolada yoshlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash muammosi bayon qilingan.
Kalit so`zlar: oila, psixologik holat, o`smirlik, jamiyat, psixologik zaiflik, munosabat.
KIRISH
Jamiyatda yuz berayotgan turli tabiatdagi ijtimoiy vaziyatlar har bir insonda o‘ziga xos bo‘lgan o‘zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Oila mustahkamligi undagi sog‘lom shaxslararo munosabatlar, o‘zaro emotsional yaqinlik hislari insonning hayot davomida uchrab turadigan turli shikastlantiruvchi vaziyatlarga nisbatan chidamliligini shakllantiradi. Inson tomonidan ushbu vaziyatlarga nisbatan salbiy munosabatlar bevosita ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya holatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |